Kurs ishi mavzu : Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish faoliyati


Nutq nuqsoni haqida tushuncha va turlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/11
tarix27.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#149898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
defektalogiya kurs ishi

1.2 Nutq nuqsoni haqida tushuncha va turlari
Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos — soʻz, padeo — tar- biyalash, oʻrgatish degan maʼnoni anglatadi) — pedagogik fan- lardan biri boʻlib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini oʻrganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus taʼlim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan shugʻullanadi.Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan taʼlim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining oʻrganish mavzusi hisoblanadi.Hozirgi zamon logopediyasiga maktabgacha yoshdagi bolalar logopediyasi, oʻsmirlar hamda kattalar logopediyasi, maktab yoshdagi bolalar logopediyasi kiradi.Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat:Turli xil nutq kamchiliklari bor kishilarning nutq faoliyati ontogenezini oʻrganish.Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ular­ning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini oʻrganish, darajasini aniqlash.Nutq kamchiliklar ini kishi faoliyati, shaxsiyati, xulq-atvori, ruhiy rivojlanishiga taʼsirini oʻrganish.Eshitish, koʻrish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega boʻlgan anomal bolalar nutqiy faoliyatining ahvoli, yetish- movchiliklarini oʻrganish, aniqlash.Nutq kamchiliklarini aniqlash yollari, usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.Nutq kamchiliklarini sistemaga solish, tasniflash, tizimga keltirish.Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish prin- siplari va usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish.Logopedik ishni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.
Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya,otolaringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistika, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari bilan bogʻliq, shular asosida rivojlanadi.Logopediya korreksion pedagogika fani kabi, asab sista­masining tuzilishi, rivojlanishi faoliyati haqidagi nazariyaga asoslangan. Tabiiy fanlarni bilmay turib, nutq kamchilik­larini kelib chiqish sabablari, mexanizmi, bola psixikasiga taʼsirini aniqlab boʻlmaydi. Logoped nutq kamchiliklarining nevrologik asoslarini yaxshi bilishi kerak. Bu bilimlar nutq kamchiliklarini bartaraf etish, ularni oldini olish, bolani toʻgʻri tarbiyalash, unga bilim berish yoʻllari va usullarini toʻgʻri tanlashda logopedga yordam beradi. Tibbiy fanlar haqidagi bilimlar toʻgʻri logopedik xulosa chiqarish, nutq kamchiliklarini ularga oʻxshash boshqa anomaliyalardan ajra- tish, anomal bolalarni tegishli muassasalarga toʻgʻri saralash imkonini beradi. Logoped oʻz oldiga qoʻygan maqsad — vazifani hal etishda til- shunoslik, lingvistik fanlarga, psixologiya va pedagogikaga suyanib ish koʻradi.Tilshunoslik fani kishilarning eng muhim aloqa quroli boʻlgan nutqni ijtimoiy hodisa deb biladi. Nutqning asosiy tarkibiy qism- lari: tovush, soʻz, soʻz birikmasi va gap bir butun tizimni tashkil etib, fikri ogʻzaki yoki yozma ravishda ifodalash uchun xizmat qiladi. Har bir logoped tilshunoslikning ilmiy-nazariy asoslarini, fonetika va grammatikani, lugʻat va stilistikani, orfografiya va punktuatsiyani mukammal bilish bilan birga, ifodali oʻqiy olish va toʻgʻri soʻzlay olish qobiliyatiga ham ega boʻlishi kerak. Tabiiyki, logopedning oʻzi imloni yaxshi bilmay turib, oʻquvchilarga hech qachon savod malakasini singdira olmaydi, logoped uchun ogʻzaki va yozma nutq qobiliyati amaliy jihatdan juda muhimdir: logoped soʻz vositasida fan xulosalarini izohlabgina qolmasdan, ayni vaqt- da nutqida kamchiligi boʻlgan bolani tarbiyalaydi; tarbiyalanuv- chilar yoʻlini yoritadi ham. Logopediya — maxsus pedagogika — korreksion pedagogika fanining bir sohasidir.
Logoped ham boshqa fan oʻqituvchilari kabi taʼlim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, prinsiplarini yaxshi egallab, ularni amalda qoʻllay olishi kerak. Logoped bolalaring psixologik qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Bolalarni oʻz kuchiga ishontirishi, mashgʻulotlarga havasi- ni uygʻota bilishi, material bayoni vaqtida ularning diqqatini tola jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yoʻllarining (mashq, koʻrgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, grammatik oʻyin kabi vositalarni) qoʻllanishi oʻqitish samaradorligini yanada oshiradi. Inson idrokining mazmuni, fikri, nutqi orqali shakllanadi. Bolalar logoped tushuntirgan materiallarni eshitib, yozganlarini koʻrib, kuzatib, mushohada yoʻli bilan oʻzlari fikr yuritadilar va berilayotgan bilim-malakalarni mustahkamlab oʻzlashtirib boradilar.Moddiy dunyodagi narsa va hodisalar ongimizda aks etib, bularning inʼikosi soʻz shaklida ifodalanadi, til hodisalari vosita­sida namoyon boʻladi. Inson oʻzi koʻrgan va taʼsirlangan buyum yoki voqealarni soʻz yordamida nomlab, ularning mazmuni haqidagi taassurotlarni obrazlar, fikrlar, tushunchalar, tasavvurlar koʻrinishida anglash, ifodalash imkoniyatiga ega boʻladi. Har qanday hodisaning miyada aks etishi va ongda mustahkam oʻrnashib qolishida nutq yetakchi vosita hisoblanadi. Modomiki shunday ekan, nutq aloqa bogʻlash jarayonida tafakkur kuragi boʻlib xizmat qiladi. Shu bilan birga aloqa jarayonida nutq — ifo­dalash, biror narsani bildirish, anglatish va taʼsir koʻrsatish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyati nutq negizida paydo boʻladi. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi
Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. ()gʻir nutqiy kamchiligi boʻlgan bolalarda intellekttual kamchiliklar boʻlishi, yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini chuqur oʻrgami nutq kamchiligi tu­fayli ruhiyatida paydo boʻlgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql-idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qol­gan boʻlsa, bunday bola nutqida kamchiligi boʻlgan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bogʻchasiga yuborilishi kerak. Bilish faoliyatining turgʻun buzilishi natijasida bola nutqi rivojlanmagan boʻlsa, bu bolani oligofren bolalar uchun tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi maxsus bolalar bogʻchasiga yuborish talab etiladi.Maʼlumki, nutq murakkab funksional sistemani oʻz ichiga oluvchi jarayondir. Bu sistemaning har bir tarkibiy qismi boshqa qismlari bilan mahkam bogʻlangan. R. Ye. Levina va shogird- lari L. S. Vigotskiyning nutq va tafakkur haqidagi maʼlumotiga asoslanib turib, nutqni uch tarkibiy qismga boʻlib: fonetika- fonematik, leksik va grammatik nutqqa ajratib oʻrganishni tavsiya etadi. Ana shu uchala qism kishining yaxlit nutq sistemasini tashkil etadi. Nutqida kamchiligi boʻlmagan va kamchiligi boʻlgan bolalarda nutq sistemasi har xil darajada rivojlanadi. Nutq sistemasining fonetiko-fonematik qismi tovushlar talaffuzi, ovoz, nutq maromi, surʼati, ravonligidan, shuningdek idrok-qobiliyatidan tashkil topadi. Leksik va grammatik qismlari tilning lugʻat boyligi va grammatik qurilishini oʻz ichiga oladi.
Nutq sistemasida leksik qism yetakchi oʻrinni egallaydi. Bola nutqida soʻzlar soni kam, yaʼni nutqning leksik qismi rivojlanmagan boʻlsa, fonetiko- fonematik, grammatik qismlarida ham, maʼlum kamchiliklar yuzaga keladi, butun nutq sistemasida yetishmovchiliklar kuzati­ladi. Fonetiko-fonematik qismdagi kamchiliklar, masalan tovushlami notoʻgʻri talaffuz etish tufayli soʻzlar leksikaning oʻzgarishi, nutqning grammatik tuzilishiga taʼsir etadi. Sistemalilik prinsipi nutq kamchiliklarini aniqlash, bartaraf etish, oldini olish yoʻllari, usullarini toʻgʻri belgilashga yordam beradi.Logopediya fani barcha ishlarni kompleks yondashish asosida tashkil etishni tavsiya qiladi. Kompleks yondashish — bolaga har tomonlama taʼsir koʻrsatishini koʻzlab taʼlim-tarbiya jarayonida ham pedagogik, ham psixologik, ham tibbiyot metodlarini ish- latishdir.Rivojlanish prinsipi nutq kamchiligining kelib chiqish yoʻlini, uning rivojlanishini tahlil qilishni koʻzda tutadi. Bunda kamchilikning kelib chiqish sabablarini rivojlanish jarayonida qanday oʻzgarishlar natijasi ekanligini koʻrsatish — asosiy vazifadir.Nutqdagi asosiy funksiyalarning buzilishi kishi faoliyatiga albatta salbiy taʼsir koʻrsatadi, uning faolligini pasaytiradi, ogʻir ruhiy kechinmalar kelib chiqishiga sabab boʻladi. Masalan, ayrim soʻzlarning notoʻgʻri talaffuz etilishi kishini noqulay vaziyatga solib qoʻyishi bilan birga, uni atrofdagilar bilan muomala qilishida qiynab qoʻyadi, u gapirganda oʻz fikrini tola anglata olmaydi. Nutq kamchiliklarining ogʻir turlari (alaliya, rinolaliya, tutilib gapirish va boshqalar) maktab dasturini oʻzlashtirishga, keyinchalik, kasb tanlashga, baʼzan, umuman oʻqishga toʻsqinlik qiladi, bilish faoliyati rivojlanishini susaytiradi, baʼzilarida intellektual yetishmovchiliklar yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Shu nuqtai nazardan, nutqdagi kamchiliklarni boshqa ruhiy jarayonlar bilan bogʻlangan holda oʻrganish prinsipiga amal qilish nihoyatda zarur.Nutq kamchiliklari koʻp hollarda biologik va ijtimoiy omillarning birgalashib taʼsir oʻtkazishi natijasida paydo boʻladi. Logopedik ishning samaradorligi nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, turlarini toʻgʻri aniqlashga bogʻliqdir. Bu oʻrinda ontogenetik, etiopatogenetik prinsiplarning ahamiyati katta.Nutq kamchiliklarini oʻrganish, aniqlash, ularni bartaraf etishda logoped barcha didaktik prinsiplarga tayangan holda ish tutadi. Logopedik ishni tashkil etishda, har qaysi bolaga xos xususiyatlari hisobga olish, bilim, koʻnikma va malakalarni puxta oʻzlashtirish, taʼlimning oʻquvchilarga xos boʻlishi, taʼlim va tarbiyaning birligi prinsipiga amal qilish, onglilik, faollik va mustaqillik kabi prinsiplarning ahamiyati ayniqsa katta.Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning meʼyorlaridan chetga chiqish deb taʼriflanadi. О. V. Pravdina oʻzining “Logopediya” kitobida logopedik nutq nuqsonlarini quyidagicha xarakterlagan:Nutq nuqsoni oʻz-oʻzidan barham topmaydi, balki vaqt oʻtgan sari yanada mustahkamlanib, zoʻrayib boradi.Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi.Nutqiy nuqsonlari boʻlgan kishilar logopedik yordamga muhtoj boʻladi.Ogʻir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Yuqoridagi koʻrsatilgan nutq nuqsonlari oʻz xususiyatlari jihatidan bolalarda va katta yoshdagi kishilarda baʼzan -vaqtincha uchrab turadigan nutqiy kamchiliklardan farq qiladi. Yosh bolalarda, keyinchalik oʻzidan-oʻzi toʻgʻrilanib, barham topib ketadi. Kattalarda esa bunday hodisalar asosan charchash, hayajonlanish, asabiylashish natijasida uchrab turadi. Ular koʻpincha oʻz xatolarini sezib, bularni tuzatishga harakat qiladilar. Goho esa sezmasliklari ham mumkin. Lekin vaqti bilan bunday xatolar ham oʻz-oʻzidan toʻgʻrilanib ketadi. Nutqiy nuqsonlar ajnabiylarda, boshqa millatli kishilarda ham kuzatilishi mumkin. Ular tilni oʻrganib borganlari sari, nutqdagi kamchiliklar barham topib boraveradi.Nutq kamchiliklari kelib chiqish sabablariga koʻra logo­pediya fanida organik va funksional xillarga boʻlinadi. Orga­nik nutq nuqsonlari nutqiy analizatorning tuzilishidagi kamchiliklarga aloqador boʻlib, bu analizatorning qaysi boʻlimida shikastlanganiga qarab markaziy yoki periferik turlarga boʻlinadi. Funksional nutq nuqsonlarida analizator tuzilishida oʻzgarishlar kuzatilmaydi. Notoʻgʻri tarbiya ota-ona, tarbiyachi yoki oʻqituvchi nutqidagi kamchiliklarga taqlid etish natijasida yoki nooʻrin reflekslarning mustahkamlanib qolishi funksional nutq nuqsonlariga sabab boʻlishi mumkin. Funksional nuqsonlar asab jarayonlari oʻrtasidagi muvozanatning buzilishi, analizator faoliyatidagi boshqa kamchiliklardan kelib chiqishi ham mum­kin.Nutq analizatori qaysi boʻlimining oʻzgarib qolganiga qa­rab funksional nutq nuqsonlari ham markaziy yoki periferik xarakterda boʻladi.Logopediya fani surdopedagogika va tiflopedagogikalar ichidan ajralib, XIX asrning ikkinchi yarmida tibbiy fanlaring alohida bir oqimi boʻlib vujudga keldi.
Nutq nuqsonlarini asosan shifokorlar tuzatishar edi, biroq “davolash” ishlari yaxshi natija bermas edi.Nutqiy kamchiliklarning ayrim belgilari nuqson sifatida oʻrganilar edi. Nutq komponentlari, nutqning sistemali tuzilishi haqidagi maʼlumotlar oʻsha davrlarda hali boʻlmaganligi tufayli, nutq kamchiliklarini oʻrganish, aniqlash, bartaraf etish usullari ham notoʻgʻri belgilangan. Asosan mexanik mashqlardan foydalanilar edi.Hozirgi kunda logopediya fani pedagogik va psixologik, tibbiy, lingvistik fanlar asosida, shularga tayangan holda rivojlanib bormoqda. Bir qator tibbiy fanlarni chuqur oʻrgangan maxsus mutaxassis pedagog (logoped) toʻgʻri nutqni tarbiyalaydi.Shifokor esa logoped bolaga anamnez tuzadi, uning diagnozini aniqlaydi, kerak boʻlsa dorilar bilan davolashni tavsiya etadi.Logopedik amaliyotda, eshitish organlaridagi kamchiliklar psixikasiga taʼsir etgan bolalar koʻp uchrab turadi. Bunday bolalarmi eng avvalo otoloringolog tekshirib, ularga tibbiy xulosa chiqarmogʻi lozim. Shundagina logoped bunday logopedlar bilan ishni toʻgʻri olib borishi mumkin.
Maktabgacha tarbiya yoshidaga bolalar bilan ishlashda badiiy so‘z katta o‘rin tutadi. Bolalar xalq ertaklari, she’r, hikoyalar eshitishni yaxshi ko‘radilar. Bolalar adabiyoti, avvalo o‘zining qiziqarli mazmuni, badiiy obrazlarining go‘zalliga, tilning ifodaliligi, she’riy so‘zlarning musiqaviyligi bilan bolalarga quvonch baxsh etadi. Ayni vaqtda u bolalarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Buyuk rus demokratik V.G. Belinskiy bolalar kitobi tarbiya uchun yoziladi, «Tarbiya – buyuk ish, u insonning taqdirini hal qiladi» - degan edi.
Badiiy adabiyotning qimmati bolaning har bir jihatdan o‘sishiga ta’sir ko‘rsatishidadir. Badiiy adabiyot bolaga jonajon o‘lka tabiatining kishilarning mehnati va hayotini, ularning qilayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan qahramonliklarini, bolalar hayotidan olingan voqyealar, bolalarning o‘yinlari, ermaklari va qilayotgan mehnatlarini himoya qilib beradi. Kishilarning ichki dunyosini yoritib, ularning xarakterlari, his-tuyg’ulari, xatti-harakatlarini, shuningdek, tasvirlangan hodisalarga yozuvchining munosabatini ko‘rsatib, badiiy adabiyot asarlari bolani hayajonlanishga, asar qahramonlariga achinishga yoki ularni qoralashga majbur qiladi. Eng yaxshi badiiy adabiyot asarlari bolalarda biror narsaga yaxshi-yomon, adolatli-adolatsiz, to‘g’ri-noto‘g’ri deb, o‘zlariga xos bir yordam beradi. Bolalar kitobning qiziqarli mazmuni do‘stlik, halollik, mehnatsevarlik, o‘rtoqlik namunalarini ko‘rsatadi. Bolalar badiiy adabiyot asarlari estetik jihatdan tarbiyalashga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asarlarning yorqin obrazlari, jonajon tabiatning shoirona manzaralari, she’rlarning musiqaviyligi, tilning o‘tkirligi, ifodaliligi bolalarga yoqadi. Bolalar badiiy so‘z qudratini his etadilar, uncha katta bo‘lmagan ertaklar, xalq ashula hamda she’rlarini tez va osongina eslab qoladilar.
Badiiy so‘zga muhabbatni ilk yoshdan boshlab tarbiyalab borish zarur, bola bog’chadan maktabga ana shu muhabbat bilan o‘tadi va keyinchalik Vatan adabiyotini sevadigan bo‘lib qoladi. Xalq, og’zaki ijodi – ertaklar, topishmoqlar, maqollar, qo‘shiqlarning ko‘plari uzoq o‘tmishda va hozirgidan tubdan farq qiladigan voqyeligidan tubdan farq qiladigan turmush sharoitida yaratilgan xalq ijodi asarlaridan faqat tarbiya vazifalariga javob beradiganlari tanlab olinadi.
Aql-idroki yoki jasurligi bilan, sabr-toqati yoki mehnati bilan har qanday qiyinchiliklarni yengadigan dovyurak, vijdonli qahramonlar ishtirok etadigan ertaklardan bolalar juda hayratlanadilar, bunday ertaklar bolalarni ijobiy qahramonlarga nihoyatda hayrixoh bo‘lishga, yovuzlikka, nohaqlikka, qizg’anchiqlikka, makr-xiylaga nisbatan murosasiz bo‘lishga majbur etadi.
O‘zbek xalq ertaklaridan tashqari ko‘pgina rus xalq va mamlakatimizdagi boshqa xalqlar ertaklari ham bolalarga o‘qib beriladigan ertaklar jumlasiga kiradi. Rus mumtoz adabiyoti namoyondalaridan A.S.Pushkin, N.A. Nekrasov, L.N. Tolstoy, K.D. Ushinskiy va boshqalarning asarlari bolalarga o‘qib berish dasturiga kiritilgan. O‘zbek yozuvchilari, shoirlari bolalar uchun juda ko‘p ajoyib asarlar yaratganlar. Bu G’.G’ulom, N. Orifjonov, I. Muslim, P. Mo‘min, Sh. Sa’dulla, Q. Hikmat, Q. Muhammadiy va boshqalarning asarlari – bolalarga o‘qib beriladigan asarlarning eng boy manbasi hisoblanadi. Maktabgcha tarbiya yoshidagi bolalarga bag’ishlangan adabiyotlar ro‘yxatidan rus yozuvchilari va shoirlari: V. Mayakovskiy, A. Kononov, S.Mixalkov, A. Gaydar, K. Chukovskiy va boshqalarning tarjima qilgan asarlari keng o‘rin olgan. Bu ro‘yxatga chet el yozuvchilari Sh. Perro, X.K.Andersen va boshqalarning ertaklari ham kiradi. Bolalarga o‘qib beriladigan asarlar doirasiga har xil janrdagi asarlar: hikoya va povestlar, proza hamda she’r shaklidagi ertaklar, dostonlar, xazil she’rlari, topishmoqlar, masallar kiradi.
Bolalar bog’chasi dasturida ko‘rsatilgan asarlarning ko‘pchiligi bolalar adabiyotining oltin fondini tashkil etadi. Har yili bolalar uchun yangi kitoblar nashr etib turiladi. Tarbiyachi bosmadan chiqayotgan kitoblarni kuzatib borishi, jurnallardagi tanqidiy maqolalarni o‘qishi va bolalar kitoblarining muhokama etilishida ishtirok etishi kerak. Tarbiyachi har bir yosh guruhida bolalarni juda ko‘p bolalar badiiy adabiyoti asarlari bilan tanishtirib borishi lozim. Bolalar bog’chasining muhim vazifasi bolalarning asarlar mazmunini o‘zlashtirib olishlariga, ularni to‘g’ri tushunishlariga erishishdir. Bolalar asarlarning bir qismini yod olishlari, bir qismini esa matnga yaqinroq qilib aytib bera olishlari lozim.
Tarbiyachi bolalarda adabiy asarni idrok qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Bola asarni tinglayotib, uning mazmunini o‘zlashtiribgina qolmay, balki muallif tasvirlayotgan his-tuyg’ular va kayfiyalarni his etishi ham lozim. Bolalar bog’chasida asarning mazmuni va formalarini analiz qilishning ba’zi elementlari ham tarkib toptiriladi. Har bir bola maktabga o‘tish paytida asarda hikoya qilangan asosiy qahramonlarni aniqlay olishi, ularga nisbatan o‘z munosabatini (kimning nima uchun yoqqanini) ayta bilishi, asarning formasini aniqlay bilishi (she’r, hikoya, ertak) lozim.
Bolalarda birgalashib eshitish malakalarini, uyushqoqlik bilan savollarga javob berish va o‘qib berilgan asar asosida savollar berish, illyustrasiyani diqqat bilan ko‘zdan kechirish, kitobga yaxshi munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini tarbiyalash zarur. Bog’cha bolalarda kitobga berilish, bilishga qiziqish, tinglangan asar haqidaga taassurotlarni o‘rtoqlashish istagi va ko‘nikmasini tarbiyalashi lozim.
Bolalar kitobi bolaga tushunarli bo‘lgan, uning aqli va qalbiga yetib borgan, ya’ni bola yozuvchining hikoya qilayotgan narsasini tushunadi hamda his eta olgan taqdirdagina u o‘zining tarbiyaviy rolini bajaradi. Tarbiyachilar bolalarning asarlar haqidagi bilimlarini mustahkamlab borish uchun oldingi yosh guruhlarida ularning qaysi asarlar bilan tanishganlarini bilishlari kerak. Buning uchun yil boshida oldingi guruh dasturini ko‘rib chiqish va takrorlash materialini belgilab olishi lozim.
Tarbiyachi taqvim-reja tuzish paytida yaqin bir-ikki hafta ichida bolalarga o‘qib beradigan asarlarini tavsiya ro‘yxatidan belgilab oladi. Bunda u bolalarda his-tuyg’u va xulq-atvorni, tevarak-atrofga har xil qiziqish hamda munosabatlarni tarkib toptirishdek muhim tarbiyaning umumiy vazifalariga amal qiladi. Bolalarning qiziqqan narsalarini, ularning o‘zaro munosabatlarini, o‘yinlarini kuzatish yaxshi kitob tanlashga ancha yordam beradi. Har bir asarni tevarak-atrofdaga ma’lum hodisalar bilan bog’lash va o‘sha vaqtdagina o‘qib berish lozim, deb o‘ylash noto‘g’ri. Albatta, kitobdagi hodisalarga bog’liq mavzuni o‘qib berish kerak. Lekin boshqa vaqtda ham bunday kitob o‘qishni o‘tkazish lozim.
Tarbiyachi asar tanlagach, bolalarga uni qanday yetkazish lozimligini aniqlab olishi kerak. Notanish so‘zlari ko‘p bo‘lgani uchun bolalar mazmunini tushuna olmaydigan asarni o‘qimagan ma’qul. O‘tmishda tarixiy davr bilan bog’liq bo‘lgan mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlarida, masalan, A.S. Pushkin ertaklarida, xalq ertaklarida uchraydigan juda ko‘p notanish so‘zlarni tushuntirish kerakmi? degan savol tug’iladi. Bu so‘zlar bolalarning asar mazmunini tushunib olishlariga xalaqit bermaydimi, shuning uchun ularni tushuntirmasa ham bo‘ladi.
Badiiy adabiyotdan foydalanadigan mashg’ulotlar g’oyat osoyishta sharoit yaratilishini talab etadi. Muhimi, xech narsa bolalarni eshitishdan chalg’itmasligi lozim. Mashg’ulotlarni tez uyushtirish, uni bolalar adabiyotiga xos sog’lom, optimistik xarakterda, xushchaqchaqlik bilan o‘tkazish kerak. Tarbiyachi bolalarni xushmuomalalik va osiyishtalik bilan o‘tirishga taklif etib, bolalarning qanday o‘tirganini tekshirib, mashg’ulotni boshlaydi. Mashg’ulot boshlangan vaqtdayoq bolalarning diqqatini jalb etish juda muhim. Bunga ogohlantirish, po‘pisa qilish («Eshitinglar, keyin sizlardan so‘rayman») bilan emas, balki qiziqarli muqaddima so‘zi, muqaddima suhbati bilan erishish mumkin. Chunki ularda kitob mazmuniga qarab yorqin surat, topishmoq, bolalar tajribasidan va hokazolardan foydalansa bo‘ladi. Bolalar bilan o‘qib berishdan oldin va o‘qib berishdan keyin olib boriladigan dastlabki ish badiiy asarning mazmuniga bog’liqdir. Ba’zan tarbiyachi muqaddima so‘zida asarning nomi, muallifning ismi, mavzuni ma’lum qiladi. Masalan, «Bugun men sizlarga o‘zbek xalq ertaklaridan «Aqlli qiz qanday qilib qizg’anchiq boyni aldagani»ni o‘qib beraman. Mashg’ulotni muqaddima suhbati bilan boshlash mumkin. Masalan, S.Y.Marshakning «O‘n ikki oy» ertagini o‘qib berishdan oldin:
Tarbiyachi: Bolalar, bir yilda necha oy borligini bilasizlarmi?
Bolalar yoki tarbiyachi: O‘n ikki oy.
Tarbiyachi: U oylar qanday ataladi?
Bolalar oylar nomini aytishadi, tarbiyachi esa, zarurat bo‘lsa, ularning javoblarini tuzatadi.
Tarbiyachi: Bir oy tugashi bilanoq ikkinchisi boshlanadi. Hali hyech qachon fevral yanvar tugamasdan kelmagan yoki may oyi aprelni quvib o‘tmagan. Oylar birin-ketin kelaveradi va hyech qachon bir-biri bilan uchrashmaydi. Ammo odamlar tog’lik o‘lka – Begimiyada bir qiz bir vaqtning o‘zida o‘n ikki oyning hammasini ko‘rganligi haqida hikoya qiladi. Bu qanday bo‘lgan?
Manna bunday ....
Keyin tarbiyachi kitobdan o‘qiy boshlaydi.
Ertak o‘qib bo‘lingach, qizcha bir vaqtning o‘zida birdaniga o‘n ikki oyni qanday ko‘rganligi, qiyin vaqtda oylar qizchaga qanday yordam berganligi va boshqalar haqida suhbat o‘tkazgan ma’qul. Ayniqsa, axloqiy-estetik va bilish mazmuniga ega bo‘lgan kitoblarni o‘qib berishda puxta tayyorgarlik talab qilinadi. Axloqiy-estetik mazmundagi kitoblar bolalarda axloqiy sifatlar, xulq-atvorning ijobiy tomonlarini tarkib toptirishga yordam beradi. Sh. Sa’dullaning «Injiq qizcha», L.N. Tolstoyning «Danak», V. Oseyevaning «Sehrli so‘z» degan asarlari va boshqalar shunday kitoblar jumlasiga kiradi.
Muhimi, bolalarning kitobni eshitish jarayonidayoq uning g’oyaviy mazmunini tushunib olishlaridir. Bunda muqaddima suhbati katta rol o‘ynaydi, tarbiyachi bunday suhbatda bolalar diqqatini eng asosiy, muhim narsalarga jalb etadi, Masalan, maktabga tayyorlov guruhida Sh.Sa’dullaning «Injiq qiz» she’rini o‘qib berishdan oldin tarbiyachi bolalarga bunday savol beradi: «Bolalar, yaxshilab o‘ylang va ayting: qanday qiz haqida – yaxshi qiz va qanday qiz to‘g’risida – yomon deyishadi?».
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Bolalar, sizlar kimning yaxshi qiz, kimning yomon qiz deyilishini to‘g’ri aytinglar. Hozir men sizlarga Gulbodom degan qiz haqida yozilagan she’rni o‘qib beraman. Sizlar yaxshilab eshiting va keyin menga Gulbodomni yaxshi qiz deyish mumkin-munkin emasligini aytasiz. Bu she’r «Injiq qiz» deb ataladi. She’rni shoir Shukur Sa’dulla yozgan.
Shundan so‘ng tarbiyachi she’rni o‘qiy boshlaydi.
Axloqiy-estetik mazmundagi kitobni o‘qishdan oldin o‘tkaziladigan muqaddima suhbati qisqa bo‘lishi – 3-5 daqiqadan oshmasligi va albatta bolalar tajribasi bilan bog’lanishi kerak («Kimni biz yaxshi qiz deymiz?» -bu savol bolalar tajribasiga va kitob mazmuniga qaratilgan).
Axloqiy-epik mazmundagi kitoblar o‘qib bo‘lingandan keyin ham suhbat o‘tkazishni talab etadi. Bunday suhbatlarda juda ko‘p savol va tushuntirishlar bo‘lmasligi lozim, chunki bolalar kitobni o‘qish paytidayoq qahramonlar xatti-harakatlarining mohiyatini chuqur anglab oladilar. O‘qilgan asar haqida o‘tkaziladigan suhbatlarda bolalarni qahramonlarning xatti-harakatlarini to‘g’ri baholashga o‘rgatish va bolalarning qahramon va uning xatti-harakatlariga o‘z munosabatlarini aytishlariga erishish lozim».
Sh. Sa’dullaning she’rini o‘qigandan so‘ng o‘tkaziladigan suhbatda bolalarga injiq qizning xulq-atvorini baholashga ko‘maklashadigan savollar berish kerak.
Tarbiyachi: Gulbodomni yaxshi qiz deb bo‘ladimi?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Nima uchun?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Siz bunday qiz bilan do‘st bo‘lishni istarmidingiz? Nega?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomni uchratsangiz unga nima degan bo‘lar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Tarbiyachi: Gulbodomga onangizga qanday g’amxo‘rlik qilishingiz va yordam berishingiz haqida nimalarni aytib berar edingiz?
Bolalarning javoblari.
Bilim beruvchi xarakterdagi kitoblar, masalan, mehnat haqidagi kitoblar mukaddima suhbati va o‘qigandan keyinga suhbatni boshqacha mazmunda bo‘lishini talab etadi. Mehnat haqidagi kitob bolalar uchun kishilarning kasblari, mashinalar va mehnat qurollari haqidagi bilimlar manbai bo‘lib xizmat etadi.
Bilim beruvchi kitoblar har xil bilimlar manbai bo‘libgina qolmay, balki kishilarning mehnatiga hurmat, tabiatga nisbatan muhabbat va hokazo fazilatlar tarbiyalash vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi. Shuning uchun kitob bilan ishlashni shunday yo‘lga qo‘yish g’oyat muhimki, u bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalash imkonini bersin (masalan, katta guruhda Q. Muhammadiyning «Etik» she’rini o‘qishda).
Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo‘lub, bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutq(hikoya qilishda)da bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaudilar. Monolog nutq ko‘pchilikka qarata aytiladigan nutq bo‘lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo‘lishi kerak.
Monolog nutq (hikoya qilish) yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo‘naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monologik nutq tafakkurga tayanadi.
Monologik nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisobianadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo‘lishi ushun yoyiq gaplardan, aniq lug’atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo‘lish jarayonida katta rol o‘ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o‘z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Vundan tashqari, bola nutqi mohologik nutqqa aulanishi uchun u tilning lug’atini va grammatik tomonini yerkin egallagan bo‘lishi kerak.
Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo‘ladi. Ruhshunos D. V. Elkanin bu haqda shunday yozadi: "Bola hauot tarzining o‘zgarishi, kattalar bilan uangi munosabatlarning va uangi turdagi faoliuatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o‘z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko‘rgan va eshitganlari to‘g'risida hikoya qilish paydo bo‘ladi", bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga uordam byeradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo‘lib, o‘zini tutish, jamoa oldida so‘zga chiqish malakasi hosil bo‘ladi”.
Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o‘rgatish bo‘yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Vu guruh bolalarini tanish hikoya va yertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqil) so‘zlab berishga o‘rgatiladi, o‘yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo‘yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko‘nikmasi tarbiyalanadi, tanish enaklardan olingan parchalarni sahnalashtirishda qatnashishga o‘rgatiladi.




Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin