Kundalik va amaliyot xisoboti birgalikda Tanishuv amaliyoti bo‘yicha asosiy xujjat xisoblanadi, kundalik yuqotilgan taqdirda talabaning amaliyot o‘taganligi inobatga olinmaydi.
Kundalikni barcha bo‘limlari har kuni toza va aniq qilib to‘ldirilib boriladi.
Amaliyotga ketishidan oldin talaba o‘z raxbaridan Tanishuv amaliyoti dasturini olishi kerak.
Talaba amaliyot o‘tashi zarur bo‘lgan korxonadagi amaliyot raxbariga amaliyot dasturi, amaliyot kundaligi bilan kelishi kerak.
Korxonada amaliyot boshlanishidan oldin talaba jihoz va qurilmalarni ekspluatatsiyasi, texnika xavfsizligi qoidalari, mehnat muxofazasi va amaliyot o‘tash joyidagi boshqa sharoitlar to‘g‘risida ko‘rsatmalar olishi kerak.
Talaba korxonada bajarayotgan ishiga doimiy ishchilar qatori javob berishi kerak.
Amaliyot natijalari bo‘yicha kafedraga yozma xisobot, kundalik, ishlab chiqarish bo‘yicha va kafedra tomonidan tayinlangan raxbarlarning taqrizlari topshirilgan xolda ximoya qilinadi. «Qoniqarsiz» baxo olgan yoki raxbarlar tomonidan salbiy taqriz olgan talabalar belgilangan tartibda talabalar safidan chiqariladi.
E’tiborsizlik, loqaydlik, uquvsizlik natijasida talaba tomonidan korxonaga keltirilgan ziyon uchun yoki korxona xujjatlari yo‘qotilib qo‘yilgan taqdirda keltirilgan ziyon talaba tomonidan qoplanadi va bunday talaba nisbatan talabalar safidan chiqarishgacha bo‘lgan chora qo‘llaniladi.