1.2 Ushbu obrazning yuzaga kelish omillari
Xoh, bir kichik hikoya bo’lsin, xoh, katta roman barcha asarlarni tahlil
qiiishda,albatta, zamon ruhidan kelib chiqib yondashish kerak. Chunki qo’lingizdagi
asarda o’sha davr muhiti, yutuq va kamchiliklari, insonlarining qalb kechinmalari
hamda hayotiy orzulari aks ettirilgan bo’ladi. Istiqlol davriga kelib xalq hayotini
turg’unlik ma’lum bir darajada tark etib, o’z o’rnini sezilarli ravishda rivojlanishga
bo’shatib berdi. Insonlar hayotida o’qish, intilish, tadbirkorlik kabi tushunchalar
asosiy o’rinni egallay boshladi. Shubhasiz, bu quvonarli hol. “Guruch kurmaksiz
bo’lmaydi” deganlaridek, jamiyatimizda katta bir mavqega ega bo’lgan, ammo
ma’lum bir marrani zabt etgandan so’ng, asli kelib chiqishini unutgan, insoniylikdan
yiroq insonlar ham yo’q emas. Bu kabi insonlarni hayoti davomida topganlaridan,
yo’qotgan narsalari ortiqroq ekanligini biz kitobxonlarga uqtirish uchun, “inson
ruhining
muhandislari”
1
kichik
odam
obrazidan
unumli
ravishda
foydalanadilar.Ushbu obraz asarlarda asosan odamiylikni, asl insonlarga xos
bo’lgan ma’naviyatni bayroq qilib ko’targan holda tasvirlanmoqda. “Marks odamni
olijanob qilmoq uchun yashayotgan jamiyatni insoniy qilib qayta qurish lozimligini
aytgan bo’lsa, endilikda odamni yaxshilamay turib, jamiyatni yaxshi qilish mumkin
emasligi ayon bo’ldi. Yoki shoir aytmoqchi, “Odam tuzalmasa, olam tuzalmas”. Bu
shunchaki hikmatomus gap emas. Komillik yo’liga kirgan chin inson har qanday
bo’g’iq muhitda ham o’ziga gard yuqtirmay pokligicha qolabilishi lozim”
2
. E’tibor
bilan qarasangiz, istiqlol davri o’zbek adabiyotida kichik odam obrazining ma’naviy
fazilatlari, katta odam obrazlarining illatlariga qarshi qo’yilgan holda ochib berilgan.
Bunday hikoyalarga misol tariqasida “Tarvuz” hikoyasini keltirishimiz mumkin.
1
Karimov I.A.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.-Toshkent.,Ma’naviyat,2008.- B 136.
2
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-Toshkent.Yangi asr avlodi,2006.- B 84.
17
Hikoyaning bosh qahramonlari qachonlardir yaqin sinfdosh, hamqishloq bo’lgan
Xudoyqul (katta odam obrazi) va Omondavlat(kichik odam obarzi) hisoblanadi.
Muallif o’quvchiga ularni qachonlardir sinfdosh ekanligini Xudoyqul tilidan xotini
Sapuvraga gapirish jarayonida quyidagicha keltirib o’tadi: “…eng yaqin sinfdoshim
shu Omondavlat bo’lsa, undanam qaytmaydi”
1
. Omondavlat ham shu sinfdoshini
judayam hurmat qilganidanmi, yoki odamgarchilikdanmi qizli bo’lganligi bilan
tabriklash uchun oila a’zolari bilan keladi. Do’stini hamon o’ziga yaqin ko’radi. Buni
isboti sifatida do’stini kutib, uxlab qolgan Omondavlatning u bilan ko’rishishiga
e’tibor beraylik: “Allamahaldan so’ng o’rtog’ining kelib turtishidan uyg’ondi.
Sapchib turib quchoqlashib ko’risha ketdi”
2
. Inson yaqinini ko’rgandagina “sapchib
turishi” hamda u bilan qo’l uchida emas, balki “quchoqlashib” ko’rishishi mumkin.
Demak, Xudoyqul Omondavlat uchun qadrli inson! Lek o’tmishdagi sinfdoshlar,
xatto, Omondavlat ham u uchun zarracha ahamiyatga ega emas. Moddiylik
xususidagi suhbatdan zerikkan, insonning insoniy tuyg’ulari, bolalik xotiralari
haqida do’sti bilan o’rtoqlashishni istagan Omondavlat tilidan keltirilgan jumlalarga
e’tibor beraylik: “Sinfdoshlarining ahvolidan so’zladi. Ikki oyda bir marta yig’ilib
turishlari, yig’ilganda uch kilo go’shtning pulidan gashtak pul yig’ishlarini aytib, sen
ham qo’shilsang o’tirishga, bolalar Xudoyqul bizlarni mensimay ketdi deb yuribdi,
bir minnatdan qutulasan, dedi. Xudoyqulning ensasi qotdi. Yo pulni, yo do’stlarini
mensimaganday bo’ldi”
3
. Bizningcha, moddiylik jihatidan o’ziga va o’ziga
o’xshaganlarga o’xshamagan do’stlarni mensimadi desak maqsadga muvofiq bo’lar
edi. Chunki u kabi insonlar hayotida moddiylik ustun. O’zgalar bilan bo’lgan
munosabatdan ma’lum bir manfaat kutgan Xudoyqul (uyam ertan-mertan
bojxonada ishlaydigan Qobilning oldiga o’tish haqidagi o’zining mas’uliyatini
1
www.ziyouz.uzkutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B
5
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
18
anglagach, ikki sherikka, aniqrog’I, mehmonlarning guliga takallufni davom ettira
berdi), yaqin sinfdoshi Omondavlatning samimiy munosabatiga to’g’ri baho bera
olmaydi. Katta odamning :” Bola-chaqa bilan bordi – keldi qilish durustroq bo’ladi,
qalinlashish shundan boshlanadi, xotinlar ham, bolalar ham bir- birining otini aytib
eslab turushi yaxshi gap”
1
,- deya tashrif buyurgan do’stiga nisbatan “katta o’ylari”ni
qarang: “Omondavlatning qishloqdan qo’ng’iroq qilib indinga bola-chaqasi bilan
kelishini eshitib Xudoyqulning ensasi qotdi, nechukdir miyasiga lop etib buyam pul
so’rab keladi, bo’lmasa besh-olti yildan beri ko’rishmagan sinfdoshga balo bormidi,
degan o’y urildi. Ko’ngli xijil tortib, kelmasayam o’pkalamas edim dedi”
2
. Katta
odamlarning o’zi singari o’ylari, kichik odamlar qalbidagi buyuklik oldida zarra
misoli. Balki shuning uchundir yuksak tuyg’ularni ko’ra bilmaslik sababi. Axir, barcha
o’z darajasidan kelib chiqib atrofga baho beradi. Hikoyada ma’lum bir mansab, ish
oldidagi burchlardan ko’ra insoniylikni ustun deb bilgan, inson qadrini oliy
qadryatga aylantirgan Omondavlat singari kichik odamlar obrazi ham bor. Ularning
ma’naviyatli dunyosi, insoniyligi quruqshagan katta odamlar obraziga zid qo’yilgan
holda ochib beriladi. Ularni dastlabki to’qnashishiga e’tibor bering, bolasi uyni biroz
to’zitgani uchun jahli chiqqan Xudoyqul Omondavlatga qarata : “- Jon jo’ra
oyog’ingdiyam, naskingdiyam yuvib kel vannaga borib”
3
,- degan gapi uni ko’ngliga
nechog’lik og’ir botmasin, bu voqeadan ham yaxshilik qidiruvchi soddadil
qahramon: Balog’atga yetganidan beri bunaqa dashnom eshitmagani uchunmi,
ko’ngli singandek bo’ldi. Ammo keyinroq picha g’ashligini bosib, shaharda uylar tor,
shuning uchun o’zimga sezilmagan ter hidi uyga taralgan chiqar, begona bo’lsam
betimga aytarmidi deb o’ylab qo’ydi”
4
. Muallif tomonidan bu holatga : “Chamasi
o’ziga shunday deb tasalli berdi”
5
,- deya ta’rif beriladi. Bu esa har bir voqeadan
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi,O’. Sobir.Tarvuz.-Toshkent.,Kamalak,1993.- B 5.
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
4
O’sha manba.
5
O’sha manba.
19
hikmat, ya’ni yaxshilik qidiruvchi, ko’ngli pok o’zbekning asl ko’rinishi emasmi?
