Mehnatga mahsuliyatli munosabat
Bu axloqning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Mehnatga ma'suliyatli
munosabatning asosiy belgilari: beg'arazlik, mehnat majburiyatlariga ongli,
mahsuliyatli yondoshish, intizomlilik, ijodiy izlanish, tashabbus, faoliyat
natijalarini oldindan ko'ra bilish, mustaqil qaror qabul qilish, jamoatchilik
hamkorligi, o'rtoqlarga yordam ko'rsatishga tayyorlik, mehnat kishisining qadr-
qimmati va sharafi tuyg'usini rivojlantrish.
Ongli intizom.
Ongli intizom axloqning tarkibiy qismi hisoblanadi. Intizom deganda
burchni bajarish – shaxsiy va ijtimoiy, davlat, shaxsiy va jamoatchilik
majburiyatlarini kam-ko'stsiz bajarish hamda ijtimoiy hayotda kishilarga,
mehnatga va jamoat mulkiga jamiyat qabul qilgan xatti-harakat meyorlarida amal
qilish tushiniladi.
Talabalarda intizomlilikni tarbiyalash ularning eotiqodini shakllantirish,
umumiy madaniyatini o'stirish, muntazam mehnatga va vazifasini qathiy
bajarishga o'rgatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo talabalarning amaliy faoliyatlarida, o'qish,
mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, o'zaro taosir
ko'rsatish usullari, xulq-atvor meyorlarini o'zlashtirishlarida namoyon bo'ladi.
Axloqiy ideali hayotiy rejalar va xulq-atvor namunalarida, hayotiy nuqtai
nazarida namoyon bo'ladi, talabalar tasavvurida barkamol shaxs va uning jamiyat
bilan munosabatlarida amalga oshiriladi. Bu tasavvur umumlashgan, saylangan,
axloqiy faoliyatning dasturi ko'rinishlarida namoyon bo'lishi mumkin.
Axloqiy ideal talabalarning hayotiy rejalrini shakillanishida muhim rol
o'ynaydi. Ideal va hayotiy rejalarning o'zaro bir-biriga taosiri talabalarning axloqiy
tuyg'u va irodasi, o'z-o'zini anglashning rivojlanish darajasi bilan bog'liqdir.
Axloqiy ideallar talabalarning jamiyatning ijtimoiy qadriyatlari to'g'risidagi
tasavvurlarini aks ettirish barobarida bevosita ularning kasbiy intilishlari bilan
bog'liqdir.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
25
Axloqiy tarbiya yoshi va o'quvchining to'g'ri yo'nalishi olishi uchun hal
qiluvchi taosir ko'rsatadigan muhitni (oila va do'stlar muhiti) ham hisobga olganda
shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Axloqiy bilim
berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi: inson hayoti va madaniyatining
axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur beradi.
Axloqiy tarbiya tizimida axloqiy odatlar alohida o'rinni egallaydi. Chuqur
o'zlashtirilgan axloqiy me'yorlar bilan belgilanuvchi hatti-hatakat odatning
ma'naviy sababiyatining barqaror ko'rsatkichidir.
Axloqiy tarbiyaning muhim vazifasi hatti-harakatlarni odatga aylanishidir.
Axloqiy odatlarni tarbiyalashga qo'yiladigan pedagogik talab talabaning fe'l-atvori
va ongining birligi va o'zaro aloqasiga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: |