Talabalarning barchasi ish uslubiga qarab himoya moslamalari (oyoq kiyimlari, xalat, maxsus ko'zoynaklar, qo'lqoplar va h.k.) bilan ta’minlanishi kerak
Talabalarning barchasi ish uslubiga qarab himoya moslamalari (oyoq kiyimlari, xalat, maxsus ko'zoynaklar, qo'lqoplar va h.k.) bilan ta’minlanishi kerak.
K asb-hunar kollej talabalari o'quv korxonalarida amaliy mashg'ulotlarni boshlashlaridan avval sanitariya va gigiyena hamda texnika xavfsizligidan saboq olishlari kerak. Bunda ishlash jarayonida
qanday gigiyenik qoida va tadbirlarga rioya etish va avariya holati yuz berganda, tibbiyot xodimlari kelguncha o'z-o'ziga yordam berish usullarini o'rganadilar.
Talabalar kuniga uch mahal gigiyenik talablarga ko'ra energetik harajatlarini hisobga olgan holda ovqatlanishlari kerak. Ovqatlanish uchun 40-60 daqiqa ajratiladi.
Kasb-hunar kollejlarida ishlab-chiqarish ta ’limi albatta mehnatni himoya qilish qonunlariga tayangan holda ishlab chiqiladi.
Talabalar ish kunining 70-75% da ishlab chiqarishda band bo‘lishlari lozim. Kasb-hunar kollej talabalariga korxonalar tartibida qulay sharoit yaratish hamda qobiliyatini oshirish maqsadida mart oyining oxirida yoki aprel oyining boshida bir haftalik ta’til beriladi. Har kuni talaba ikki soat ochiq havoda bo'lishlari, sport bilan muntazam shug'ullanishlari kerak. Bular talabalar kun tartibidagi asosiy sog'lomlatiruvchi omil hisoblanadi.
Talabalar ijodiy ishlarga munosabatlar, turli mavzularda o'tlcaziladigan suhbat va kechalarga, kontsert, xalq xo'jaligi yutuqlari zallariga ekskursiya va suhbatlarga jalb qilinishlaridan oldin va o'qish davrida takror tibbiy ko'rikdan o'tib turishlari kerak. Sog'ligida biror nuqsoni bo'lgan talabalar tibbiy ko‘rikdan o'tkazilib, sog'ligi bo'yicha guruhlari aniqlanadi va ularga tegishli davo tadbirlari tavsiya qilinadi.