Butun jahon nigohiga tushib, dovrug’ va shuhral qozonayotgan. millionlarni uziga mahliyo etgan kurash ham jahonning yuksak ma’naviy qadriyatlaridan biri sifatida o'zining chuqur tarixiy ildizlariga egadir.
Tarixshunos, qadimshunos, elslumos va faylasuf olimlarning olib borgaii tadqiqotlari, izianishlari va arxeologik ilmiy qidiruvarl, knzatishlari natijasida topilgan ashyoviy daiillar Kurashning yoshi kamida 2,5 - 3 ming yildan
ziyodligini isbotlaydi.
TURON YAKKA KURASHI
Turli davrlarda, erimizning turli joylarida yashagan avlodlarimiz milliy musobaqa turlari va ko`pgina xalqlarning o`yinlari shaklan o`zgardi va ularning o`tkazilish tartibi ham o`zgardi. Dunyo sportning ajoyib turiga ega bo`ldi. Dunyoda sportning eng ko`p tarqalgan turi yakka kurash sportlari bo`lib, ular 200 tadan ortiq turi mavjud . Bularning ko`pchiligi bo`yicha bugungi kunda sport anjumunlari bo`lib turadi.
Turon yakka kurashi bo`yicha birinchi rasmiy O`zbekiston chempionati, shuningdek, uning O`zbekiston I yoshlar o`yini dasturiga kirishi (1998 yil) shuni ko`rsatadiki, o`zining tabiiyligi, xalq ananalarining betakrorligi va faqat unga xos bo`lgan go`zalligi bilan u dunyo sporti oilasiga kirib keldi.
Turon yakka kurashi bo`yicha birinchi rasmiy O`zbekiston chempionati, shuningdek, uning O`zbekiston I yoshlar o`yini dasturiga kirishi (1998 yil) shuni ko`rsatadiki, o`zining tabiiyligi, xalq ananalarining betakrorligi va faqat unga xos bo`lgan go`zalligi bilan u dunyo sporti oilasiga kirib keldi.
Sport – jamiyat hayotiga bevosita bog`liq bir hodisa, sport musobaqalari doimo odamlarga katta qiziqish olib kelgan. Sport ko`pchilikni o`ziga tortishiga e`tiroz yo`q. Sport musobaqalarini o`z boshidan o`tkazgan jismoniy va ma`naviy taranglikni his qilgan inson oxirgi damgacha sport bilan birga bo`ladi chunki bunday lahzalarni unutib bo`lmaydi.
O‘zbekistonlik kurashchi Muhsin Hisomiddinov o‘z titullari hisobiga 19-Osiyo o‘yinlari g‘olibligini ham yozib qo‘ydi. Bu haqida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti matbuot kotibi Jamshid Namozov xabar berdi.
Xitoyning Xanchjoy shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari Kurash bahslarida +90 kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab Xitoy Taypeyilik Kurashchi Muhsin polvon sinovidan o‘ta olmadi. Chorak finalda Iroqlik kurashchining hujum qilish jarayonida qulay vaziyatdan foydalangan Muhsin Hisomiddinov yelka usuli orqali raqibini halol bahosi bilan taslim etdi.
Yarim final bahsida Hisomiddionovga tailandlik Kunathip Yea-On duch keldi. Ikki raqib 2022-yil Punada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham bellashgan edi. Hisomiddinov bu safar ham tailandlik raqibini mag‘lub etdi.
Final bellashuvida Turkmanistonning taniqli kurashchisi Tejen Tejenov Muhsin Hissomidinovdan mag‘lubiyatni qabul qildi.
Muhsin Hisomiddinov Xalqaro Kurash assosiasiyasi reytingida mutloq vazn toifasida Dunyodagi 1-raqamli kurashchi hisoblanadi.
Uning hisobida 4 karra jahon chempioni (2015-yil Eron, 2017-yil Turkiya, 2019-yil Janubiy Koreya, 2022-yil Hindiston), 2 karra Osiyo chempioni (2018-yil Hindiston, 2023-yil Xitoy) degan yutuqlar bor
Shuningdek, -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shturbabin finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirdi.
Halima Qurbonova dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosining ilk medaliga mualliflik qildi. U bronza medali uchun bahsda janubiy koreyalik Xekeong Liga qarshi tatamiga chiqishi kerak edi. Biroq raqib sportchi kurashmagani uchun Qurbonova to‘g‘ridan to‘g‘ri sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Osiyo o‘yinlaridagi O‘zbekiston uchun ilk oltin medalni dzyudo bo‘yicha Diyora Keldiyorova qo‘lga kiritdi. -52 kg vazn toifasida bahs olib borgan Keldiyorova BAA vakili Birshelt Xorlodoini mag‘lubiyatga uchratib, o‘z g‘alabalari orasiga Osiyo o‘yinlari chempionligini ham qo‘shib qo‘ydi.