Urgut tumanidagi 61-umumiy o‘rta ta’lim maktabida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishlarida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan yig‘ilish
BAYONNOMASI 06.05.2023-yil Yuqori Sanchiqul MFY
Raislik qiluvchi:
Z.Eshonqulov 61-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori
Yig’ilish kotibi:
H.Hamrayeva MMIBD o`rinbosari
Ishtirok etganlar:
M.Ahtamqulov O.Meliyev maktab o'qituvchilari hamda ota-onalar qatnashdilar
Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar tarbiyasi va ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda, oʻquvchilar davomatini yaxshilashda ta’lim muassasalari va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish chora tadbirlari
O‘quvchilar ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan taqdirda ko‘riladigan choralar
1-va 2-masala yuzasidan so’zga chiqqan 61-maktab direktori Eshonqulov Zufar so’z olib yigʻilishlarda ishtirok etgan ota-onalarga umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilarning davomati mahalla fuqarolar yigʻini va hududiy inspektor psixologlari bilan hamkorlikda qat’iy nazorat qilinishi hamda dars jadvali asosida oʻquvchilarning dars mashgʻulotlariga kelish-ketishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatilishi boʻyicha so’zlar olib bordi.
Shuningdek otalarga davomatni sinflar va oʻquvchilar kesimida doimiy tanqidiy tahlili yuritilishi, davomati past oʻquvchilarning otalariga nisbatan jamoatchilik muhokamasini tashkil etilishi haqida tushuntirdi
Otalarga surunkali dars qoldirayotgan oʻquvchilarning uyiga mahalla fuqarolar yigʻini, inspektor-psixologlari bilan birgalikda muassasa rahbariyati tomonidan tashriflar uyushtirilishi, ularning dars qoldirish sabablarini aniqlash, muammolarni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha kundalik nazoratni oʻrnatilishi boʻyicha tanishtirish ishlari olib borildi sababsiz kelmagan o’quvchilarni xamda ota-onalariga Ichki ishlar xodimlari bilan birga jazo choralarini qo’llash yig’ilish qatnashchilari tomonidan qo’l ko’tarib tasdiqlandi. Maktabda xam o’quvchilarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari borasida turli tadbirlarni tashkil etib borish lozimligi aytildi.
3.masala yuzasidan o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish; qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini muassasa ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish; ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni muassasaga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish; farzandi tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgan ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yig‘iniga ma’lumot yuborish; ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga nisbatan muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog tomonidan tegishli ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash. Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi Kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin. Ta’lim muassasasiga biriktirilgan inspektor-psixolog odob-axloq qoidalarining buzilishi holatlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha pedagog- xodimga nisbatan intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi yoki (mavjud emasligi) to‘g‘risida dalolatnoma tayyorlanadi. Qoidalar buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda qoidani buzgan pedagog xodimni javobgarlikka tortish to‘g‘risida muassasa rahbariga taklif kiritiladi. Bunda yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishining xarakterini hisobga olgan holda pedagog xodimga nisbatan odob-axloq qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan cheklanishi mumkin. pedagoglar o‘zlari yo‘l qo‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining ko‘rib chiqilishi jarayoni haqida axborotni olish va o‘zini himoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek muassasaning qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi deya so’zini yakunladi.
Yuqoridagilarni tinglab yig’ilish
Q A R O R Q I L A D I :
Maktab direktori, inspektor psixolog va MMIBD o`rinbosarlari tomonidan berilgan axborot ma`lumot uchun qabul qilnsin.
Maktab o’quvchi yoshlar o’rtasida jinoyatchilik xamda xuquqbuzavrliklarni oldini olish hamda yo`l harakati qoidalarini tuhuntirish bo’yicha targ’ibot tashqiqot va tushintirish ishlari kuchaytirilsin hamda barcha sinf raxbarlar tomanidan maqsadli chora-tadirlar ishlab chiqilsin.
Hafta davomida o`quvchilarning dars mashg`ulotlariga qatnashish holati doimiy nazoratga olinsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish MMIBD o`rinbosari. M.Ahtamqulov hamda O.Meliyev zimmasiga yuklatilsin
Maktab direktori. Z.Eshonqulov