Shuning uchun 7-10 yashar o'quvchi tinimsiz 10 daqiqa. 10-12 yoshda 15 daqiqa, 12-15 yoshda 20 daqiqa, 15-18 yoshda 25-30 daqiqa yozishi mumkin.
Bola dars tayorlashdan oldin va keyin hamda uyqudan oldin bo'sh vaqtlarini ko'proq ochiq havoda o4kazishlari lozim. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar ochiq havoda 3-3,5 soat, o‘rta maktab yoshidagilar 2,5-3 soat va yuqori sinf o'quvchilari 2 soatdan kam bo'lmasligi kerak.
O'quvchi tushlik ovqatini yeb bo‘lib, dam olganidan keyin kechi bilan soat 16.00 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. 0 ‘quvchilarning nonushta va tushlikdan keyin ochiq havoda bir oz o‘ynab kelib, keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiqdir.