Vazifaning maqsadi, bola ushbu kartochkadagi 24 ta uchburchakdan avvalgi alohida berilgan kartochkadagi 6 ta uchburchakni qidirib topib, to‘g‘ri ko‘rsatishidan iborat (3-rasm). Ko‘rish xotirasi rivojlanish darajasining ko‘rsatkichi, masalani yechish vaqtidan (daqiqa hisobida) qilingan xatolar sonini ayirish va ularning yig‘indisiga 1 sonini qo‘shish bilan aniqlanadi. Bola tomonidan qaysidir sababga ko‘ra noto‘g‘ri ko‘rsatilgan uchburchaklar xato deb qaraladi. Bu ko‘rsatkich quyidagicha aniqlanadi: har biri 6 ta uchburchakni o‘zichiga olgan 4 ta kartochkadagi to‘g‘ri topilgan uchburchaklar yig‘indisini topib, u 4 gabo‘linadi, bu to‘g‘ri javoblarning o‘rtacha miqdoridir.
Ushbu son 6 dan ayriladi va hosil bo‘lgan natija xatolarning o‘rtacha sonini ifodalaydi. Shundan so‘ng bolaning vazifani yechish uchun sarflagan o‘rtacha vaqti barcha vazifalarni yechish uchun sarflagan umumiy vaqtini 4 ga bo‘lish orqali aniqlanadi. Bolaning 24 ta uchburchakni kartochkada nto‘g‘ri topishi uchun sarflayotgan vaqtining oxirini bilish uchun tekshiruvchi: «Sen qo‘lingdan kelganicha vazifani yechib bo‘ldingmi?» degan savolni beradi. Bola berilgan savolga to‘liq ishonch bilan javob berib, uchburchaklarni qidirishni to‘xtatsagina u o‘zishini yakunladi, deb hisoblanadi. Bolaning umumiy (24 talik) kartochkadagi 6 ta uchburchakni toppish uchun sarflagan o‘rtacha vaqt u tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar soniga bo‘linsa, qidirilayotgan ko‘rsatkichni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Bolaning umumiy (24 uchburchakli) kartochkadan uchburchaklarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri topganligi to‘g‘risidagi axborotni aniqlash jarayonining tezligini oshirish uchun 24 uchburchak har birining chap burchagi ostiga birin-ketin raqamlab chiqish bilan erishiladi. Masalan, birinchi 6 ta uchburchakli kartochkaga (kartochka raqami rim raqami bilan 6 tadan belgilangan). Umumiy (24 uchburchakli) kartochkadagi;
1,-3,-8,-12,-14,-16- uchburchaklar birinchisiga;
2,-7,-15,-18,-19,-21- uchburchaklar ikkinchisiga;
4,-6,-10,-11,-17,-24- uchburchaklar uchinchisiga 5,-9,13,) ko‘rsatkichlarini 10 balli shkala orqali standart ko‘rsatkichlarga o‘tkazish uslubini taqdim etish mumkin.
“Siz daraxtning qayeridasiz?” metodikasi.
Ushbu testning asoschisi britaniyalik psixolog Pip Uilson hisoblanadi. Dastlab bu test maktab o‘quvchilari uchun qo‘llanilgan edi. U tez kunlarda katta yoshlilar uchun ham qo‘llanish mumkinligi huquqini ham qo‘lga kiritdi. Mazkur test insonning hozirgi va kelajakdagi moddiy va ruhiy holatini aks ettiradi. Siz mazkur rasmdagi odamlar shaklini kuzatishingiz mumkin. Rasmdagi odamlarning turli xildagi emosional va jismoniy holatini ko‘rib chiqing. Endi ulardan bir nechtasini tanlashingiz, ushbu tanlovingiz asosida o‘zingizning hozirgi damdagi holatingiz hamda kelgusida o‘zingizni qanday holda ko‘rishni xohlashingiz haqida bilib olishingiz mumkin.