SHAVKAT MIRZIYOYEV Prezidentimiz «Sog‘lom avlod yili» ni e’lon qilar ekan: «Sog‘lom avlod deganda shaxsan men, eng avvalo sog‘lom naslni nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog‘lom, iymon – e’tiqodi butun bilim, ma’naviyati yuksak mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb ta’kidlaydi.
Sog‘lom avlod tarbiyasi oson ish emas, u har bir inson, har bir oila, butun jamiyatdan jiddiy e’tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi. Prezidentimiz fikrlarini
davom ettirar ekanlar: «…hech shubha yo‘q, sog‘lom avlod orzusi ajdodlarimizdan bizga o‘tib kelayotgan, qon – qonimizga singib ketgan muqaddas intilishdir. Agar ota – bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl – nasab, etti pushtining tozaligiga, avlodning sog‘ligiga juda katta e’tibor berganini ko‘ramiz. Sog‘lom bolaning tug‘ilishi, eng avvalo, onaning sog‘lig‘iga bog‘liq», deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit ta’sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti faoliyati davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.
Mavzuningmaqsadvavazifalari: Insonning shaxs sifatida shakllanish jarayoni, unga ta’sir etuvchi omillar, shaxsni shakllantirish jarayonida muhitning o‘rni haqida ma’lumotlarni o’rganish.