Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari.
O'zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma'naviy va axloqiy tarbiya qator omillar ta'siri ostida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko'rinadi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit xolga keltiradi.
O'zbek xalqining moddiy va maonaviy darajasining ko'tarilishi yangi axloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sosial bazasini kengaytiradi, shaxs ehtiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi.
Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi va bayrog'i hamda madhiyasiga muhabbat, insonpavarlik, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir.
Axloqiy tarbiyaning ba'zi asosiy sifatlari mazmunini tavsiflaymiz.
Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat uning himoyasiga tayyor turishlik, vatanning gullab yashnashi uchun mehnat qilishdir.
Fuqarolik burchi inson hayotiy faoliyatining barcha sohalaridagi ijtimoiy faoligini kuchaytiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy faoliyatda o'zining fuqarolik majburiyatlarini sidqidildan bajarishga rag'batlantiradi.
Talabalarda baynalmilal tuyg'u va baynalmilalchi sifatlarini tarbiyalash jarayonida ularning O'zbekiston xalqlarining milliy birligi, umumdavlat manfaatlarining ayrim viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini aloxida ahamiyatga ega.
23
Mehnatga mahsuliyatli munosabat
Bu axloqning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mehnatga ma'suliyatli munosabatning asosiy belgilari: beg'arazlik, mehnat majburiyatlariga ongli, mahsuliyatli yondoshish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat natijalarini oldindan ko'ra bilish, mustaqil qaror qabul qilish, jamoatchilik hamkorligi, o'rtoqlarga yordam ko'rsatishga tayyorlik, mehnat kishisining qadr- qimmati va sharafi tuyg'usini rivojlantrish.
Ongli intizom.
Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda burchni bajarish – shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik majburiyatlarini kam-ko'stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga, mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan xatti-harakat meyorlarida amal qilish tushiniladi.
Talabalarda intizomlilikni tarbiyalash ularning eotiqodini shakllantirish, umumiy madaniyatini o'stirish, muntazam mehnatga va vazifasini qathiy bajarishga o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo talabalarning amaliy faoliyatlarida, o'qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o'zaro taosir ko'rsatish usullari, xulq-atvor meyorlarini o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi.
Axloqiy ideali hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida, hayotiy nuqtai nazarida namoyon bo'ladi, talabalar tasavvurida barkamol shaxs va uning jamiyat bilan munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasavvur umumlashgan, saylangan, axloqiy faoliyatning dasturi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin.
Axloqiy ideal talabalarning hayotiy rejalrini shakillanishida muhim rol o'ynaydi. Ideal va hayotiy rejalarning o'zaro bir-biriga taosiri talabalarning axloqiy tuyg'u va irodasi, o'z-o'zini anglashning rivojlanish darajasi bilan bog'liqdir. Axloqiy ideallar talabalarning jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari to'g'risidagi tasavvurlarini aks ettirish barobarida bevosita ularning kasbiy intilishlari bilan bog'liqdir.
24
Axloqiy tarbiya yoshi va o'quvchining to'g'ri yo'nalishi olishi uchun hal qiluvchi taosir ko'rsatadigan muhitni (oila va do'stlar muhiti) ham hisobga olganda shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi: inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur beradi.
Axloqiy tarbiya tizimida axloqiy odatlar alohida o'rinni egallaydi. Chuqur o'zlashtirilgan axloqiy me'yorlar bilan belgilanuvchi hatti-hatakat odatning ma'naviy sababiyatining barqaror ko'rsatkichidir.
Axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hatti-harakatlarni odatga aylanishidir. Axloqiy odatlarni tarbiyalashga qo'yiladigan pedagogik talab talabaning fe'l-atvori va ongining birligi va o'zaro aloqasiga asoslanadi.
25
XULOSA
Pedagogika shaxsning shakllanishiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar irsiyat (biologik omil), muxit (ijtimoiy, tabiiy, psixologik, ma’naviy...omillar), ta’lim tarbiya to’g’risidagi xulosalarni ancha ilgari ishlab chiqqan. Jamiyat taraqqiyotining turli davrida pedagogik ularning insonning shakllanishdagi ahamiyati va nisbati turlicha mafkuraviy-siyosiy ta’sirida izohlab kelgan.
Tug’ma qobiliyatlarning irsiy berilishi, masalan, tabiat ilmida va unga muvofiq pedagogikada xam alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan: ichkilikboslikka berilgan ayrim oilalardagi bolalarda ba’zi bir irsiy kuchib utadigan ruxiy kasalliklariga chalinish xollari uchraydi. Soglom kishilar farzandlarida aqliy faoliyat darajasi va sifasi yuqori bulishi kuzatiladi.
Shaxsning xamma ruxiy fazilatlari uning atrof muxit bilan muloqati natijasida insonni mexnat qilishdek xayotiy faoliyati natijasida qulga kiritiladi. Insonga tug’ma ravishda xatti-xarakatlarning xech qanaka ijtimoiy, noijtimoiy dasturlari berilgan emas. Har bir odam uchun shaxs sifatidagi fazilatlarning shakllanish jarayoni amalda noldan boshlanadi.
Ijtimoiy muhit ko’p jihatdan sotsial shart-sharoitlarga bevosita bog’liq. Insonning ijtimoiy qiyofasi uning ijtimoiy va davlat tuzumiga mansubligi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarining mahsus, u yoki bu davlatning fuqaroligi, shaxsning sinfiy o’rnini belgilaydigan mazkur jamiyatda, mamlakatda o’rnatilgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning maxsuli hisoblanadi. Inson rivojlanishining shaxar va qishloqlarda xayot sharoitlarining o’zgarishi, mamlakat xududida aholining kuchishi, tug’ilishning o’sishi, umrning uzayishi yoki kamayishi, nikoxdan o’tish yoshining o’zgarishi, mexnat taqsimoti, bozor iktisodiyoti sharoitida, ya’ni sinflar tadbirkor, ishbilarmon, savdogar, bankir, menejmentlarning paydo bo’lishi ko’p jihatlardan bogliqdir.
Muhitning ta’siri ko’pchilik hollarda stixiyalik ekanligini xisobga olinsa, ta’lim, tarbiya aniq maqsadli ta’sir etish bulib, rejali amalga oshiriladi va muhitdagi voqealikni to’g’ri va ijobiy ta’sirini ham vujudga keltiradi. Chunki
26
ta’lim, tarbiyada muhit beraolmaydigan narsalar o’rganiladi, bilim, ma’lumot egallanishda, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar egallanadi;
ta’lim-tarbiya tufayli to’g’ma kamchiliklar ham o’zgartirib yoki to’g’ma qobiliyat iqtidor rivojlantirishi mumkin bo’lib, shaxsni kamolga yetkaziladi;
tarbiya ta’sirida muhitning salbiy ta’sirida bartaraf etishi va yuqotilishi mumkin;
ta’lim va tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni kuzlaydi. Oila shaxsning shakllanishida jamiyatning asosiy bugini sifatida katta rol uynaydi. Shaxsning ijobiy xislatlari asosan oilada tarkib topadi, shakllana boshlaydi. Maktabgacha tarbiya muassasalarda yanada yangi jamoaviy xislatlar bilan boyitiladi. Maktab, litsey, gimnaziyalarda yetuklik kulamida bilim, iqtidor, ko’nikmalar shakllanishi bilan birga insoniy ijobiy xislatlar yanada sayqal topadi. Maktabdan tashqari madaniy- ma’rifiy muassasalar va radio, televidenie ommaviy axborot vositalar ta’sirida shaxsiy xislatlar jamiyatga, atrof-muhitga muvofiqlantiriladi.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish jarayonida insoniy ongning faol tabiati ayniqsa yaqqol namoyon bo’ladi. Inson o’z tanasini o’zining ongi irodasi ob’ekti qilib, ataylab o’ziga muayyan xarakatlar va xarakat omillaridasturini belgilab, o’z organizmining ishini takomillashtiradi, xarakat qobiliyatlarini va umumiy yashovchanligini oshiradi. Ana shunday xarakat vositasida tashqi tabiatga ta’sir ko’rsatadi va uni o’zgartirar ekan, ayni vaqtda o’z tabiatini ham o’zgartiradi.
27
Dostları ilə paylaş: |