Bundan tashqari qahramonimiz Olloh berganiga shukur qiluvchi, soddadil insonlar
xususuyatlarini ham o’zida mujassam etgan obraz. Yuqorida aytib o’tganimizdek
Xudoyqul fikr-u zikri mol-dunyo orttirish bo’lgan, tilida “pul topish ancha mushkul
bo’lib ketgani, birovga bergan pulingniyam, molingniyam qaytib olish o’limdan
og’irligini”
1
aytib to’xtamaydigan – katta odam. Uning nazdida, u kabi mol-dunyo
orttirmagan go’yoki, Omonqul ”kichik odam”lardan – biri. Omonqul - boriga shukur
qilishni biladi, hatto, do’stini ham bunga da’vat etmoqchi bo’ladi. Harholda, u
do’stining gaplaridan so’ng “hayron bo’ldi, uyning har tarafi yaltirab turushi,
televizor, mebellarning bahosini o’ylagan bo’ldi, hovli qurayotgani, qanaqadir chet
el mashinasini minib yurganini eshitgan, miyasining bir chekkasida hammasi g’imir-
g’imir e’tirozlar uyg’otib, noshukur bo’lmaslikka da’vat qilmoqchi bo’ldi-yu”
2
andisha yo’l qo’ymadimi, yoki birovning dilini og’ritish, xullas, aytmadi. Suhbat
davomida dehqonning bir necha oylik daromadi hisoblangan o’n besh mimg so’m,
shaharliklar uchun bir kunlik ham daromat manbai emasligini Xudoyquldan
eshitgan qahramonimiz holatiga e’tibor bering: “Omondavlat “yog’-e” deya
televizordan ko’zini uzib jo’rasiga qaradi, ishonish-ishinmaslikni bilmadi”
3
.
Omondavlatning do’sti gapiga ishonib, ko’rayotgan narsasini-da unitgan holda u
tomonga tikilishi, uning nechoglik soddaligidan dalolat bersa, bu holat shunchalik
lablarning samimiy jilmayishiga ham sababchi bo’ladi. Bolalikdagi do’stining uyiga
Omondavlatni sog’inch, bolalik xotiralari yetaklab kelgan edi. Endi u : ” Bu kishi
oldingi qadrdon sinfdoshi emas, tamom begona odamga aylanib bo’lganini his eta
boshladi, afsuslanishini-da, begonasirashini-da bilmadi. Bilgani shu bo’ldiki, ayni
kezda o’zi ham, bola-chaqasi ham ortiqcha ekan”
4
. Soxta tabassum, manfaatga
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi,O’. Sobir.Tarvuz.-Toshkent.,Kamalak,1993.- B 5.
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
4
O’sha manba.
20
qurilgan munosabatlar ustunlik qilgan mezbon uyiga Omondavlat singari odamlar
ortiqchalik qilishi mumkin, ammo butun olam, kurrai zamin bu kabi ma’naviyatli
shaxslarga hamisha muhtoj. Muallif tili bilan aytganda ular baxtni billur
qadaxlardagi mayda deb bilmaydi. Ular: “Qishloqning to’yida yelim va spool
piyolalarda vino ichib xursand bo’lib yurgan”
1
,- baxtini birlikda deb biluvchi
shaxsdir.
Ming afsus bilan e’tirof etishimiz mumkinki, istiqlol davri odamlari erishgan
yutuqlari bilan bir qatorda “KATTALIK” kasaliga ham yo’liqmoqdalar. Azizlarim,
agar, ushbu kasallik sizning ham vujudingizni kemira boshlagan bo’lsa, darrov
undan xalos bo’ling. Umr yo’lida baxt, asl zavq izlab sayohatga chiqqan sayyoh
ortiqcha yuklardan xalos bo’lmog’I lozim. Yo’qsa, u yuklarning o’zi seni baxting va
hayoting lazzatidan mahrum eradi. Unutma, dunyoni tutib turgan serbargli azim
chinor emas, balki uni-da hayotligini ta’minlovchi, ne’mati beminnat – tuproq!
