Kushon davlati davrining madaniyati. Kushon davri Markaziy Osiyo xalqlarini moddiy va ma'naviy madaniyatida jiddiy o'zgarishlar bo'lganligi bilan izohlanadi. Buyuk Kushonlar saltanatining taqdiri, ma'naviyati nuqtai nazaridan ayanchli tugadi, ya'ni o'z davrida uning tarixi va madaniyati deyarli yozilmadi. U haqda qadimgi ma'lumot juda kam, yozuv yodgorliklari ham unchalik ko'p emas. Markaziy Osiyoda mil. avv. IV-II asrlarda oraniy yozuv asosida Xorazm, Parfiya va So'g'd yozuvlari paydo bo'ladi. Kushon davriga kelib ular safiga yana bir yozuv-Kushon (Baqtriya) yozuvi paydo bo'ladi. Dastlabki yodgorliklar Ayritoshda va Ko'xna Termizda 30-yillarda ochilib, 60-yillarda davom ettirildi. Keyinchalik ko'xna Termiz yaqinidagi Qoratepa buddiylik ibodatxonasi, Fayztepa, Xolchoyi va Darvarzin ko'xna shaharchalar ochilib nixoyat darajada yuksak bo'lgan kushon madaniyati butun dunyoga mashhur bo'ldi. Ayritosh ko'hna shahrining topilgan o'ylarning Kesh tog'iga ishlangan tosh tasvirlar (sharshara) asrimiznig 30-40 yillaridayoq ma'lum edi. Bu peshtoqlarda gullarga burkangan, musiqa asboblari chalib turgan qizlar va do'mbira chalib turgan bolalarning tasviri tushurilgan. Surxondaryo viloyatining Denov shahri paxta dalalarining birida qchonlardir yirik shahar bo'lgan Xoxchayon yodgorligining qoldiqlari saqlanib qolgan. Shaharlarning paydo bo'lishi mil. avv. I ming yillikning o'rtalariga to'g'ri keladi.Milloddan avvalgi 250yilda vujudga kelgan Yunon-Baqtiriya podsholigiga O'rta Osiyoning katta yerlari qatori Surxon vohasi ham qaragan. Bu podsholik davrida Surxandaryoda ishtimoiy -iqtisodiy munosabatlar rivojlanib ,sinfiy tabaqalanish ham kuchaydi .Shaharlar ravnaq topdi. Hunarmandchilik va tashqi savdo yuksaldi .Yunon ,Hind va Turon xalqlari madaniyati omuhtalashib, o'ziga xos yuksak madaniyat vujudga keldi. Shu davrga oid ko'hna binolarning harobalari Termiz atroflaridan ham topilgan.Milod boshlarida Surxandaryo Kushonlar davlati tarkibiga kirdi. Kushonlar dastlab Toxarlar davlati o'rnida bir asr davomida 5 qabilaga bo'linib yashaganlar. Bulardan Guyshuan (kushon)qabilasi yabg'uziy (hukumroni) Kujula Katfis milodiy 1-asrda qolgan 4 qabilani bo'y sundirib ,o'zini hukumdor deb elon etdi .U Surxandaryodagi Dalvarzintepani poytaxt qiladi .Milod boshlarida Xutoydan Kushon podsholigi mulklari ,jumladan Dalvarzintepa ,Termiz orqali O'rta dengiz sohili mamlakatlariga dastlabki karvon yo'li -Buyuk ipak yo'lining janubiy tarmoqlaridan biri o'tgan edi. Bu yo'l tashqi savdo va mamlakatlaro madaniyatning rivojlanishida juda katta ahamiyat kasb etdi .Kushon podsholigi markazlashgan quldorlik davlatiga aylandi. Aholi asosan budda dinining Mahayana mashabiga etiqod qilgan. Dalvarzintepadan topilgan budda haykali shundan dalolat beradi. Kushon davlatining asoschisi Kujula Katfis tezda Hindistonni bosib oldi va shimoliy Baqtryani o'ziga bo'ysundirdi. Katfis II, ayniqsa, Kanishka podsholigida Kushon davlati kengayib,o'z davrida Rim, Parfiya Xan (Xitoy) saltanatlari bilan tenglashadigan qudratli saltanatga aylandi. Hozirgi butun Hindiston ,Pokiston ,Afg'oniston ,O'rta Osiyoning janubiy yerlari unga qaragan . Kushon davlati miloddan avvalgi I-asrning 2-yarmidan milodning III-asri o'rtalarigacha hokum surdi.Surxandaryo hududida Kushon davriga oid arxiologik yodgorliklar juda ko'p va xilma hildir Axomoniylar va Yunon -Baqtriya davridan bu yerda hozircha 40 manzil shahar ma'lum bo'lgan bo'lsa, Kushon davriga oid 120 dan ortiq shahar va qishloq aniqlandi. Aholi asosan Sherabod va Surxandaryo havzasi yoqalab joylashgan edi .Aholining joylashishi, katta kichik shaharlarning vujudga kelishi sug'orish shahobchalari bilan bog'liq ,albatta.
Sug'orish havzalaridagi markaz shaxarlar atrofida katta kichik shaxarchalar, qarorgohlar joylashib ,ular har jihaddan markaz shaxarga bo'y sunar edi .Markaz shaxarlar esa o'z navbatida Surxandaryodagi eng yirik shaxar -Termizga qaram edi. Shu tarzda aholi turar joylari katta shaxar (Chog'oniyon ,Termiz ) o'rtacha shaxar (Dalvarzintepa,Zartepa ) shaxarcha (Jondavlatepa,Talashgantepa va boshqalar ) yirik va mayda qishloqlarga bo'lindi. Topigan 120 yodgorlikdan 40 tasini katta shaxarlar jumlasiga kiritish mumkin.