Uchinchi masala yuzasidan kafedra o’qituvchisi O.Allanazarov talabalarning Navro‘z bayramida faol qatnashishi to‘g‘risida ma’lumot berdi. O.Allanazarov fakultet tomonidan Navro’z umumxalq bayramiga bag’ishlab fakultet tomonidan “Navro’z-bahor bayrami” tadbirlarini, “Bahor malikasi” ko’rik tanlovini o’tkazish rejalashtirilganini, shuningdek, bayram munosabati bilan universitet miqyosida o’tkaziladigan ko’rik tanlov va tadbirlarni ko’tarinki kayfiyatda o’tkazish va unda talabalarning faol qatnashishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lumot berdi. Bayram munosabati bilan o’tkaziladigan tadbirlarda o’zbek xalq o’yinlari, milliy taomlar tayyorlash musoboqalari, o’zbek milliy urf-odatlari aks etgan tadbirlar hunarmandchilik namunalari va milliy liboslar ko’rgazmalarida faol qatnashish uchun ularda nazariy va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish jarayonlari haqida gapirdi. Kafedra o’qituvchisi O.To’rayev ham tadbirlar davomida milliy va bahoriy muhitni aks ettirish,tadbirlar tashkiliy masalalari bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tdi.
To`rtinchi har xil masalalaryuzasidan kafedra 2022 yilning 16 martdan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasida bo‘ladigan o‘zgarishlar xususida kafedra mudiri, dots.B.Ollanazarov so‘zga chiqib, 2022-2023 o‘quv yilida kafedra yuklamasida o’zgarishlar bo’lganligini va mavjud bo’lgan vakant soatlarni taqsimlab berish xususida aytib o‘tdi. U o‘z so‘zida kafedra yuklamasida 4- kurs “Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)” yo’nalishi talabalari uchun xorijiy professor jalb qilish maqsadida, taqsimlanmagan 118,5 soat mavjudligi va o’quv jarayoni davom etayotganligi bois, kutilyotgan xorijiy professor kelmasligini inobatga olib, yuqoridagi yuklamani taqsimlash haqida fikr bildirib o’tdi.
SHundan so’ng, kafedra dotsenti Matyaqubov Umid Raximovich so’zga chiqib, kafedra dotsenti, PhD Ollanazarov Bekmurod Davlatnazarovich 1,0 stavka yuklamasida o’zgarish bo’lgani, ya’ni, uning 1,0 stavka (645,5 soat) yuklamasidagi “Turizm: nazariya va amaliyot” fanidan 57,5 ma’ruza mashg’uloti o’rniga, vakantdagi “Проектирования и прогнозирования в туризме” fanidan m’aruza mashg’ulotini 64,5 (ma’ruza 54 soat+ reyting 10,5 soat) soatni almashtirish va uning 1,0 stavka(645 soat) yuklamasidagi 56 soat(Turizm: nazariya va amaliyot fani 30 soat ma'ruza + 26 soat reyting)ini vakant soatga o’tkazilishini va kafedra dotsenti Ollanazarov Bekmurod Davlatnazarovichning 1,0 stavka yuklamasi 652,5 (645,5-57,5+64,5) soatni tashkil etishini aytib o’tdi.
So‘ngra, ma’ruzachi quyidagi o‘zgarishlar bo‘lganligini aytib o‘tdi:
Kafedra yuklamasida mavjud vakant soatlarni asosiy shtatda ishlab kelayotgan quyidagi professor-o‘qituvchining o‘quv yuklamasiga o‘quv yili oxirigacha qo‘shimcha 0,25 stavka berilganlini aytib o‘tdi:
- kafedra stajor-o‘qituvchisi Kuralbayev Jo’rabek Oybekovichga qo‘shimcha 0,25 stavka (111,5 soat) berilib, uning jami o‘quv yuklamasi 1,5 stavkaga yetkazildi.
Ushbu fikrlarni barcha kafedra a’zolari qo‘llab-quvvatladilar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kafedra majlisida