Kurs ishi ilmiy rahbar: D. Toʻrayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “Amaliy tilshunoslik va lingvodidaktika” kafedrasi mudiri F. f d. B. Mengliyev 2020– yil “ ” – yanvar toshkent – 2020 reja: kirish


OTLI SOʻZ BIRIKMALARI: BITISHUVLI BIRIKMALAR



Yüklə 52,66 Kb.
səhifə9/14
tarix28.04.2023
ölçüsü52,66 Kb.
#104481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi ilmiy rahbar D. To rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin”

OTLI SOʻZ BIRIKMALARI: BITISHUVLI BIRIKMALAR
Bosh so‘zga birikib kelgan ergash komponentlarning qaysi so‘z turkumiga taalluqli ekanligiga qarab yoki ifoda materialiga ko‘ra, so‘z birikmasini quyidagi gruppalarga ajratib o‘rganish mumkin.
1. Ot+ ot. Otli birikmalar sistemasida keng tarqalgan turlardan biri ikki otning qo‘shimchasiz birikuvidir. Ergash mucha sistema sifatida birinchi o‘rinda, bosh so‘z esa ikkinchi o‘rinda keladi; qoida bo‘yicha grammatik jihatdan o‘zgaruvchi element ikkinchisidir, ya’ni kelishik, egalik va ko‘plik qo‘shimchalaridan ,birortasini (yoki uchchalasi ham) olishi mumkin. Birinchi komponent shaklan ot turkumiga taalluqli bo‘ladi, lekin ma’nosi tomonidan ko‘p vaqt belgini anglatuvchi sifat turkumiga juda yaqin turadi: kumush qoshiq, yuk mashina, olov nafas, o‘rik domla, qo‘ng‘iroq ovoz, shamol tegirmon, shoir tabiat kabi.
Ot+ ot tipidagi qo‘shimchasiz birikkan bog‘lanishda quyidagi". asosiy ma’no turlarini qayd qilish mumkin:
a) ergash mucha vazifasida kelgan ot (birinchi komponent) bosh so‘z bildirgan predmet nimadan yasalganligini, materialini. ko‘rsatadi: movut chopon, qamish devor, chilvir belbog‘, temir qoshiq; predmet materialining bir qismiga ishora: zar do‘ppi, tosh yo‘l, qovoq somsa, g‘isht devor kabi;
b) bosh so‘zga bog‘lanib kelgan komponent predmetning nimagsh moslanganligini, mo‘ljallanganligini bildiradi: yuk mashina, qo‘ltiq tayoq, deraza parda, elektr chirog‘, lampa shisha;
d) birinchi mucha shaxsning (predmetning) kasbini, mashg‘ulotini bildiradi, barcha izohlovchilar ham shu turga kiradi: matros yigit, injener ayol, dehqon bola, traktorchi qiz;
e) birinchi mucha ikkinchisining holat–harakatini izohlaydi, aniqlab beradi yoki shaxsning (predmetning) biror tomonini nimagadir qiyoslaydi, o‘xshatadi: g‘oz yurish, it hurish, mirza turish, yov qarash, shoir tabiat, xo‘roz qand, bodom qovoq, dutor bo‘yin, qo‘ng‘iroq ovoz, ketmon soqol, qo‘y ko‘z kabi;
f) birinchi so‘z ikkinchi komponentning millatiga (qabila,. elat) ishora qiladi: rus ayol, o‘zbek bola, koreys qiz;
g) ergash so‘z bosh so‘zning joyini, o‘ringa munosabatini, qaerdan kelib chiqqanligini bildiradi: chust do‘ppi, namangan olma, marg‘ilon atlas, qo‘qon arava (Agar birinchi mucha oxiridagi –i qo‘shimchasi o‘qilmaydi deb faraz qilsak, iroqi sovun, kobuli sho‘rva, kashmiri ro‘mol kabi birikmalarni ham shu tipga kiritish mumkin). Aslida birinchi so‘zga qo‘shilib kelayotgan –i qo‘shimchasi yoki nisbiy –iy elementiga aloqadordir: chinni idish, buxori saqich, shohi ko‘ylak kabi birikmalar ham shu tipdagi qo‘shilmalardir;
