Kurs ishi mavzu: Ilmiy tanqidiy matn tuzish va nashrga tayyorlash Bajaruvchi


II BOB. ILMIY-TANQIDIY MATN YARATISH



Yüklə 54,94 Kb.
səhifə5/7
tarix03.10.2023
ölçüsü54,94 Kb.
#151633
1   2   3   4   5   6   7
Abdurayimova Gulshoda (2) (2) (2)

II BOB. ILMIY-TANQIDIY MATN YARATISH
2.1. Ilmiy matn xususiyatlari, turlari va tuzilishi
Ilmiy matn bu ilmiy bilimlarga asoslangan nazariyalar, tushunchalar yoki boshqa har qanday mavzuga bag‘ishlangan yozma mahsulot ixtisoslashtirilgan texnik til orqali. Ilmiy matnlar izlanishlar natijasida paydo bo‘ladi. Ularda tadqiqot jarayonining rivojlanishi, uning ma’lumotlari, testlari, natijalari va xulosalari tartibli va tizimli ravishda keltirilgan.
Ilmiy matnda keltirilgan ma’lumotlar esa metodik va tizimli ishning mahsulidir, buning natijasida biron bir hodisa yoki fakt bir qator farazlar, tamoyillar va qonuniyatlar asosida o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Yuqorida aytib o‘tilganlarning barchasi olingan natijalarni tekshirilishi mumkin, shuning uchun haqiqiyligi va universalligi bilan ta’minlaydi.
Kitobxonga matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalar ham keltirilgan. S. G‘anieva ushbu ruboiyning tarjimasini shunday beradi: “Oshiqlik ko‘chasida ahdi paymoni mustahkam bo‘lgan bir ahli dil(ya’ni dilbar, dildor) menga aytgan edi: Sendan boshqani qidirgan kishini talabgorlikka undama, sen shunday kishiga talabgor bo‘lginki, u ham senga talabgor bo‘lsin”.
S. G‘anieva ruboiy ma’nosini qisqa, aniq tarzda o‘quvchiga yetkazishga harakat qilgan. Ushbu ruboiy tarjimasini o‘ziga xos sharh deyish mumkin. E’tibor bersak, ruboiyning aslida “tolib” so‘zi uch marotaba qo‘llangan, tarjimada shu tushuncha ma’nosini beruvchi “talabgor” so‘zi shuncha keltirilgan.
“Majolis un-nafois”da Alisher Navoiy bevosita biror munosabat bilan tilga olib, lekin bunday shaxslar haqida to‘la to‘xtalishni lozim topmagan o‘rinlar ham bor. S.G‘anieva matn izoh va tarjimalarini tayyorlashda shunday o‘rinlarga ahamiyat qaratgan. Masalan, “Majolis un-nafois”ning birinchi majlisida Imom Ali Muso ar-Rizo, Mehri, Anvariy, Xoja Salmon, Shayx Kamol, Mavlono Sa’diddin Koshg‘ariy kabilarning ismlari qayd etilgan. Ikkinchi majlisda Abu Hanifa, Ibn Hojib, Sayid Sharif, Shayx Zayniddin, Xoja Abdulloh Ansoriy, Imom Faxr, Amir Suhayliy, Hazrat Shayx, Shayx Farididdin Attor, Shayx Bahovaddin Umar, Xoja Abu Nasr Porso, Hazrat Shayx Abusaid Abdulxayr, Kichik mirzo, Mavlono Ja’far, Hazrat Ahmad Jomiy, Xoja Yusuf Hamadoniy, Ahmad Hojibek kabilar tilga olingan. Lekin bu kabi shaxslarga tazkirada maxsus fiqra ajratilmagan. S. G‘anieva ularning shaxsiy hayoti, ijodi va o‘z davrida tutgan o‘rni borasida ma’lumotlar keltiradi. Matnshunos tomonidan berilgan bunday aniq va qisqa sharhlar “Majolis un-nafois” nashrini boyitadi. Umuman, “Majolis un-nafois” nashri matni uchun sharh va tarjimalarning umumiy soni 706 taga (muqaddima – 16 sharh, I majlis – 119, II majlis – 141, III majlis – 194, IV majlis – 106, V majlis – 28, VI majlis – 49, VII majlis – 40, VIII majlis – 13 sharh) etgan.
Ilmiy-ommaviy matnni tayyorlashda matnshunos o‘quvchilarning qaysi toifasiga mo‘ljallanayotganligiga qarab qo‘lyozma asar matnini qisqartirishi, soddalashtirishi, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanishi mumkin. “Xamsa” dostonlari, “Mahbub ul-qulub”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Vaqfiya” kabi asarlar matnlarining nasrlashtirilgan variantlari shunday prinsiplarga asosida yaratilgan.
O‘zbek matnshunosligi XX asrning birinchi yarmida fan sifatida jadal rivojlana boshladi. Matnshunoslik, dastlab, mumtoz adiblar, xususan, Alisher Navoiy asarlarini to‘plash, ularni tadqiq etish hamda nashrga tayyorlash ishlari bilan boshlangan bo‘lsa, keyinchalik yangi tarmoqlar hisobiga kengayib bordi. Bugungi kunda matnshunoslik sohasi manbashunoslik bilan birga yanada rivojlanib, zamonaviy filologik masalalar yechimida muhim vazifalarni amalga oshirmoqda.
Ilmiy-ommaviy matn yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish, ilmiy-tanqidiy yoki yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish uchun tayyorlanib, bosh prinsipi keng o‘quvchilar auditoriyasi talablarini nazarda tutishdir. Ilmiy-ommaviy matnlarda qo‘llanadigan tekstologik tamoyillarga sharh, izoh va lug‘atlar ilova qilish, nasriy bayoni bilan birga chop etish, o‘zbek yozuviga transliteratsiya qilish, matn to‘liq tushunarli bo‘lishi uchun tarjimalarni ham keltirish, zarurat tug‘ilganda qo‘lyozma asar matnini qisqartirish, soddalashtirish, she’riy yo‘l bilan yozilgan asar bo‘lsa, nasriy bayon yoki izohlardan foydalanish kabilar kiradi.16
Yig‘ma-qiyosiy matn – bu darajasida qo‘lga kiritilgan matnlarni o‘zaro qiyoslash natijasida tuzilgan muallif matnining nisbatan to‘liq variantidir.
Yig‘ma-qiyosiy matn asar nusxalari kam yoki ishonchli qadimiy qo‘lyozma nusxalar mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Bunday matn muallif asari haqida to‘liq tasavvur uyg‘otish uchun tuziladi. Yig‘ma-qiyosiy matnni tuzishda mavjud qo‘lyozmalardan tayanch nusxa tanlash katta ahamiyatga ega. Tayanch nusxa sifatida imkon qadar to‘liq, boshqalariga qaraganda tashqi nuqsonlari kam, xatolari, noaniq joylari oz nusxa tanlanadi. Shuning uchun ham M N. Osmanov “Shohnoma”ning 1966-yilgi nashrini tanqidiy matn emas, balki yig‘ma matn deb hisoblaydi. U o‘z fikrini ilmiy-tanqidiy matnni tuzishda qo‘lyozmalar bazasining kamligi, matn turli tahrirlar aralashuvidan tuzilganligi, asarning kompozitsion qurilishi to‘liq ifodalanmasligi, ya’ni ba’zi dostonlarning qo‘shilishi yoki ajratilishi kabi asosli kamchiliklarni ko‘rsatish bilan tasdiqlaydi.
Asosiy matnni tuzishda yig‘ma-qiyosiy yondashuv bilan ilmiy-tanqidiy yondashuv farqlanadi. Lekin ba’zan ularni tasniflashda chalkashish hollari uchraydi. Jumladan, Q. Ergashev Navoiy asarlari ilmiy-tanqidiy matnlari yaratilishi xususida so‘z yuritar ekan, “Mahbub ul-qulub”ning A. N. Kononov tomonidan tayyorlangan nashrini asar ilmiy-tanqidiy matni deb hisoblaydi. 1948-yili A. N. Kononov “Mahbub ul-qulub” asari matnini Leningrad hamda Toshkent qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan sakkizta qo‘lyozma nusxa asosida tiklagan. Ularning eng qadimiysi XVI asr boshlarida kitobat qilingan Leningrad nusxasi bo‘lib, yig‘ma-qiyosiy matn shu qo‘lyozma asosida tuzilgan, oradagi farqlar ilmiy apparatda ko‘rsatib borilgan. A. N. Kononov aynan o‘zi amal qilgan matn tuzishdagi tadqiqot usullari va prinsipi xususida hech qanday ma’lumot bermaydi. P. Shamsiev asar nusxalari qiyosiy o‘rganilganligidan bo‘lsa kerak, “Mahbub ul-qulub”ning bu matnini “chog‘ishtirma matn” deydi. Yig‘ma-qiyosiy matn asarning asosiy matni hisoblanadi, lekin ilmiy-tanqidiy matn tuzish talablariga javob bermaydi. Matnshunos yig‘ma-qiyosiy matnni tayyorlashda o‘zi qo‘lga kiritgan yoki imkoniyatida bo‘lgan manbalardan foydalanadi. Yig‘ma-qiyosiy matn tuzishning muhim prinsipi asarning dastlabki to‘liq matnini tiklashdir. Yig‘ma-qiyosiy matnlar asar ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash uchun ilmiy zamin yaratadi. A .N. Kononov “Mahbub ul-qulub” asarining barcha nusxalarini izlab topishni maqsad qilib qo‘ymagan va o‘ziga ma’lum nusxalar bilan kifoyalangan. Shuning uchun ham u o‘zi tuzgan matnni “yig‘ma matn”deb atagan. O‘sha paytlari Navoiy yubileyi munosabati bilan shoir ijodini ommalashtirishga bo‘lgan shoshilinch harakat A. N. Kononovga ilmiy-tanqidiy matn yaratish uchun fursat bermagan bo‘lishi mumkin.
Matnshunoslikning bu bosqichida Navoiy asarlari matnining nasriy bayonlari bilan birga nashrga tayyorlangani muhim hisoblanadi. Shoirning “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Mahbub ul-qulub”, “Farhod va Shirin” kabi asarlari nasriy bayoni bilan nashr etildi. Garchi bu nashrlar toshbosma nusxalar asosida tayyorlangan bo‘lsa-da, matnshunoslik komissiyasi asar matnini nazoratga olgan, ularning mukammal bo‘lishini ta’minlagan. Jumladan, “Farhod va Shirin” dostoni matni va nasriy bayonini tayyorlashda G‘afur G‘ulom 1901-yili Shohmurod kotib tomonidan ko‘chirilib, Toshkentda Porsev matbaasida bosilgan nusxa va undan tashqari o‘z qo‘lida mavjud bo‘lgan qo‘lyozmalarga murojaat etgan.
O‘zbek matnshunosligi rivojidagi yana bir muhim hodisa asar matni tanlanma nusxasining tayyorlanishi bo‘ldi. Uni 1940-yili Sadriddin Ayniy tuzib chiqdi. Sadriddin Ayniy nashr xususida shunday yozadi: “Alisher Navoiyning “Xamsa”sida 50 ming misradan ortiq she’r bor. Keng o‘quvchilar ommasi uchun uni bir butun holda tezda egallab olish ancha og‘ir bo‘ladi. Shuning uchun men bu qiyinchiliklarni nazarga olib, Navoiy yubiley komitetining topshirig‘i bilan qo‘lingizdagi bu tanlanma nusxani vujudga keltirdim. Bu nusxani tartibga solishda har bir doston va bo‘limlardan xarakterli bo‘lgan parcha va misralarni terib oldim. Ammo har bir doston va boblarning ayrim tashlangan parcha va misralarining mazmunini bayon qildim. San’atkorona ishlangan, lekin u san’at oddiy o‘quvchilarning ko‘ziga ilinmay qoladigan, tushunishi qiyinroq bo‘lgan misra va baytlarni, shuningdek, Navoiyning shaxsiy hayotiga, yoki zamondoshlariga oid bo‘lgan joylarni izohlab o‘tdim. Ba’zi parcha va hikoyalarning tuzilishlari, ulardagi qahramonlar to‘g‘risidagi o‘z fikrimni ham bet ostida bayon qildim”17.

Yüklə 54,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin