Kun tartibi



Yüklə 21,6 Kb.
səhifə1/3
tarix16.05.2023
ölçüsü21,6 Kb.
#114358
  1   2   3
15-sonli bayonnoma fevral



UrDU Iqtisodiyot fakulteti “Turizm va mehmonxona xo‘jaligini boshqarish” kafedrasida o‘tkazilgan majlisning 15-sonli
BAYONNOMASI

10 mart 2023 yil Urganch shahri
QATNASHDILAR: Kafedra a’zolari


KUN TARTIBI:

  1. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan chop qilingan ilmiy uslubiy ishlarning muhokamasi to‘g‘risida

Ma’ruzachi: dots.D.Bekjonov
2. Kafedra o‘qituvchisi B.Matjonovning “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda qishloq tadbirkorligining o‘rni” mavzusida ilmiy seminar muhokamasi to‘g‘risida
Ma’ruzachi: dots.B.Ollanazarov
3. Talabalarning Navro‘z bayramida faol qatnashishi to‘g‘risida
Ma’ruzachi:o‘q. O.Allanazarov
4. Har xil masalalar
Birinchi masala yuzasidan kafedra dotsenti D.Bekjonov so’zga chiqib, kafedra o‘qituvchilari tomonidan chop qilingan ilmiy uslubiy ishlarning muhokamasi to‘g‘risida ma’lumot berdi. D.Bekjonov kafedra o’qituvchilari tomonidan chiqarilgan maqola va tezislar, ularda bayon qilingan ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi, Respublika miqyosidagi va xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda chop qilingan maqolalar, scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda chop qilingan bo’yicha ma’lumot berdi. Shuningdek ma’ruzachi scopus jurnallar bazasidagi maqolalar va ulardan foydalanish bo’yicha kafedra a’zolariga amaliy ko’rsatmalar ham berib o’tdi.
Ikkinchi masala yuzasidan kafedra mudiri dots.B.Ollanazarov so`zga chiqib, kafedra o‘qituvchisi B.Matjonovning “O‘zbekistonda oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda qishloq tadbirkorligining o‘rni” mavzusida ilmiy seminar muhokamasi to‘g‘risida nutq so’zladi. B.Ollanazarov B.Matjonov o’tkazgan seminar mavzusining dolzarbligi, ishning yutuq va kamchiliklari to’g’risida o’z fikrlarini bildirib, kamchiliklarni tuzatish bo`yicha o`z maslahat va tavsiyalarini berib o`tdi. Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi jahon miqyosida dolzarb masalalardan biri ekanligi, jahondagi oziq-ovqat tanqisligi,ocharchilik sharoitida qishloq xo’jaligi tadbirkorligini rivojlantirish muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidladi. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashda qishloq tadbirkorligining o‘rnini baholashda ko`proq xorijiy mamalakatlar tajribalarini tahlil qilib mintaqa uchun mos keluvchi tajribalarni mamlakatimizda qo’llash bo`yicha amaliy ko’rsatmalar berdi. Shundan so’ng kafedra o`qituvchisi F.Matkarimov ham B.Ollanazarov bildirgan tavsiyalarga qo’shimcha ravishda B.Matjonov o’tkazgan seminar yuzasidan o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

Yüklə 21,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin