Kurs ishi mavzu : Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish faoliyati



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə1/11
tarix27.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#149898
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
defektalogiya kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Maxsus pedagogika kafedrasi

5111900 – logopediya yo’nalishi bo’yicha tayyorlagan


KURS ISHI



Mavzu : Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish faoliyati
Bajardi:Xalillayeva Munojat 2-bosqich
DFT21/1 guruh talabasi
Tekshirdi:Yunusova Xusnora

Chirchiq – 2023


Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish faoliyati
Kirish.
I bob. Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyati muammosining metodik adabiyotlarda yoritilganlik darajasi
1.1 Bilish jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
1.2 Nutq nuqsoni haqida tushuncha va turlari
II bob.Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyati
2.1 Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va ularning tasniflanishi
2.2 Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilish faoliyatini tekshirish metodikalari hamda bilish faoliyatini rivojlantirish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royxati

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bolalardagi nutq nuqsonlariga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion-tarbiyaviy va pedagogik ishga katta eʼtibor qaratilgan . Nutq kamchiligini erta aniqlash , korreksion taʼlim-tarbiyani tashkil qilish va taʼlim -tarbiyaning uslublari masalasini hal qilish boʻyicha maʼlum miqdorda yutuqlarga erishish usullari haqida soʻz yuritiladi.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, maʼnaviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan oʻrin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlashgan yoshlarga bogʻliq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, oʻqitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pogʻonalarga olib chiqish avvalo oʻqituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda masʼuliyatli vazifani yuklaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yoʻlidan borar ekan, oʻz fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bogʻlagan, oʻsib kelayotgan yosh avlodning barkamol boʻlib voyaga yetishiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi boʻlib kelgan. Tabiiyki hozirgi taʼlim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obroʻ-eʼtibori avvalambor farzandlarimizning unib, oʻsib, ulgʻayib, qanday inson boʻlib hayotga kirib borishga bogʻliqdir.”1– deb alohida taʼkidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash taʼlim ti2zimida ham jiddiy oʻzgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida Oʻzbekiston Respublikasida birinchilardan boʻlib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda oʻz isbotini topishda Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” huquqiy asos boʻlib xizmat qilmoqda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va taʼlim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʻljalni toʻgʻri ola bilish mahoratiga ega boʻlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʻnaltirilgandir3.
Dasturning samarali amalga oshirilishi unda koʻzda tutilgan koʻrsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida boʻladi4 Bu qaror maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim konsepsiyasi”da koʻrsatib oʻtilganidek, maktabgacha taʼlim bu koʻp tomonlamalik, maqsadga yoʻnaltirilgan, bolani taʼlimning keyingi bosqichi – maktab taʼlimiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini taʼminlovchi taʼlim va tarbiya jarayonidir.
“Maktabgacha taʼlim Konsepsiyasi”da maktabgacha taʼlim masalasi alohida yoritib oʻtilgan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, unda respublikamizda maktabgacha taʼlimni rivojlantirishning zamonaviy yoʻnalishlari oʻz aksini topgan
Zamonaviy pedagog oʻqituvchi- logoped oldida oʻziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda taʼlim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, oʻz vaqtida inklyuziv maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish maqsadida bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang„ich taʼlimga tayyorligini taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish orqali taʼminlash vazifasi turadi.
Shunday ekan biz oʼz faoliyatimiz davomida nafaqat koʼp yillar davomida samara berib kelayotgan usul va uslublardan valki 21- asr bolasining talablarini qondirgan xolda noanʼnanaviy, interaktiv, AKT texnologiyalardan foydalanishimiz darkordir.
Bugungi kunda taʼlimning asosiy ustuvor yoʻnalishi uning shaxsga yoʻnaltirilganligidir. Pedagogning vazifasi esa tayyor bilim va koʼnikmalarni etkazish emas, balki bolaning shaxsiyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratishdir.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nutq nuqsoniga ega boʻlgan bolalarni davolashda avvalo talaffuzni oʻrganish va yaxshilash uchun kompyuter texnologiyalari usullaridan foydalanishni maqsad qilib qoʻygan. Hozirgacha nutqning fonetik talaffuzini oʻrganish uchun maxsus ishlab chiqilgan metodlardan foydalaniladi. Ovozli talaffuz holatini oʻrganishda buzilgan tovushlar soni aniqlanadi, soʻngra nutqdagi turli xil nuqsonlarni (unli va undoshlarning talaffuzi, soʻzlarni aytishning qisman yoki toʻliq qobiliyatsizligi) bartaraf etish uchun oldindan tayyorlangan maxsus mavzuga asoslangan rasmlar va albomlar qoʻllaniladi.
Insonlar bir birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy koʻzlagan maqsadlaridan biri oʻzaro bir biriga taʼsir koʻrsatishdir. Ammo koʻpgina nutqida nuqsoni boʻlgan bolalarning oʻziga nisbatan boʻlgan ishonchsizligi bunga imkon bermaydi va oʻz fikrlarini ham nutqida aniq bayon ettirishga (nuqsonlari sababli) qiynalishadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin