Mavzu : Bobil Milloddan avvalgi II-I mingyillklarda
Mundarija
Kirish……………………………………………………………………………….5
I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar
1.1. Qadimgi Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1518-1894 )
……………………………………………………………………………………...8
1.2.
Mesopotamiyadagi shahar-davlatlarning rivojlanish bosqichlari…………….12
II . Qadimgi Bobil podsholigining yuksalishi
2.1. Podshoh Xamurapi qonunlarining yaratilishi va bobil shaharlari bo'ylab
yoyilishi…………………………………………..……………………………….19
2.2. Yangi Bobil podsholigi va shaharning forslar tomonidan zabt etilishi……...24
Xulosa……………………………………………………………………………..31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………...33
5
Kirish
Qadimgi Sharq jamiyatlari uzoq davom etgan notekis tarixiy taraqqiyot
yo`lini bosib o`tdilar. Ba'zi Qadimgi Sharq mamlakatlari yuksak ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy
va madaniy taraqqiyot
darajasiga
erishdilar. (Qadimgi Misr,
Mesopotamiya, Finikiya, Kichik Osiyo, Qadimgi Hindiston va Xitoy, Eron hamda
O’rta Osiyo) Bu hududlarda yuksak rivojlangan madaniy, iqtisodiy va siyosiy
markazlar shakllandi va qo`shni mamlakatlarga o`z ta'sirini o`tkazdi. Er. avv. IV-III
ming yilliklarda Qadimgi Sharqning turli sivilizasiya markazlari (Misr,
Mesopotamiya, Hindiston) nisbatan yopiq rivojlandi. Er. avv. II ming yillikning
o`rtalaridan Yaqin Sharqning turli hududlari o`rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy
aloqalar o`rnatildi. Er.avv. I ming yillikda esa bu aloqalar yanada kuchaydi va
madaniyatlarning o`zaro ta'siri natijasida sharq madaniyatlari boyidi. Shu tarzda
Qadimgi Sharq dunyosining yaxlitligi amalga oshdi.
Qadimgi Sharq tarixini o`rganishda yozma manbalarning ayrim, uzuq-yuluq
parchalar shaklida yetib kelishi va ularni tarixiy sharhlashning murakkabligi katta
qiyinchilik tug'dirdi. Yirik sharqshunos olimlar G.Maspero, Ed.Meyer, B.A.Turayev
va Kembrij qadimgi tarixi mualliflari, qadimgi Sharq mamlakatlarining siyosiy,
madaniy va diniy tarixi bo`yicha noyob asarlar yaratdilar. G`arbning ba'zi
sharqshunoslari Qadimgi Sharq jamiyatini feodal tuzumga ega ekanligi
tushunchasini ilgari surdilar.
Qadimgi Sharq jamiyatining o’ziga xos xususiyati to`g'risidagi
munozaralarda ko`pincha u yoki bu mamlakatda qullar sonining ozligi ko`rsatib
o`tilgan edi. Ularning sonini taxminan belgilashga to`g'ri kelar edi. Bir qancha
xollarda tegishli statistika ma'lumotlari topilmagan, boshqa manbalardan keltirilgan
qo`shimcha dalillar esa qullar mehnatining salmog'ini kutilgandan kamroq ko`rsatar
edi. Bizga sharqdagi ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun manbalar ham
yetarlicha emas.
Bobil podshosi Xammurapining XX asr boshlarida kashf etilgan qonunlar
to`plamida va yanada ozroq topilgan xett qonunlarida aholi birinchi navbatda erkin
6
odamlarga va qullarga bo`linadi.
Qullarning erkin odamlardan son jihatidan ustunligini quldorlikning asosiy
belgisi deb hisoblash aslo mumkin emas. Qadimgi Sharq podsholarining,
shuningdek ibodatxonalar va akobir-a'yonlarining yer- mulklarida qullardan
foydalanish hamma vaqt yetakchi o`rin tutgan. Ammo butun boshli mamlakat
miqyosida qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarining eng ko`p qismi
erkin mayda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetishtirilgan.
Sharqda quldorlik tuzumi Yevropadagiga qaraganda oldinroq vujudga
kelgani sababli, u yerda bu tuzum o`ziga xos shakl kasb etgan, xuddi shu xususiyat
sharqshunos olimlarining Osiyo ishlab chiqarish usuli xaqida gapirishlariga asos
bo`ldi; Mazkur ishlab chiqarish usulining o`ziga xos xususiyati yerga jamoaning
egaligidir. Shubhasiz, Osiyo ishlab chiqarish usuli haqidagi masala murakkab
va munozarali masaladir, bu mavzudagi munozarani hali
tugagan
deb
hisoblab
bo`lmaydi. Lekin Osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan o`ziga
xos jamiyat (ba'zan uni hatto mahalliy emas, balki universal jamiyat deb e'tirof
qiladilar) bo`lmaganligi borgan sari ko`proq
ma'lum bo`lib qolmoqda. Barcha
ma'lumotlarga ko`ra Osiyo ishlab chiqarish usulini
quldorlik
jamiyatining
mahalliy ko`rinishi deb tushunmoq kerak, chunki bu yerda Sharqda quldorlik
sekin-astalik bilan rivojlana borgan. Qadimgi
Sharq
davlatchiligi
harbiy
demokratik an'analarini sekin-asta tugatgan holda uzoq davom etgan jarayonda
shakllandi. Ibtidoiy monarxiyaning ilk shakllari sekin-asta u yoki bu shakldagi
mutloq hokimiyatga
aylandi. Qadimgi Sharq mutloq hokimiyatining o`ziga xos
xususiyati davlat boshlig'i hukmdor despotning alohida mavqei edi. Podsho sud,
ijroiya va qonunchilik hokimiyatini o`z qo`lida to`plagan
bo`lib, shu bilan
birga u eng oliy odam, xudolarning noibi, ularning avlodi yoki xudolardan biri
hisoblangan. Mutloq hokimiyat turli mamlakatlarda turli darajada edi, uning to`liq
ko`rinishini Qadimgi Misrda, Eron va Xitoyda cheklangan ko`rinishini esa, Xett
davlati podshosi misolida ko`rish mumkin. Qadimgi Sharqda o`ziga xos oligarxik
respublikalarni Hindiston va Finikiya shahar- davlatlari misolida ko`rish mumkin.
Qadimgi Sharq davlat hokimiyatini g`arb tarixchilari deb tushuncha
7
beradilar despotiya («despotes» yunoncha «xo`jayin») va g`arb davlatchiligidan
keskin farq qiladi. Sharqda davlat hokimiyati, podsho qo`lida turlanib barcha Sharq
mamlakatlarida podsho hokimiyati ilohiy darajada, mutloq, ya'ni cheksiz edi.
Sharqdan farqli, g'arbda podsho hokimiyati ayrim hududlarda (misol uchun qadimgi
Rim, Makedoniya ) cheksiz bo`lib, ular ham ilohiylashtirilgan. Umuman olganda,
Sharq davlatchiligi o`ziga xos va betakror bo`lgan, buni biz qadimgi Misr misolida
yaqqol ko`rishimiz mumkin.
Qadimgi Sharqda davlat hokimiyati shakllanishi jarayonida yer egaligida
jamoa yer egaligidan tashqari davlat yerlari, ibodatxonalarga qarashli yerlar, xususiy
va jamoa yerlari mavjud bo`lgan. Yaylov, o`tloq, daryo va o`rmonlar jamoa mulki
hisoblangan. Ko`p hollarda bunday toifalardagi yerlar davlat hokimiyati tomonidan
tasarruf qilingan. Ayrim hollarda davlat hokimiyati tomonidan jamoa yoki xususiy
kishilarga foydalanishga berilgan.
Qadimgi dunyoda qulchilik doimo turli manbalardan to`ldirib borilgan. Shu
bilan birga o`z mulkiga ega bo`lmagan yersiz kishilar davlat va ibodatxonalarda
majburan ishlab, evaziga oziq-ovqat olganlar. Ular rasman erkin bo`lsalar-da, oilali
bo`lib, qullarga yaqin qaram ahvolda bo`lganlar.
Qadimgi Sharq mamlakatlarida sekin-asta uch qatlam: qullar va ularga yaqin
qaram kishilar, mayda ishlab chiqaruvchilar va tarkibida yirik yer egalari, saroy
amaldorlari, harbiy boshliqlar, urug` zodagonlarini birlashtirgan hukmron tabaqa
shakllangan. Har bir ijtimoiy tabaqa yaxlit va bir xil bulmay, huquqiy ahvoli,
turmush tarzi, boyligi miqdori bo`yicha bir-biridan farq qiladigan bir necha
qatlamdan iborat bo`lgan. Qullar qatlami h`am ajnabiy qul, qarzi uchun qul qilingan,
sotib olingan qullar, oilaning kichik a'zosidan qul qilinganlardan tashkil topgan.
Mayda ishlab chiqaruvchilar erkin va qaram yer egalari, turli mulkiy darajadagi
hunarmandlardan iborat edi.
Xufiya (yashirincha) qullikning eng qadimgi shakli
patriarxal oila hali o`sha vaqtda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Patriarxal oilada ota
yer mulkni egasi hisoblangan va oilaning barcha a'zolari bu xo`jayinga so`zsiz itoat
qilishga majbur bo`lganlar.
Dostları ilə paylaş: |