h) ergash so‘z yetakchi (bosh) so‘zning jinsiga ishora qiladi: jo‘ja xo‘roz, xotin doktor, qiz bola, o‘g‘il bola, erkak kishi;
2. Olmosh+ot. Olmoshlarning barcha turlari ham bosh so‘z bnlan (ot, olmosh va otlashgan so‘zlar bilan) birikavermaydi. Olmoshlardan faqat so‘roq, ko‘rsatish, belgilash olmoshlari (juda. kam bo‘lsa ham bo‘lishsizlik olmoshi yasashda ishtirok qiluvchi hech elementi va hokazo) otga birikib kelishi mumkin: hamma odamlar, butun dunyo (xalqlari), barcha studentlar, o‘sha bodomzor, hech narsa, har kishi, qancha odam kabi.
Olmosh+ot tipidagi bog‘lanish nisbatan ancha kam uchraydi. Olmosh turlaridan faqat ko‘rsatish, so‘roq va belgilash–jamlash olmoshlarigina ergash mucha vazifasida kela oladi: anovi anhor, o‘sha bola, qaysi kun, qanday kishi, barcha aholi, hamma kolxozchilar, butun dunyo kabi: Bu tankka kichik leytenant Mannon Mavlonov komandirlik qiladi (Gazeta). Bu kishi Adolat opam bo‘ladilar (H. G‘ulom). U To‘tiqizni bu jozibada, bu latofat, bu jilvada ko‘rmagan edi (M. Ismoiliy). Shu yoz bir to‘da bolani Moskva yaqinidagi pioner lageriga yuborishdi (Gazeta). Shu hafta ichida tovushim do‘rillay boshladi (A. Qahhor). Shu yerga kelgan yilim xudo bir qiz bergan edi (Oybek). Har yil ko‘kartirar meva xilini, Har yil yuz yasanib kelganda bahor (S. Vurg‘un).
3. Son+ot. Bu tipdagi bitishuvli birikmaga son turkumiga aloqador bo‘lgan ayrim turlar kiradi: sanoq son + ot, tartib son + ot, chama son + ot, taqsim son + ot: yigirma besh student, o‘n oltinchi maktab, o‘ntacha bola, yigirmatadan qalam.
Son + ot tipidagi birikmalarning miqdori ham juda ko‘p. Bunda son turkumiga aloqador bo‘lgan so‘z otning miqdoriy aniqlovchisi vazifasini o‘taydi. Jamlovchi son turidan tashqari barcha son turlari otli birikma sostavida ishtirok qilishlari mumkin. Ularning ot bilan aloqasi so‘zlarning (komponentlarning) qat’iy tartibi bilan belgilanadi: ya’ni birinchi o‘rinda son, undan keyin bosh mucha — ot yoki otlashgan so‘zlar keladi: Birinchi boylik — tan sog‘ligi (Maqol). Ming qarg‘aga bir kesak (Maqol). Bir yil dadam meni Shohimardonga olib borgach edi (A. Qahhor). Bir ko‘rgan tanish, ikki ko‘rgan bilish (Maqol). U o‘n yildan beri bir ishda muntazam ishlab kelyapti (Sh. Rashidov). Bir soat ning o‘zida yigir ma beshta so‘qa, omoch aralash qo‘sh safarbar qilindi (A. Qodiriy). Qarz shu choqqacha yuzso‘myaao‘nso‘mfoyda bilan berilar edi (A. Qahhor).
4. Sifat+ot. So‘z birikmalari sistemasida eng keng tarqalGan tur sifat va otning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanishidir: yaxish. odam, uzoq yo‘l, moviy dengiz, go‘zal tabiat kabi: yaxshi otga bir. qamchi, yomon otga ming qamchi (Maqol).

Yüklə 52,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin