Kurashchilarning texnik tayorgarligini maxsus harakatli o’yinlar yordamida rivojlantirish



Yüklə 31,79 Kb.
səhifə1/3
tarix18.04.2023
ölçüsü31,79 Kb.
#99842
  1   2   3
3 ta muallif


KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI O’YINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH
Ozbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi universiteti
Mamarajabov Said Mamarasul o’g’li
Salimov Farruxjon Abduxakim o’g’li
Islamov Kamoldin Komiljon o’g’li
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kurashchilar mahoratini oshirish, texnik tayyorgarligini yuqori darajada takomillashtirish, charchoq sifatlari, charchoqning organizm funksional xolatiga ta‟siri, jismoniy chiniqishning xarakatli o’yinlarga bog’liqligi xaqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: chiniqish, yuklama, dzyudo, statik nagruzka, ish qobiliyati.

DEVELOPING TECHNICAL TRAINING OF WRESTLERS WITH SPECIAL MOVING GAMES
ABSTRACT: This article deals with improving the skills of wrestlers, a high level of technical training, the qualities of fatigue, the impact of fatigue on the functional state of the body, the dependence of physical activity on movement games.
Keywords: training, loading, judo, static load, work ability.
KIRISH
Ma’lumki uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin – asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak – qon – tomir, nafas olish, mushaklar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oralig’ida yoki mashg’ulotlardan so’ng dam olish natijasida organizmning funkstional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta – sekin tiklana boshlaydi.
Funkstional imkoniyat dairasida yoki navbatma – navbat biroz ko’p va biroz kam (hajm va shiddat jixatidan) beriladigan nagruzka, organizmning shu nagruzkaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi.
Shu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashg’ulotlarni me’yoridan ortiq qo’llash zo’riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ish qobiliyati ko’pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Chunonchi, taniqli rus fiziologining fikricha, ish qobiliyati bu muayyan harakat faoliyati yo ko’p yo kam muddat va sifat doirasida ijro etilishiga aytiladi. «Ish qobiliyati» - bu organizm va uning organlari funkstional holati hamda imkoniyatlarini yuksak darajada amalga oshirish qobiliyatidir.
Ish qobiliyatini ular «odamni muayyan faoliyat jarayonida ma’lum vaqt davomida va samaradorlik darajasida ish bajarish qobiliyatidir» deb talqin qiladilar. Ko’p yillik sport jarayonida malakali sportchilarni tayyorlash samaradorligi dastlabki o’rgatish bosqichini qanday tashkil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshirilishiga bog’liqdir.
Sport zahiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh sportchilar bilan mashg’ulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki o’rgatish bosqichiga jiddiy e’tibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali sportchi tayyorlash niyatida, o’rgatuvchi va takomillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni qo’llash chastotasi va shiddatini oshiradilar, bolalarning jismoniy va funkstional imkoniyatlari ko’pincha e’tiborga olmaydilar. Natijada hajm va shiddat jixatidan muvofiq me’yoridan orttirilgan mashg’ulot (mashqlar) yuklamalari shug’ullanuvchi bolalar organizmida salbiy funkstional o’zgarishlar olib keladi, ichki organlar (mushaklar, yurak-qon tomir tizimi, o’pka, buyrak, jigar va hokozo) faoliyatida zo’riqish va o’ta charchash alomatlari vujudga keladi. Boz ustiga na trenerlar amaliyotida, na BO’SMlarda mo’ljallangan dasturlarda mashg’ulotlar yuklamalaridan so’ng bolalar organizmining funkstional holatini tiklovchi, ish qobiliyatini kuchaytirivchi mashqlar yoki boshqa tadbirlar (sauna, massaj, autotrening, vitaminoterapiya va hokozo) e’tiborga olinmagan.
Nagruzka (yuklama), organizmning shu nagruzkani ko’tara olish imkoniyati, charchash, zo’riqish, ish qobiliyati va uni tiklanish hususiyati kabi tushunchalar bir – biriga uzviy bog’liq bo’lgan atamalar, charchash va zo’riqish atamalarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yo’llarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi. Albatda, buning uchun qo’llaniladigan jismoniy va texnik – taktik mashqlar hajmi hamda shiddati sportchi organizmi shu yuklamani ko’tara olish darajasidan hiyol yuqoriroq bo’lib, ko’p yillik trinirovka jarayonida yuklamani oshira borish to’lqinsimon prinstipga asoslanishi kerak. Qanday bo’lmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqozo etadi. Nagruzka (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki trenirovka mashg’uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo’lgan ta‟siri tushiniladi. Shu ta’sir natijasida organizmda yuz beradigan funkstional o’zgarishlar esa shu nagruzkaning ta‟sir etish darajasini belgilab beradi.
Demak nagruzkaning “tashqi” ko’rsatkichlari (hajmi, shiddati va hokozo) va “ichki” ko’satkichlari (MNS, yurak, qon – tomir, nafas olish va hokozo) mavjud bo’ladi. Statik nagruzka o’zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funkstional faoliyatiga turlicha ta‟sir ko’rsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik nagruzka, masalan, yurak faoliyatiga keskin ta’sir qiladi. Yurakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zo’riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi. O’rtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik nagruzka esa yurak faoliyatini asta– sekin moslashishiga zamin yaratadi.
Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik – taktik tayyorgarligining uyg’unlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning shakllanganlik darajasiga bog’liq. Har-xil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o’z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi» ga ega bo’lsa, unga muvoffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatini sifat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor – kuchga bo’lgan chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik – taktik chidamkorlik» va hokozolar) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ma’lumki ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuksak darajadaligi integral natijasi sport mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.
Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez – tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ulotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilarni organizmiga ta‟sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi riakstiyasi) ob‟ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar)ning shug’ullanuvchilar organizmining funkstional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.


Yüklə 31,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin