orqali amalga oshiriladi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya
muassasalarida, keyinchalik maktab, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi va oliy
maktabda ta'lim-tarbiya oladi. Shu sababli inson kamolotida ta'lim va tarbiyaning
etakchilik qilishiga imkon berish darkor. Ta'lim va tarbiya jarayonida kishi
organizmining o'sishi va muhitning stixiyali ta'siri Bera olmaydigan narsalarini
o'rganib oladi. Masalan, bola o'z ona tilini atrofni o'rab turgan muhitning ta'sirida
o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni maxsus ta'lim -tarbiya yo'li
bilangina o'rganadi, mehnat va kasb egallash ko'nikma va malakalari faqat ta'lim
22
Ta'lim-tarbiya yordamida kishining ba'zi tug'ma kamchiliklarni ham kerakli
tomonga o'zgartirish, shuningdek, muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan
kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning karta o'ynashi, qo'pollik, so'kish,
papiros chekishlari va h.k.).
Ta'lim jarayonida bolada bilimlar, ko'nikma va malakalar hosil
bo'libgina qolmay, balki ilmiy dunyoqarash ham shakllanadi. Xullas, bizning
asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va iste'dodlarini o'z vaqtida
payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay sharoit, ta'lim-tarbiya
berishdir.
Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va munosabatlari mavjud,
chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to'g'ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga
samarali ta'sir ko'rsatadi. Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta'minlashi uchun
boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o'zgarish
sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatdan rivojlantiruvchi omil bo'lmog'i
uchun tarbiyalanuvchi jamiyatning tarbiya oldiga qo'ygan talablarini, shaxsning
o'ziga xos xususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida
tarbiyaning etakchi rolini e'tirof etish bilan birga ularning o'zaro bir-biriga ta'sirini
tan oladi.
Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil
bo'lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo'ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga
olish juda muhim. Ma'lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o'quvchi-talabalarning
har birining o'ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud. Bu o'ziga xoslik
rivojlanish jarayonida
yaqqol
namoyon bo'ladi.
Bolalarni o'qitish
va
tarbiyalashning muvaffaqiyati o'qituvchining har xil yoshdagi bolalar o'rtasidagi
tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog'liqdir. Shunday ekan, tarbiyachi,
pedagog maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o'rta maxsus va oliy o'quv
yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchi talabalarning yosh davrlari bilan
xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
23
Demak, bizning asosiy va eng muhim vazifamiz, bolalarning qobiliyat va
iste'dodlarini o'z vaqtida payqab olish va ularning kamol topishlari uchun qulay
sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.
Dostları ilə paylaş: