Kurs ishi Fan: Kartashunoslik Guruh



Yüklə 58,12 Kb.
səhifə6/8
tarix01.12.2022
ölçüsü58,12 Kb.
#71781
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Fan Kartashunoslik Guruh

Abu Rayhon Beruniy (973-1042) birinchi marta dunyo globusini yaratganligi to`g`risida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Uning globusi Shimoliy yarimsharning globusi edi. Lekin g`arb olimlari buni tan olmaydi. Birinchi globus yunonistonlik Krates (eramizdan avvalgi II asr) tomonidan yasagan. 1492 yilda Marten Bexaym birinchi mukammalroq globus yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Bugunda mahalliy aholidan chiqqan Xoji Yusuf Hay`atiyning 1886 yilda ishlagan globusi Samarqanddagi madaniyat va san`at tarixi muzeyida saqlanmoqda. O`rta Osiyo g`arbda Kaspiy dengizi, janub va sharqdan Eron Islom Respublikasi, Afg`oniston va Xitoy Xalq Respublikasi, shimoldan 45032 shimoliy kenglik5 bilan chegaralovchi ulkan hududda joylashgan bo`lib, jami 1 mln. 984 ming kv.km. ni tashkil etadi. Bu o`lka qadimiy svilizasiya markazlardan biridir va yirik imperiyalar tarkibida jahon siyosiy hamda iqtisodiy tarixida katta o`rin tutgan. Qadimgi G`arb va Sharq o`rtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarida muhim vositachilik vazifasini bajargan.
O`rta Osiyo haqida geografik, jumladan kartografik tasavvurlar tarixi ham ancha qadimgi, aniqrog`i antik davrdan boshlanadi. O`rta Osiyo to`g`risidagi dastlabki kartografik ma`lumotlar antik davrning svilizasiya markazlari bo`lishi Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rimda yozilgan manbalarda uchraydi. Chunki «antik davr mamlakatlari Sharqning ko`plab mamlakatlari bilan ijtimoiy iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lganlar, shu tufayli o`z tarixiy geografik va kartografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar». Gerodot, Strabon, Klavdiy Ptolomey va boshqa antik davr mualliflarining asarlarida O`rta Osiyoning ilk tarixiy kartorgrafiyasiga oid ma`lumotlarni uchratishimiz mumkin. Gerodot (mil. avv. 484-425 yillar) o`zining «Tarix» asarida Kaspiy dengizdan sharqda bepoyon kengliklar mavjudligi haqida ma`lumot beradi. U Kaspiy (Girkan) dengizini yopiq havza deb, uning ko`lami haqida shunday fikr yuritadi: «Uzunligini eshkakli kemada 15 kunda, kengligini esa hammasi bo`lib, 8 kunda suzib o`tish mumkin». Araks (Amudaryo) haqida ma`lumot berib, Gerodot: «Araks, aytishlaricha, Isterga qaraganda kattaroq va (boshqa daryolarga ko`ra) kichikroq, Lesbos kattaligidagi ko`plab orollarga ega... Araks Matiyonlar yurtidan oqib keladi. Gindis (Hind) daryosi ham o`sha yerdan oqadi»,- deb qayd etgan. R. E. Lensning fikriga ko`ra, Geradot yozgan Araks daryosi Sirdaryo yoki Tajan daryosi bo`lishi kerak. Ammo ko`plab olimlarning fikriga ko`ra, u Amudaryodir. Geradot Amudaryoning bir o`zani (O`zboy) Kaspiyga quyilgan, deb o`ylagan bo`lsa kerak. Professor A. Sag`dullayev ham «Araks bu Amudaryo, Matiyon tog`lari, Geradotning tushunishicha, Pomir yoki Hindikush tizimlaridir, chunki tarixchining (Geratodning) aytishicha, Matiyon tog`laridan Hind daryosi ham boshlanadi»,-deb yozadi.
Geradot massagetlarning yerlari haqida fikr yuritib, ular «Kaspiy dengizidan sharqda, quyosh chiqish yo`nalishida joylashgan» deb yozadi6. Uning Baqtriya va Xorazm haqidagi ma`lumotlari ham qiziqarlidir» «Osiyoda bir vodiy bor. Uning hamma tomoni tog` bilan o`ralgan. Tog`ni esa beshta dara kesib o`tadi. Bir vaqtlar bu vodiy xorazmliklarga qarashli bo`lib, xorazmliklar, parfiyaliklar, saranglar va tamaneylarning chegaradosh yerlarida joylashgan». Yuqoridagi ma`lumotlardan kelib chiqib, J. Tomson, V. Fedchinib, V. Dementyev. O. Andyushenkolar Gerodot ma`lumotiga tayanib, kartalar yaratganlar. J. Tomson Kaspiy dengizining kengligini uzaytirib yuborgan. Bu esa Geradot yozganlariga mos tushmaydi. V. Dementyev, O. Andryushenkolar Araks (Amudaryo)ni birmuncha to`g`riroq chizganlar, lekin uning Kaspiyga qo`yiluvchi irmog`i tasvirlanmagan. Shuningdek, baqtriyaliklar yurti ham aks etmagan. V. Fedchina tiklagan kartada Gerodot tilga olgan «botqoqlik va ko`plab» mavjud hududlar tasvirlangan bo`lsa-da, biroq baqtriyaliklar va masasagetlar yerlari chizilgan. Yana bir yunon olimi Gerodotning tarixiy an`analarini davom ettirgan
Yüklə 58,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin