II BOB. Nutqida nuqsoni bolgan bolalar bilish faoliyati 2.1 Nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va ularning tasniflanishi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuning II-bobi 9-moddasida jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi.5 Bolaning ilk rivojlanish davridan boshlab va xomiladorlik davridan onaga g’amxо’rlik qilish keyinchalik bolalarda uchrab turadigan nutq kamchiliklarini oldini olishga imkon beradi. Bola nutqidagi kamchiliklar о’zgalar nutqini tushinishdagi qiyinchilik ularni atrofdagilar bilan muloqatda bо’lishi о’z tengqurlariga qо’shilib ketishini qiyinlashtiradi. Nutq tafakkur kо’ra olish bо’lganligi sababli bola ulg’aygan sari atrof muxitdagi tasavvurlari shakillanadi va uni aks ettirish sо’z lug’ati orqali takomillashib boradi. Nutqning rivojlanishda ta‘lim-tarbiya ijtimoiy hamda biolagik omillarning ta‘siri ham kattadir. Buyuk mutaffakirlarimiz Yusuf Xos Hojib odob, axloq ta‘limtarbiya hamda ma‘naviy kamolotning yо’l-yо’riqlarini qomusiy asari - Qutadg’u-blig‖ asarida bilim zakovat soxibi bо’lishining asosiy kalitini til bayon qiladi. Til tufayli kishi о’z bilimi, aql idrokini, zakovotini til, sо’z orqali bildiradi degan fikrlarini uqtiradilar.6 Nutq nuqsonlarini tasniflashda birinchi navbatda bolaning ruhiy, aqliy va eshitish idroki tekshirib olinadi. Nutq nuqsonlari og‘ir-yengilligiga qarab guruhlarga ajratiladi.
Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a'zolari normal innervatsiyasida yuzaga kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba'zan fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni.
Dizartriya - bu artikulyatsion apparat a'zolari innervatsiyasining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya'ni tarang falajlanishda bo‘ladi.
Alaliya - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, bu tashxis eshitishi va zakovati me'yorda bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladi.
Alaliya nutqning 3ta komponenti rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladi.
1. Afaziya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida shakllangan nutqning yo‘qolishi. Bolalar afaziyasi tajribada kam uchraydi. Afaziya asosan insultdan keyin uchraydi. Bolalarda esa miya infeksiyalari, miya rivojlanishi davrida turli xil kuchli travmalar natijasida yuzaga keladi.
2. Rinolaliya - bu artikulyatsion apparat a'zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a'zolarida burun, burun halqum sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsonlari hisoblanadi.
3. Duduqlanish - bu og‘zaki nutq jarayonida artikulyatsion apparat a'zolari muskullarining tortishishi sababli og‘zaki nutqning tempritmik o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
Duduqlanish kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi:
1. Nevrotik duduqlanish (logonevroz) bolaning kuchli ruhiy kechinmalari, stress, depressiya, qo‘rquv, haddan tashqari qattiqqo‘llik, chapaqaylikdan o‘ng qo‘lga o‘rgatish, oiladagi ikki tillilik, duduqlanuvchiga taqlid qilish natijasida.
2. Nevrozsimon duduqlanish - bu bosh miyaning organik jarohatlanishi, bosh miyadagi turli xil o‘simtalar , dizartriya, tayanch harakat a'zolari kasalliklari, DSP natijasida.
Duduqlanish o‘z vaqtida bartaraf etilmasa bolaning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi. Bola o‘z fikrini mustaqil bayon eta olmasligi natijasida tengdoshlari bilan muloqotga kirisha olmaydi.
Nutq nuqsonlari quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:
1. Gugulash davri (3 oylikdan);
2. 1 yosh 6 oylikda 10-15 ta so‘z;
3. 2 yoshda 300 ta so‘z;
4.. 3 yoshda 1000 ta so‘z;
5. 6-7 yoshga kelib 4000 dan 5000 gacha so‘z lug‘at boyligida bo‘lishi lozim.
Nutq nuqsonlarini bartaraf etish yo‘llari:
Artikulsiya, nafas, mayda qo‘l muskullarini rivojlantiruvchi mashqlar;
Muammoli tovushni nutqqa qo‘yish (taqlid va mexanik usulida);
. Nutqni rivojlantiruvchi didaktik o‘yinlar7
Inson hayotida nutqning axamiyati juda katta bo‘lib nutq ehtiyoj tufayli yuzaga keladigan, insonlar bir-biri bilan muloqotini o‘rnatishdagi ijtimoiy jarayondir. Bola o‘z nutqini kattalar orqali egallaydi va takomillashtirib boradi. Hozirgi kunda bolalarda ko‘p uchraydigan nutq kamchiliklaridan biri bu duduqlash. Duduqlanish - bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur'at - ohangining buzilishidir. Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib shakllanib boradi. Shu sababli ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini ikki guruhga: moyillik sababi ("negiz"ga) va keltirib chiqaruvchi sababga ("turtki"ga) ajratish mumkin. Bunda ayrim etnologik omillar duduqlanishni rivojlantirishi va uni keltirib chiqarishi ham mumkin. Maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarni, ularning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashib tashkil etish kerak. Logopedik mashg'lotlarning majburiy sharti bo‘lib, ularning "Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi" ning hamma bo‘limlari bilan bog'lab olib borish hisoblanadi va eng avvalo, maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy turi hisoblangan o‘yin bilan bog'lash zarur.
Tarbiya va o‘qitishning tabaqalashtirilgan psixolo - pedagogik metodining ahamiyatini G.A.Volkova metodikasida yoritib bergan. 2-7 yoshdagi duduqlanuvchi bola bilan kompleks ish olib borish tizimi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
O‘yin faoliyati tizimi.
Logoritmik mashg'ulotlar.
Tarbiyaviy mashg'ulotlar.
Bolalarning mikroijtimoiy muhitiga ta'sir etish.
Logopedik mashg'ulotning mazmunini tashkil etadigan, o‘yin tizimi o‘ziga quyidagi o‘yin turlarini kiritadi: didaktik, ashula bilan o‘yin, harakatli, qoidali o‘yinlar, she'r va prozaik matnlar asosida drammatizatsiyalashgan o‘yin, barmoq teatri, logoped maslahati bilan va bolalar o‘zi o‘ylab topgan ijodiy o‘yinlar, sukut saqlashga qaratilgan o‘yinlar. Bolalarda duduqlanishni bartaraf etishda sukut saqlash tartibi katta ahamiyatga ega. Ushbu tartibda:
nutqiy muloqot cheklanishi;
sukut saqlash o‘yinlari tashkil etiladi;
Logopedik mashg'ulotlar sukut saqlash tartibidan boshlanadi. Duduqlanuvchi bola uchun sayr, kundizgi uyqu, tinch o‘yinlardan iborat bo‘lgan kun tartibi bo‘lishi kerak. Sukut saqlash tartibi davrida oilada tinch muhit yaratilib, bolani har qanday muloqotdan saqlash maqsadga muvofiqdir. Bunday tartib maktabgacha yoshdagi bolaning nerv faoliyatini tinchlantirishga samarali ta'sir ko‘rsatadi. Sukut saqlash davrida bolalarni kino, teatrga turli bayramlar mehmonga olib borish cheklanadi. Televizor ko‘rish ham bolani nerv faoliyatini zo‘riqtiradi, duduqlanishni kuchaytiradi. Bolalarni turli xil bo‘yoqlardan foydalangan holda art terapiyasiga ya'ni rasm chizishda erkin sharoit yaratib berish undagi asabiylik, injiqlik, nevroz holatlarini va duduqlanishni bartaraf qilishga yordam beradi. Ota-onalar bola bilan muloqotga kirishishlari o‘yin tariqasida bo‘lishi samarali kechadi. Masalan: "Sukut saqlashni bilamiz" o‘yini, bu o‘yinda kata odam ko‘rinadigan joyga soat qo‘yadi (agar qum soat bo‘lsa bola uchun qiziqarli bo‘ladi). "Tilimiz juda ko‘p harakat qildi , u charchadi va jim bo‘lib qoldi, kim birinchi gapirib yuborsa, shu bola o‘yinchoq berishi lozim bo‘ladi". Bu o‘yin uchun ma'lum beriladi, shu vaqtda bola rasm chizadi, qumdan o‘zi yoqtirgan narsalarni yasaydi. Yutqazgan bola onasiga o‘zining sevimli o‘yichog'ini beradi. Duduqlanishini bartaraf etishda o‘yinni qo‘llashining yana bir ahamiyati bolalar o‘yin faoliyatida o‘zini erkin , mustaqil tutadi, bu maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalardagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni, erkin harakat qilishni, mustaqil fikrlash doirasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Zamonaviy o‘yinlar maktabgacha yoshdagi duduqlanuvchi bolalar tez toliqishining oldini oladi.