Mavzu: Qadimgi Hindiston dinlari



Yüklə 49,5 Kb.
səhifə1/2
tarix07.04.2023
ölçüsü49,5 Kb.
#94559
  1   2
tayyor.dinwunoslik


Mavzu:Qadimgi Hindiston dinlari
Reja:


1.Vedalar

2.Braxmanlik
3.Hinduiylik

4.Hulosa

Vedalar: Eramizdan avvalgi 2-ming yilliklar o‘rtalarida Hindistonga SHimoldan erlik aholidan tillari va ranglari farq qilgan xalqlar kirib kela boshladilar. Ular Evropa tillariga o‘xshash bo‘lgan sanskrit tilida gaplashar edilar, o‘zlarini esa oriylar (aslzodalar) deb atar edilar. Ular o‘zlari bilan muqaddas yozuvlarini ham olib keldilar. Ular Vedalar (sanskr. tilida - Bashorat) edi. Uning tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‘lib, ular ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy axborotlarni o‘z ichiga olgan edi. Vedalarning boshqa muqaddas (mas. Bibliya) yozuvlardan farqli tomoni shunda ediki, ular nihoyasiga etkazilmagan va oxiri ochiq edi. Unga keyingi ruhoniylar tomonidan ham qo‘shimchalar qo‘shish imkoni bor edi. Shuning uchun keyinchalik bu yozuvlar juda ham kengayib ketdi. Vedalarda 33 ta, ba’zi manbalarga ko‘ra 333 yoki 3339 ta afsonaviy xudolar haqida madhiyalar bitilgan. Bu xudolarning eng mashhurlari - Indra, Varuna, Mitra, Dyaus, Adita, Agnyu, Vishnu, Krishna.
Vedalar (sanskritcha veda — bilim)— Hindiston yozma adabiyotining qad. yodgorligi. Mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning boshida yaratilib, V. to`plamlari deb nomlanadi. Bu madaniy yodgorlikdan bizgacha 4 ta kism (samhita): "Rigveda" (qasida, madhiya, duolar to`plami), "Samaveda" (qo`shiqlar to`plami), Ayurveda yoki Yajurveda (qurbonlik qilish yo`llari), Atharvaveda (sehrli duolar to`plami) yetib kelgan. Veda adabiyoti bir necha ming yillar davomida shakllanib, qad. hindlar tarixidagi turli jamiyatlarning diniy-falsafiy, estetik taraqqiyot darajalarini ifodalaydi. V. ichida eng qad.si "Rigveda" hisoblanadi. U 10 kitob (mandala) dan iborat. Bunda tabiatdagi narsa va hodisalar (osmon o`zgarishi, quyosh, yulduzlar, momaqaldiroq, shamol, yomg`ir, tog`lar, daryolar) ilohiy kuchlar sifatida gavdalantirilib, ular sharafiga qo`shiqlar, madhiyalar to`qilgan, ularga qurbonliklar keltirilgan. Insoniyat hayoti, uning baxt-saodati ana shu kuchlarga bog`liq holda tasavvur qilingan, "Rigveda"ga ko`ra, Indra — momaqaldiroq ilohi, Mitra — Quyosh tangrisi, Varuna — Osmon ma’budi, Agni — Olov ma’budi, Yama — ajal, o`lim keltiruvchi, Sama — Oy ma`budasi, Rita — Koinot tartibini anglatadi. "Rigveda" qo`shiqlarini to`plovchilar rishi (ilohiy qo’shiqlarni to`quvchi donishmand)lar deb atalgan. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha, inson bo`la turib, ilmlari sababli farishtalardan afzal va ortiq bo`lgan hikmatshunoslar rishilar, deb atalganlar. Shuning uchun farishtalar rishilardan foydalandilar, chunki rishilar bilim egasidirlar. Rishilardan yuksakda faqat Barohim turadi. "Rigveda" kitobida qad. dunyo falsafiy tafakkurining o’ziga xos badiiy ifodasi ko`rinadi. Unda qad. hindlar olam sirlari haqida fikr yuritadi. Mac, hech narsaga tayanmagan va yopishtirilmagan Quyosh nega qulab tushmaydi? Kechasi Quyosh qayoqqa ketadi, u qayerda? Shamol qayerda tug`ilib, qayerga boradi? Olamning asosini nima (yoki nimalar) tashkil etadi? V.da bu va b. ko`plab bunday muammolar ko`tarilgan. Sharq faylasuflari to`rt unsur — suv, olov, havo, tuproqni barcha mavjudotlarning asosi deb bilganlar. Bu jihatdan Veda falsafasi Arastu zamonidagi, keyinroq Forobiy zamonidagi falsafiy tafakkurga ta`sir etgan. V. adabiyoti V.dan tashqari brahmanlar, aranyakalar va upanishadlardan iborat. Qad. Hindistonda varna (kasta)chilik jamiyati vujudga kelganida brahmanlar adabiyoti rivojlangan. Brahmanlarda samhitalardagi kohinlarning diniy marosimlari sharhlab beriladi.
"Aranyakalar" (aynan "O`rmon kitobi") jamiyatdagi jabr-zulmdan, g`arazli, tuban, mol-dunyoga o`ch odamlardan o`rmonlarga qochib, yolg`izlikda yashaganlarga bag`ishlangan.
Upanishad (maxfiy ta`limot)lar asosan falsafiy-diniy risolalardir. Upanishadlarda falsafiy masalalar ancha keng yoritilgan bo`lib, hindlar tangrisi Brahma (Beruniyda — Barohim) borliqning ibtidosi va intihosi, barcha mavjudotlarning asosi, deb ulug`lanadi. Upanishadlarga ko`ra, moddiy olam, shu jumladan, inson ham Atma-Brahmadan paydo bo`lgan va o`shanga qaytadi. Bu fikr islomdagi — sufiylar (Ibn Arabiy, Mansur Halloj va b.)ning butun borliq Allohning tajalliysi, jamoli, yaxshi, pok insonlar haq visoliga yetishib, u bilan qo`shilib ketadi, degan fikrlariga uyg`undir. Upanishadlarda aytilishicha, inson bunga erishish uchun muayyan axloqiy mezonlarga, karma va dharma ta`limotiga rioya qilishi kerak. Upanishadlarga koʻra, har bir inson o`zidagi ilohiy dharmalarga muvofiq yashaydi. Agar inson bu dunyodagi hayotida pokiza, ezgu niyatlar bilan yashasa, qaytadan dunyoga kelishda yana inson bo`lib keladi. Aksincha bo`lsa, odam tuban, hayvoniy ishlar qilsa, keyingi kelishida joni hayvonga ko`chadi. Beruniy "Hindiston" asarida yozishicha: shu tabaqalar (brahmanlar, kshatriy-harbiylar, vayshya — dehqonlar, chorvadorlar, shudra — quyi tabaqa vakillari)dan kimning xalos bo`lishga tayyor va loyiq ekani haqida hindlarning fikri turlichadir. Ba`zi vedashunoslar brahmanlar va kshatriydan boshqalar qutulish (najot)ga qobil emas, chunki V.ni o`rganishga faqat ular haqli xolos, deydilar.

Yüklə 49,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin