Kurs ishi “Auditni tanlash”



Yüklə 75,6 Kb.
səhifə10/12
tarix17.04.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#99199
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Auditni tanlash Kurs ishi

-mavjud qoldiqlarni schyot-fakturalar ma’lumotlari, moddiy javobgar shaxslar hisobotlari va to’lov hujjatlari bilan solishtirish. Agar debitor va kreditor qarzlarning miqdori xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy ahvoli uchun sezilarli darajada bo’lsa, auditorlar hisobga olishning to’g’riligi va aniqligini tekshirishi, shuningdek, hisob ma’lumotlari bo’yicha majburiyatlarning oshirib ko’rsatilmaganligini aniqlashlari lozim. Bu holda dastlabki hujjatlar ma’lumotlari analitik hisob registrlari (jurnallar, oborot yoki saldo vedomostlari) da aks ettirilgan axborotlar bilan, oldin eng katta qoldiqlilaridan boshlab (chunki ular bo’yicha oshirib ko’rsatish ehtimoli ko’proq) solishtiriladi. Olingan ma’lumotlar bo’yicha hisob yozuvlarida (masalan, bitta schyotni hisob registrida ikki marta aks ettirish va shunga o’xshash) majburiyatlar (debitor va kreditor qarzlar) oshirib ko’rsatilish holatlarining katta-kichikligini baholash zarur.
-mol etkazib beruvchilar va boshqa kontragentlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlash. Audit o’tkazish chog’ida bunday tasdiqni olish majburiy emas. Lekin, ushbu amal ko’pchilik hollarda katta naf keltirishi mumkin. Masalan, mol etkazib beruvchilardan olingan javoblar quyidagilarni tasdiqlash uchun ishlatilishi mumkin:

  1. mol etkazib beruvchilar bo’yicha debitor qarzlar ularning asosli da’vosi hisoblanadi;

  2. buxgalteriya hisobi ma’lumotlari mol etkazib beruvchilarga barcha mavjud qarzlarni o’zida aks ettiradi;

  3. sotib olingan moddiy resurslar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar tegishli hisobot davrida aks ettirilgan. Bunda audit o’tkazish chog’ida kontragentlardan tasdig’ini olish zarurligi to’g’risida guvohlik beradigan omillarni belgilab qo’yish kerak: xaridlarni ichki nazorat qilish tuzulmasining bo’shligi; moliyaviy muammolar; tovar-moddiy boyliklar bo’yicha qoldiqlar chiqarishda yoki qarzdorlarni tekshirishda yo’l qo’yilgan xatolar to’g’risidagi faktlar; bir necha mol etkazib beruvchilardan qilingan katta xaridlar; xaridlar to’g’risidagi hisobot buxgalteriya balansini tuzish sanasiga tayyorlanmagan. Tasdiqlash ishlarining natijalarini umumlashtirib, eng avvalo, ularning ishonchliligini baholash zarur. Bunda qarzlarning yozma va og’zaki shaklda tasdiqlangan miqdori va ahamiyatliligi baholanadi.

Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va tasdiqlanmagan summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalillar etarliligi baholanadi;
Debitor va kreditor qarzlar analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish. Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki debitor va kreditor qarzlar tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar hisob-kitoblarni hisobga oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi, hamda ularni Bosh daftar ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Hisob-kitob muomalalari hisobga olinadigan schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:

  1. mol etkazib beruvchilar schyotlari bo’yicha debet qoldiqlar;

  2. mansabdor shaxslar, direktorlar, raislar, sho’’ba va tobe korxonalarga va boshqa o’zaro bog’liq tomonlardan qarzlar summalari;

  3. mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarga doir haddan tashqari katta tuzatishlar;

  4. da’vo muddati o’tib ketgan yoki o’tayotgan to’lanmay qolgan schyot-fakturalar.

Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning natijalarini boshqa olingan dalillar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq. Masalan, da’vo muddati o’tib ketayotgan to’lanmay qolgan schyotlar va mol etkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo’yicha debet qoldiqlarning aniqlangan summalariga ma’lumotlar muvofiqligi to’g’risida tasdiq olinishi mumkin. Bu holda auditor analitik hisob ma’lumotlarining ishonchliligi haqida etarli dalillarga ega bo’ladi.
Agarda olingan tasdiqlar natijalariga ko’ra kontragentda bunday qarzdorlikning yo’qligi aniqlansa, u holda auditor analitik hisob ma’lumotlarini ishonchsiz deb baholashi mumkin.
Analitik hisob registrlari ma’lumotlarini Bosh daftar bilan taqqoslash mijoz tomonidan vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan nazorat tadbiri bo’lib hisoblanadi. Qoidaga ko’ra, auditorlar qilingan taqqoslashlarni, aniqlangan g’ayrioddiy summalarni tahlil qiladi, jami summalarni qayta jamlab chiqadi. Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi.
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-modda).
Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AFMS) qoidalarining talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan № 70 - «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyati milliy standartidan (AFMS) foydalaniladi.
Audit natijalari korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim.
Boshqacha qilib aytanda, auditorlik tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi.
Shuningdek, davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi.
Auditorlik xulosasi uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim.


  1. Yüklə 75,6 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin