2.2
. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini oshirish mexanizmlari
Mamalakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” nomli
asarida O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi
marralarga chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009 yilga muljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustvor yo‘nalishi: “mamlakatni modernizatsiya qilish va
aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani yanada rivojlantirish” belgilab berilgan.
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatlarining turli darajalarini o‘z
ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini
ta’minlovchi funksional tuzilmalar tuzish zarur. Bu funksional tuzilmalarning
yaratilishi mehnat bozorida samarali davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi
bo‘lib hisoblanadi. SHuningdek, funksional tuzilmalar faoliyatining belgilangan
masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan holda o‘zaro birikishi ular o‘rtasida
aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar takrorlanishini minimumgacha
tushirishni ta’minlaydi.
SHunday qilib, aniq belgilari bo‘yicha bir qancha tashkiliy bloklarning
o‘zaro aloqadorligini o‘z ichiga oluvchi tashkiliy tizimlar quyidagilardan iborat
bo‘lishi kerak:
-
ishga joylashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish, ish bilan bandlik dasturi
hamda ishga joylashtirishga kumaklashish bo‘yicha tashkiliy tizim;
-
statistik tadqiqotlar o‘tkazish, mehnat bozorini tahlil qilish va
istiqbollashtirish va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tizim;
-
ish bilan bandlik xizmatining rivojlanishi, personalni boshqarish, ish
bilan bandlikka ko‘maklashni moliyalashtirish bo‘yicha tashkiliy tizim;
25
-
ixtisoslashgan ish bilan bandlik (adminstrativ – boshqaruv xodimlarini
ishga joylashtirish masalalari, migrantlar, nogironlar, qishloq aholisi, jamoat
ishlari, vaqtinchalik ishga joylashtirish).
YUqorida keltirilgan tuzilmaviy tizimlar, bir tomondan – funksiyalar
bajarilishining bir xilligi bo‘yicha, ikkinchi tomondan – aloqa turi bo‘yicha turli
darajalardagi aloqalarni yuzaga keltiradi.
Hududiy darajadagi ish bilan bandlik xizmati organlarining ierarxik
(pog‘anali) tuzilishi viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh
boshqarmasi va uning joylardagi mehnat bo‘limlaridan iboratdir.
Bizningcha, hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari alohida yo‘nalishlar
bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘limlar ko‘rinishidagi tashkiliy tuzilmalar safatida
iborat bo‘lmasligi kerak. CHunki, alohida funksional yo‘nalishlar bo‘yicha
ixtisoslashgan bo‘limlarning mavjudligi ular o‘rtasida tajriba va axborot almashish
samaradorligini pasaytiradi.
SHunday ekan, ish bilan bandlik xizmati organlari bir qancha yo‘nalishlarni
birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi zarur. Hududiy ish bilan bandlik
xizmati va uning joylardagi mehnat bo‘limlari o‘rtasida samarali munosabatlarni
ta’minlash hamda mehnat bo‘limlari mutaxassislari ishlarining samaradorligini
oshirish uchun joylardagi mehnat bo‘limlari ish faoliyatlarini qayta qurish zarur.
Tuman mehnat bo‘limlarining ishsizlar bilan ishlashi alohida funksional
qismlari faoliyati yakka tartibda va aniq izchillikda olib boriladi. Ishsizlar bilan
ishlashning birinchi bosqichida mehnat bo‘limiga murojaat qilgan kishi ishsiz
sifatida ro‘yxatga olingandan keyin, ishga joylashtirish bo‘yicha inspektor mos ish
joyini izlaydi. Inspektorning bu faoliyati 1-1,5 oyni tashkil etadi. Keyingi
bosqichda mijozning ish bilan band bo‘lmaganlik (agarda u ishlayotgan bo‘lmasa)
sabablari aniqlanadi. Bunda ishsiz fuqaro kasbga yo‘naltirilishi yoki qayta
o‘qitishga yuborilishi mumkin. Bu jarayon 1 haftadan 1 oygacha muddatni olishi
mumkin. Ishsiz bilan ishlashning keyingi davriga 1,5 dan 2 oygacha vaqt ketishi
26
mumkin. Demak, mijozning ishsiz sifatida ro‘yxatda bo‘lish davri o‘rtacha 5 oy
chegarasida tebranib turadi.
Tuman mehnat bo‘limlarida ham ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tgan
fuqarolarning ishsizligining davomiyligini qisqartirish maqsadida, bir
necha mutaxassislarni birlashtiruvchi alohida bloklardan iborat bo‘lishi kerak.
Biz tuman mehnat bo‘limlarida turli yo‘nalishlardagi ishlar bo‘yicha bir
necha mutaxassislarni o‘z ichiga oluvchi komanda yoki qism ko‘rinishidagi
tuzilmalarni tashkil etishni taklif etamiz. Masalan:
1)
Ishga joylashtirish bo‘yicha xodim (yoki xodimlar), ular ishsizlarning
hujjatlarini dastlabki tekshiruvini o‘tkazish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha har
tomonlama (ish haqi to‘g‘risida, mehnat xarakteri to‘g‘risida) axborotlar to‘plash
kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanishlari mumkin;
2)
Ish beruvchilar bilan ishsizlarning uchrashuvlarini tashkillashtiruvchi va
ish beruvchilar bilan ish uchun javobgar xodim;
3)
Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatchi xodim va qayta o‘qitish
bo‘yicha mutaxassis. Bunday komandalarning funksional majburiyatiga ishchi
kuchiga talab haqida axborotlarni to‘plash, korxonalar uchun xodimlar tanlash,
mehnatni tashkil etish masalalari bo‘yicha tadbirkorlarga maslahatlar berish va
boshqalar kiradi.
Bunda komandalarning samarali ishlashi uchun tuman mehnat bozori
segmentlari bo‘yicha ajratish mumkin (hududiy belgilari bo‘yicha, iqtisodiy
belgilari bo‘yicha va boshqalar). Mehnat bozorida tarmoq belgilari bo‘yicha
segmentlarga ajratilishi natijasida har bir tarmoqda mutaxassis – xodimlarning
ixtisoslashishi tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning ish bilan
bandlikka ko‘maklashish sohasidagi faoliyatlarining samaradorligini oshiradi.
Mehnat bozorida ish bilan bandlik masalalarini echishning bunday shaxsiy
yondashuvi tuman ish bilan bandlik xizmati mutaxassislarining javobgarligini
oshiradi hamda ish bilan bandlik xizmati organlarining yo‘llanmasi bilan
ishsizlarni ishga qabul qilishda ish beruvchilarning rad etishini kamaytiradi.
27
SHuningdek, eng birinchi – ishsizlarga xizmat ko‘rsatish vaqti qisqaradi, bu
esa, ishsizlikning o‘rtacha davri qisqarishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |