2.2. Atom tuzilishi mavzusini innovatsion texnologiyalar asosida o`qitish Fizika fanini o`qitishda ta`limining umumiy maqsadlarida hizmat qilish ya`ni o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini mantiqiy ta`fakur qila olish qobilyatini aqliy rivojlanishi, o`z-o`zini anglash salohiyatini shakilantirish va o`stirish, ularda milliy va umuminsoniy qadiriyatlarni tarkib topdirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta`lim olishni davom etirishlari uchun zarur. Davlat ta`lim standartlari va tokomilashtirilgan o`quv dasturlarining joriy etilishi ta`lim jarayonida ilg`or pedagogik texnologiyadan ko`proq foydalanish talab etadi. Fizika fanida o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini mustahkamlash va mustaqil yuritishga zamin tayorlashda ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish maqsadga muofiq. Bunda o`quvchi asosan mavzuni oldindan tayorlab kelishga, fikirlash qobilyatini oshirishga, bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlashga zamin yaratadi.
Ilg`or pedagogik tehnologiyalarning ko`plab usullari mavjud bo`lib, bu usullardan o`quvchining yoshi, pisihologik hususiyati bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. 6-9-sinflarda aqliy hujim, kichik guruhlarda ishlash, sinkven,B,B,B (bilaman, bilishni istayman, bilib oldim), menga ohirgi so`zni bering bilis klaster bingo debat, test sinovi, usullaridan foydalanish yuqori samara beradi.
Atom tuzilishi mavzusini yuqori o’quvchilar ongida to’g’ri to’la shakllantirish uchun ularning quyi bolimlarda olgan modda tuzilishi haqidagi bilimlarini sifat va miqdor jihatdan boyitish lozim. Buning uchun mazkur bo’limda bayon etiladigan barcha tushunchalar Atom fizikasi bolimiga asoslanishi kerak.
Modda atom holatining hususiyatlarini o’rganishga dasturda ajratilgan vaqt juda cheklangan. Shuning uchun faqat atomningi hosalarigina bir muncha to’laroq o’rganiladi. Bu tushunchalarni o’rganishda atom yadrodan va elektronlar dan iborat o’zaro tasir kuchlarini takrorlashdan boshlash maqsadga muofiq. Yangi mavzuni Atomning tuzilishi va yadro tushunchalarini berishdan boshlash lozim.
Atomning markazida musbat zaryadlangan yadro joylashgan bo'lip, u zaryadsiz zarralar neytronlar va musbat zaryadli zarralar protonlardan tashkil topgan.
Neytornning massasi 1836,6 elektron massasiga teng bolip,proton massasidan salgına katta.Neytron beqarar zarra,ozod neytron 15 minutga yaqin vaqt ichida proton, elektron va neytironga ( tinchlik massaga ega bolmagan zarraga) parchalanadi
Yadro zaryadi.Atom yadrolarning elektr zaryadini 1913 yılda İngiliz fizigi Henri Mozli aniq o'lchagan. Mozli atom yadrosining elektr zaryadi elementar elektr zaryadi (e) ning kimyoviy elementining Mendeleyf jadvaldagi Z tartıp nomeriga ko'paytmasiga teng ekanligini aniqladi