Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning, almashinib turishi ish qobiliyatini oshiradi. Yurak-tomirlar sistemasi, nafas a’zolari faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg’ulotlari, turistik safarlar, to’garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o’quvchilarga zavq bag’ishlab, kuch-quvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta’sir qiladi.
Ba’zi to’garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch sarflanadi, buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to’garaklari, havaskorlik to’garaklari va boshqalar). Mashg’ulotlar ko’pi bilan haftasiga 1-2 marta, 50-60 daqiqadan o'tkazilgani ma’qul. Har bir o’quvchi bitta to’garakda,