O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix24.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#85465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
 
O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi 
 
TURSINOVA NODIRANING 
 
5220100 – o’zbek filologiyasi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr 
darajasini olish uchun
 
“ISTIQLOL DAVRI O’ZBEK HIKOYACHILIGIDA “KICHIK 
ODAMLAR” OBRAZI TALQINI”
mavzusidagi 
 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI 
Ilmiy rahbar: f.f.n. O.Fayzullayeva 
 
Guliston – 2017



REJA: 
 
Kirish 
I bob. Hozirgi o’zbek hikoyachiligida “kichik odamlar” obrazi talqini 
1.1 “Kichik odamlar” obrazining xarakterli xususiyatlari 
1.2 Ushbu obrazning yuzaga kelish omillari 
II bob. “ Kichik odamlar” obrazi talqinida yozuvchi mahorati masalasi 
2.1 “Kichik odamlar” obrazi talqinida yozuvchi individualligi 
2.2 Obraz talqinida badiiy detalning o’rni 
Xulosa 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
 
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi o’zbek adabiyoti, xususan, nasri tobora 
rivojlanib, shakllanib, o’z shakli va mazmuniga ega bo’lib bormoqda. Bunga ushbu 
davrda yaratilgan ko’p sonli hikoyalar va ular orasida saviya jihatidan baquvvat 
asarlar ham mavjudligini asos sifatida keltirish mumkin. Hikoyalarning milliy 
adabiyotimiz shakllanishidagi o’rnini hisobga olib, istiqlol davri o’zbek 
hikoyachiligida “kichik odamlar” obrazini o’rganib chiqishni maqsadga muvofiq 
ekanligini ta’kidlab o’tish joiz. Mafkuraviy yakkahokimlikdan qutilgan o’zbek 
adabiyotida erkin ijod qilish, erkin fikr asosida mavjud jarayonga munosabat 
bildirish kuchayib bormoqda. Shuningdek, o’tayotgan davrda mafkuraviy 
yetuklikka erishish uchun ham yoshlar ongida millat qahramonlariga e’tirof va 
hurmat tuyg’ularini shakllantirish bugungi kun badiiy adabiyotining muhim 
vazifalaridan bo’lib qolmoqda. 
Hikoyanavislikdagi yangilanish va o’zgarishlar jarayonini o’rganish, ularning
saviyasini belgilash, ma’naviy qiyofasini tasvirlash, mustaqillik davrida badiiy 
adabiyotga kirib kelayotgan “kichik odamlar” obrazi bilan kitobxonlarni xabardor 
qilish bugungi adabiyotshunoslikning dolzarb muammolaridandir. “Kichik 
odamlar” obrazi yoritilgan shunday hikoyalar qator iste’dodli adiblar ijodida mavjud 
bo’lib, uni bugungi tezkor axborot asrida mavjudligini bildirish, uning ma’naviy 
tomonlarini zamon bilan bog’liq jihatlarini o’rganish, obrazlar olami bilan tanishish 
va badiiyatini o’rganish, ma’naviy-axloqiy masalarning qo’yilishini o’rganish ham 
dolzarb ilmiy muammo hisoblanadi. Bu masala bizning bitiruv malakaviy ishimiz 
mavzusi dolzarbligini asoslaydi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin