I . BOB. Bobil podsholigining tashkil topishidagi tarixiy shart – sharoitlar
8
1.1.Qadimgi Bobil podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi 1518-1894)
Bobil (Vavilon) — Mesopotamiyaning jan. qismi (hozirgi Iroq hududi)da
miloddan avvalgi 2-ming yillikning boshidan miloddan avvalgi 538 yilgacha mavjud
boʻlgan qad. davlat. Markaziy shahri Bobil nomidan olingan. Miloddan avvalgi 3-
ming yillikda Mesopotamiyada shahar-davlatlar (Uruk, Kish, Ur, Lagash va
boshqalar) paydo boʻlgan edi. Bobil shahri vujudga kelmasdan oldin Dajla va Furot
daryolari orasida — Shumer va Akkad davlatlari mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi
21-asr oxirida koʻchmanchi semit (somiy) qabilalaridan biri amoriylar Akkadning
katta bir qismini bosib olgach, qudratli davlat barpo etib, Bobil shahrini markaz
qilganlar. Shu davrda elamliklar ham Shumerda oʻrnashib olgan. Mesopotamiyada
hukmron boʻlish uchun amoriylar bilan elam qabilalari oʻrtasidagi kurashda
amoriylar gʻolib chiqqan. Qad. B. podsholigida amoriylar sulolasi (miloddan avvalgi
1894—1518) mustahkamlanib olgan. Bu sulola podsholaridan Hammurapi
(miloddan avvalgi 1792—1750) Shumerni ham oʻz davlatiga qoʻshib olgan.
Mustabid davlatni mustahkamlash maqsadida Hammurapi buyrugʻi bilan yuqori
tabaqalarning manfaatini qoʻriqlashga qaratilgan qonunlar majmuasi tuzilgan. Bu
qonunlar yerga egalik, savdo-sotiq, qulchilik, iqtisodiyijtimoiy munosabatlarni
tartibga solgan. 247 moddadan iborat qonunlar toʻplami bazalt ustuniga arxaik
mixxat bilan yozilgan. B. davlatining eng ravnaq topgan davri — Hammurapi
hukmronligi davridir. Hammurapidan keyin B. davlati tushkunlikka yuz tuta
boshlagan.
Miloddan avvalgi 1518-yilda kassitlar Mesopotamiyaga bostirib kirib, B.da
oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Kassitlar sulolasi davrida (miloddan avvalgi 1518—
1204) chorvachilik rivojlangan, qoʻshni Misr davlati bilan savdo va diplomatik
munosabatlar oʻrnatilgan. Bu davrda ossuriyaliklar va elamliklar bir necha marta
B.ga hujum qilgan. Shundan keyin B. siyosiy jihatdangina emas, balki madaniy
jihatdan ham tushkunlikka uchray boshlagan.
Miloddan avvalgi 7-asrda B. ossuriyaliklar tomonidan ikki marta (689 va
648 yillar) vayron etilgan. Miloddan avvalgi 626 yil Ossuriyaning B.dagi noibi,
xaldeylar qavmidan boʻlgan Nabopalasar Ossuriyadan ajrab chiqib oʻzini B.
9
podshosi deb atagan. Shu vaqtdan Yangi B. podsholigi yoki Xaldey davri (miloddan
avvalgi 626— 538) boshlanadi. Nabopalasar Midiya podshosi Kiaksarga Ossuriya
bilan urushida yordam berib Ossuriya davlati xududini u bilan boʻlishib olgan.
Nabopalasarning oʻgʻli Navuxodonosor II (Sharq adabiyotida "Buxtunnasr")
(miloddan avvalgi 604— 562) misrliklarni Old Osiyodan batamom siqib chiqargan.
Miloddan avvalgi 586 yil Kuddusni vayron qilgan, Yahudiya B. viloyatiga aylangan,
574 yil Tirni egallagan. Yangi B. podsholigi davrida Bobil shahri ijtimoiyiktisodiy
jihatdan taraqqiy etgan, savdo, xunarmandchilik, binokorlik rivojlangan eng yirik
shaharlardan biriga aylangan. Navuxodonosor kurgan dabdabali binolarning
harobalari hozirgacha sakdanib kelgan. "Bobil" deb yuritiladigan tepalik
kazilganida, katta bir saroy harobasi, "qasr" tepachasi qazilganda Navuxodonosor
zamonidan qolgan ajoyib binolar topildi. Ularning devorlari gullar solingan sirli
koshinlar bilan bezatilgan. Diniy marosimlarda yuriladigan muqaddas yoʻl ham shu
saroy yonidan oʻtgan. Bu yoʻlga toshdan yoʻnilgan plitalar yotqizilgan, plitalarda
mixxatlar saqlangan. Navuxodonosor davrida B. podsholigi oʻz taraqqiyotining
ikkinchi yuksalish davriga chiqqan. 555 yildagi davlat oʻzgarishidan soʻng B. taxtiga
oʻtqazilgan Nabonid (miloddan avvalgi 555—538) mamlakatning bir butunligini
saqlash uchun harakat qiddi, lekin axomaniylar podshosi Kir //miloddan avvalgi 538
yilda B.ni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. B. podsholigi shu tariqa kuladi.
Qadimgi Sharq aholisi turli Irq va Irqiy guruhlarga : yevroosiyo, yevropoid,
ekvatorial yoki negroavstroid xalqlar, osiyo-amerika yoki mongoloid Irqi, (Uzoq
Sharqda), negroid Irqi (Napate va Meroye xozirgi Sudan) janubiy Hindiston
kabilarga bo`lingan. Irq etnologiyasi ko`p sonli xalqlar, qabila va etnik guruhlarga
bo`linadi. U ba'zi hududlarga turli irqiy guruh va guruhchalarga bo`lingan. Qadimgi
Sharqda qadimda sekin-asta barqaror yirik til oilalari paydo bo`ldi. Old Osiyoda
ko`p sonli somiy-homiy yoki afro-osiyo til oilasiga kirgan somiy shoxchasi, Misr
yoki homiy, berber-liviya, kushit va boshqalar kirgan turli xalq va qabilalar yashar
edi. Somiy tillarida so`zlashuvchi xalqlarga akkadlar, amoriylar, oromiylar,
osuriylar, xanaanlar, yahudiy, arab va boshqalar kirgan edi. Somiy tilli xalqlar
asosan Mesopotamiya cho`llari va Arabiston yarim orolida yashar edilar. Misr yoki
10
homiy shoxobchasiga qadimgi Misr aholisi, berber-liviya tillarida so`zlashuvchi Nil
vodiysidan g'arbdagi qabilalar, kushit tillarida Nil yuqori oqimidagi xalqlar
so`zlashar edilar. Xett-luviya va xind-eronlar hind- yevropa tillari oilasining
shoxobchalaridan edi. Xett- luviya tillarida xettlar, liviyaliklar, koreyslar va Kichik
Osiyoning boshqa kichik qabilalari so`zlashar edi.
Mesopotamiyaning shimolida er.avv. III ming yilliklardan boshlab sharqiy
semit chorvador qabilalari yashagan. Ularning tili akkad tili deb atalgan. Er.avv. III
ming yillik oxirida g`arbdan, Suriya cho`llaridan Mesopotamiyaga g`arbiy semit
chorvador qabilalari qirib kelgan. Akkadlar ularni amoriylar deb atashgan.
(Akkadcha «Amurri», «Suriya» yoki «Garb» deyilgan.) Er. avv. III-II ming
yilliklarning birinchi yarmida amoriylar Mesopotamiyada bir necha podsho
sulolalarga asos solganlar. Qadimgi shimoliy Mesopotamiya, shimoliy Suriya va
Arman tog`larida xurrit qabilalari yashagan. Shumer va akkadlar ularni va
mamlakatni Subarti deb atashgan.
Er. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali
daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy) qabilalari yashagan.
Kassit qabilalari shimoliy-g`arbiy Eronda, elamlardan shimolda yashagan. Ular er.
avv. XVI asrda Bobilni bosib olib, o’z sulolariga asos soldilar: Kassitlar mahalliy
madaniyat, tilni qabul qilib mahalliy aholini assimilyasiya qildilar. Er. avv. II ming
yillikning ikkinchi yarmida shimoliy Armaniston va Suriya cho`lidan shimoliy
Mesopotamiyagacha g`arbiy semit guruhiga mansub kassit qabilalari kirib keldi.
Ular er. avv. XII asr oxirida shimoliy Suriya va janubiy-g`arbiy Mesopotamiyada
kichik davlatlar barpo qildilar. Ular er. avv. I ming yillik boshlarida xurrit va amoriy
aholisi bilan qo’shilib ketdilar. Oromiy tili bu yerda keng tarqaldi. Er. avv. X asrda
janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi.
Mesopotamiya hududida er. avv. IV ming yillikdan III ming yillikgacha
ibtidoiy jamoa tuzumini yemirilish jarayoni bordi. Shumerlarning er. avv. IV ming
yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati
boshlandi.
Er. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida
11
shumerlarning kichik shahar- davlatlari paydo bo’ldi. Er. avv. III ming yilliklar ilk
sulola davri deb ataldi. Keyingi davr er. avv. III ming yillikning oxirgi davri kuchli
mutlaq monarxiyalar tashkil topish davri hisoblanadi. Er. avv. XXI-XXIII asrlar
siyosiy markaz Mesopotamiyaning markaziga ko`chib bu yerda Akkad davlati
tashkil topadi va uning tarkibiga Shumer janubiy va shimoliy Mesopotamiya kiradi.
Kutiylar hujumi sababli Akkad podsholigi yemirilib, yetakchilik Shumer-Akkad
podsholigiga o’tadi.
Er. avv. II ming yillikning boshlarida Ikki daryo oralig`ida Bobil podsholigi
yuksalib, Bobil boshchiligida butun mamlakat birlashtirildi. Uning tarixi quyidagi
davrlarga bo’linadi: Qadimgi Bobil yoki amoriy davri er. avv. XIX-XVI asrlar, o’rta
Bobil yoki kassit (er. avv.XV-XII asrlar) davri, Bobilning siyosiy tushkunlik
davri (er. avv.XII-VII asrlar ), yangi Bobil qisqa qayta uyg`onish (er. avv. VII-VI
asrlar ) davri va Eron tomonidan malakatni bosib olinishi.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi bo`yicha asosiy manbalar bu moddiy
madaniyat yodgorliklari, yozma hujjatlar va adabiy asarlar, antik mualliflar asarlari
hisoblanadi.
Er. avv. III-I ming yilliklarga oid moddiy madaniyat yodgorliklari
Mesopotamiyaning qadimgi shaharlari Eredu, Uruk, Lagash, Larsa, Nippur,
Eshnunna, Mari, Ashshur, Nineviya va Bobil xarobalarini qazish natijasida ma'lum.
Shaharlarda zinapoyasimon minora, saroylar, ulkan ibodatxonalar, turar joylar,
xo`jalik inshootlari, san'at asarlari va uy anjomlari topilgan. Mesopotamiyadan,
Misr, Baxrayn va Hindistondan er. avv. III-II ming yilliklarga oid silindrsimon
stealit, lazurit, serdolikdan yasalgan muxrlar ko’plab topilgan.
Eng qadimgi hujjatlar (er.avv. III ming yillik boshlari) Uruk va Jamdat-
Nasrdan topilgan mingga yaqin loy taxtachalardir. Ular piktografik belgilar bilan
yozilib hali oxirigacha o`qilmagan. Lagashdan er.avv. III ming yillikka oid xo’jalik
hujjatlari topilgan. Ayniqsa, er.avv. II ming yillikka oid ko’pgina xo`jalik hujjatlari
saqlanib qolgan, ular davlat arxivlari, ibodatxona va xususiy arxivlarda saqlanib
qolgan. Hozirgi Turkiya hududidagi Qultepadan er.avv. II ming yillikka oid
Osuriya va amoriy savdogarlariga tegishli qarz, tilxat va sud qarorlari aks etgan
12
10.000 loy taxtachalardan iborat arxiv; er. avv. II ming yillikka oid qadimgi
Arrapxadan topilgan 4000 loy taxtacha; er. avv. XII- XI asrlarga oid Ashshur shahri
arxivi, er. avv. I ming yillika oid Nippur, Bobil, Borsippa, Ur va Uruk shaharlari
kesishmalarida topilgan arxivlar, ayniqsa, Nippurda «Murashu uyi»dan topilgan
er.avv. V asrga oid 700 hujjat diqqatga sazovordir.
Dostları ilə paylaş: |