So’ngi paytlarda sport kurashi amaliyotida va adabiyotida “texnik-taktik mahorat” atamasi keng qo’llanilmoqda. Sport kurashi texnikasi deganda tor ma’noda kurashchiga g’alaba keltiradigan harakatlarni bajarishning eng oqilona uslublari tushuniladi. Bunda kurashchilarning alohida xususiyatlaridan qat’i nazar, ularga xos bo’lgan biomexanik va fiziologik qonuniyatlarga tayanadigan harakatlar texnika asosini tashkil qiladi. Sportda taktika deganda yuqori sport natijasiga erishish va raqib ustidan g’alaba qozonishning hamma usullari hamda shakllari tushuniladi. Taktika bir qator omillar kompleksidan tashkil topadi: tayyorgarlikning kuchli tomonlari va raqib kamchiliklaridan foydalanish, texnikani egallashdagi alohida xususiyatlar, chalg’ituvchi harakatlar bilan raqibni aldash, bellashuvdagi qulay vaziyatlarda ta’sirli usullarni qo’llash, kuchni tejamkorlik bilan sarflash, qoidalarda belgilangan imkoniyatlarni, gilam maydonini, o’zining morfologik hamda fiziologik qobiliyatlarini aniq yuzaga chiqarish va h.k.
SHaxsan taktika- bu kurashchining musobaqa jarayonidagi umumiy hatti-harakatidir. Alohida taktik harakat ma’lum bir texnik harakat bo’lib ham hisoblanadi. Masalan, raqibni muvozanatdan chiqarish va hujum uchun qulay dinamik vaziyatni yaratishdan iborat taktik maqsadlarda bajariladigan siltash, itarish, harakatlanishlar. Ular ma’lum bir texnik harakatlar bo’lib (ular to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilishi mumkin), hujumni tayyorlash usullari sifaitda taktika maqsadlariga xizmat qiladi.