Mezonlar
|
An’anaviy o’qitish
|
Texnologik o’qitish
|
Maqsad
|
Bilim berish, ko’nikma shakllantirish
|
Hamkorlikdagi faoliyat
orqali bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirish
|
O’rganuv-chining roli
|
Ko’rsatmalarga bo’ysinadi;
Axborotni passiv qabul
qiladi; axborotni o’zlashtiradi; o’rganish jarayoni uchun qisman mas’ul
|
O’z g’oyalarini taklif qiladi; o’zaro bog’langan; faol ishtirok etadi; ta’lim jarayoniga to’liq mas’ul
|
O’qishga
qiziqtirish
(motivatsiya)
|
Tashqi jamiyat tomonidan
tazyiq ko’rsatiladi (oila, din, urf-odatlar va sh.k.);
o’quvchi o’qishning shu zahotlik foydasini ko’rmaydi
|
Ichki qiziqtiruvchi omillar. O’quvchi shu zahotli foydani anglaydi
|
Mazmun tanlovi
|
O’qituvchi nazorat qiladi. o’quvchi qisman tanlaydi yoki umuman bunday huquqqa ega emas
|
Ta’lim mazmuni o’quvchilar tanlagan muammolarini yechishga yo’naltirilgan
|
Jarayon
|
-direktiv (ko’rsatmali) yondashuv
-talqin qiladi va baholaydi
-mavzu bo’yicha ko’proq va yaxshiroq biladi
-mutaxassislik tilida so’zlaydi
|
- demokratik yondashuv
-tinglaydi, qo’llab quvvatlaydi, har bir kishining fikri va g’oyalarini qabul qilishga tayyor
- o’quvchilar tilida so’zlaydi
|
Usullar (metodlar)
|
O’quvchi dalillar, axborot oladi
|
O’qitish o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga asoslanadi
|
Qaror qabul qilish
|
Qarorni o’qituvchi qabul qiladi u
|
Qaror birgalikdagi faoliyat davomida qabul qilinadi hamda guruh va o’qituvchining muvaffaqiyatli hamkorligi natijasi hisoblanadi
|
Faqatgina ishonch va o’zaro hurmat muhiti har bir o’quvchiga samimiy bo’lish, o’z fikrlarini bemalol bayon etish hamda begona nuqtai nazarni egallash o’rganishga imkon beradi.