Kurs ishi mavzu: “ Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni”



Yüklə 229,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix24.12.2023
ölçüsü229,72 Kb.
#191862
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28 
XULOSA 
Kurs ishida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
1. Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini 
bartaraf etish, ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari 
va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagilarni taklif etamiz: 

ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish 
tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va 
faol qatnashuvchi bo‘lishi zarur; 

mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab 
chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan 
jadal hal etishni ko‘rsatmoqda. 
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
 
faoliyatlarining 
rivojlanishida uning asosiy funksiyalaridan biri, mehnat bozorida samarali 
tadbirlarini va ish bilan bandlik sohasida har tomonlama o‘zaro samarali 
hamkorlikni ta’minlashi zarur. 
Mehnat bozorining samarali shakllanishi uchun Mehnat va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish organlari
 
tomonidan quyidagi muhim tadbirlarni amalga oshirish 
lozim: 

iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan tarkibiy o‘zgarishlarga 
muvoffiq 
ravishda 
kasbiy-malaka 
tizimi 
bo‘yicha 
uzoq 
muddatli 
istiqbollashtirishni amalga oshirish;

korxonalar va firmalarda ish joylarining mavjudligi va holatini baholashni 
tashkil etish, kasbi va malakasi bo‘yicha har bir ish joyi uchun kadrlarga bo‘lgan 
talabni ob’ektiv hisobini amalga oshirish; 

statistika organlari bilan birgalikda viloyatdagi jami korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalar bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan talabning to‘liq hisobini 
yuritish; 


29 
4.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
 
faoliyatlari 
funksiyalarining to‘liq bajarilishi uchun mehnat bozorida raqobatchilik muhitini 
shakllantiruvchi va uning turli segmentlaridagi faoliyatlar samaradorligini 
ta’minlovchi ixtisoslashgan va universal davlat mehnat birjalarini yaratish hamda 
ularning davlat ish bilan bandlik xizmati organlari bilan ish bilan bandlik sohasida 
har tomonlama o‘zaro aloqadorliklarini va hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish zarur. 
5.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari
 
faoliyatlarining turli 
yo‘nalishlardagi samaradorligini har tomonlama baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar 
tizimini ishlab chiqish va joriy etish, uning xo‘jalik faoliyatiga baho berishda aniq 
xulosalar chiqarish imkonini yuzaga keltiradi. 
Biz quyidagi ko‘rsatkichlarni ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati 
samaradorligini baholashning amaldagi kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga 
qo‘shishni taklif etamiz: ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga 
talab etilganlik darajasi; ish bilan bandlik xizmati organlari ko‘magi bilan ishga 
joylashtirish darajasi; talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi; ish izlovchi 
fuqarolarni ishga joylashtirish koeffitsienti; ish bilan bandlik xizmati organlarining 
mehnat bozorini qamrab olish darajasi; murojaat qilish koeffitsienti; ish joylariga 
talabning qanoatlantirish darajasi; ishchi kuchi taklifi bo‘yicha ish joylarining 
qanoatlantirish darajasi. 
6.
Ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatilarining turli darajalarini o‘z 
ichiga oluvchi va belgilangan, bir-biriga yaqin masalalarni bajarilishini 
ta’minlovchi funksional tuzilmalarining yaratilishi mehnat bozorida samarali 
davlat siyosatini yuritishning tashkiliy asosi bo‘lib hisoblanadi. Funksional 
tuzilmalar faoliyatining belgilangan masalalar bo‘yicha maqsadidan kelib chiqqan 
holda o‘zaro birikishi, ular o‘rtasida aloqadorlikni mustahkamlaydi va funksiyalar 
takrorlanishini minimumga tushirishni ta’minlaydi.
YUqorida qayd etilgan xulosa va tavsiyalardan amalda foydalanish 
respublikamizda mehnat bozori infratuzilmasining samarali shakllanishi va 
rivojlanishiga olib keladi. Bu esa, aholini ish bilan oqilona ta’minlashning asosiy 
vositalaridan biri hisoblanadi. 


30 

Yüklə 229,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin