“TANBEH” — birinchi ogohlantirish. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo’lini oldinga cho’zgan holda barmog’i bilan tanbeh olgan kurashchini ko’rsatib, ishora qilib shu iborani ishlatadi.
“TANBEH” — ogohlantirish unchalik katta bo’lmagan xatolarga yo’l qo’ygan kurashchiga beriladi.
a) kurashchi ataylab qochayotib, raqibga ushlab olishga yo’l qo’ymasa;
b) ataylab raqibni gilamdan itarib chiqarsa yoki o’zi gilamning xavfli maydoniga chiqib ketsa;
d) ataylab o’zining kiyimini, ishtonini hakam ruxsatisiz yechib yuborsa;
e) ataylab raqibning ishtoni yoki oyoqlaridan ushlasa;
f) ushlab olgandan keyin 8—10 sekund vaqt davomida usul qo’llamasa, beriladi.