Gap inson uning ma’naviy olami xususida ketayotgan ekan, beixtiyor Ulug’bek
Hamdamning ushbu jumlalari yodingizga tushadi: “Inson mantiq farzandi. Bas,
ichimizga azaldan joylashgan mantiq bizni yorug’lik, ezgulik, adolat va yaratishga
undaydi. Aslo zulmat, yovuzlik, g’irromlik va buzg’unchilikka xizmat qilishga
chorlamaydi”
2
. Ana shunday mantiqqa ega, qalb amri bilan ish tutuvchi kichik odam
obrazlaridan biri Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura” qahramonlaridan biri
Yunus tog’a edi. Yunus tog’adagi barcha kichik odam obrazlarida bo’lgani kabi
o’zidan ko’ra ko’proq o’zgalarni o’ylash, ular uchun kuyukuvchanlik kabi fazilatlar
barcha insoniyat uchun ko’zgu vazifasini o’taydi. Tog’aning o’zga hududdan o’t
o’rishgani uchun jiyani yuziga tushirilgan tarsakidan so’ng qanday ahvolga
tushganiga e’tibor beraylik: “Hamma yog’I jiqqa ho’l bo’lgan Yunus tog’a suvdan
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi,O’. Sobir.Tarvuz.-Toshkent.,Kamalak,1993.- B 5.
2
H.Ulug’bek.Ruhni uyg’otguvchi so’z.-Toshkent.,Turon zamin ziyo,2017.- B 160.
21
chiqa solib, Dadaxonga tashlandi: “Meni ursang, ur, lekin bolaga nega qo’l
ko’tarasan, nomard”. Dadaxon kichik va oriq jussali Yunus tog’ani azot ko’tarib oldi-
yu suvga yana shaloplatib otib yubordi.
- Ah!.. deya qichqirib yubordi tog’a”
1
Og’riq azobi , dard zahmidan o’zi uchun shu birgina so’zni tilidan chiqardi
xolos. Shunday ahvolida ham u jiyanini o’ylardi: “Yomon urmadimi seni? – so’radi
tog’a ayiq qiyisiga tirmashib chiqarkan”
2
. Jiyani ahvolidan havotirlangan tog’a,
o’roq ustiga tushib jarohatlangan oyoq og’rig’ini ham sezmas, sezsa ham parvo
qilmasdi. Tog’aning beparvoligi joni og’riq sezmasligidan emas, yaqinini azobga
qo’ymaslikdan edi. Agar bunday bo’lmaganida edi biroz fursatdan so’ng bu holat
tog’aning hushidan ketishi bilan tugamas edi. O’zgalar uchun kuyikish, o’zidan ham,
hatto o’z jonidan ham ularni halovatini aziz deb bilish ko’rib turganingizdek Yunus
tog’a singari kichik odam obrazlariga yot. O’tkir Hoshimov tabiri bilan aytganda:
“Oyog’i yerdan uzilmagan”
3
ma’naviy qiyofasini saqlab qolgan odan edi – u. Yara
qorasonga aylangach, doktorlar bir oyog’ini kesib tashlagandan so’ng, ushbu yara
hayotiga zomin bo’lishini bilgan tog’aning jiyani bilan bo’lgan suhbatiga e’tibor
bering:
“- Mayli, men birortasidan yuboraman, xavotir olmang, -Kozimjon gapni shu
ohangda gapirdiki, tog’a jiyanining judayam shoshib turganini tushundi.
- Kechir jiyan, ishingni ko’pida seniyam tashvishga qo’ydim… - siniqib
uzrxonlik qidi Yunus tog’a…
- Hechqisi yo’q, tog’a, tuzalib keting… Lekin kozimjonning ishi ko’p emasmi,
qishloqa pul yuborishni unutgandi o’shanda… Tog’a bo’lsa… tog’a boshqa telefon
qilmadi…”
4
Hatto, o’limi arafasida ham jiyani halovatini o’ylab , uni qimmatli
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-Toshkent.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32.
2
O’sha manba.
3
Hoshimov O’.Daftar hoshiyasidagi bitiklar.-Toshkent.,Sharq,2015.- B 5.
4
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-Toshkent.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32.
22
vaqtini olmaslik uchun, davlati lim-lim bo’lib yotgniga qaramay uni bezovta
qilmadi, indamay bu olamdan ko’z yumdi. Yunus tog’a kambag’alchilikda bor-
yo’g’I ellik, ellik besh yil umr ko’rgan bo’lsa-da, u bashariyat insonlari uchun
odamiylik haykali bo’lib qoldi. Bor - yo’g’ini jiyaniga ilingan tog’aning boshiga
dard tushganini bilib turib arzimagan ishlar tufayli “Johil bo’lib yashagandan
qashshoqlikda yashash a’loroqdir,- deydi Aristipp. – Chunki qashshoqlar puldan,
nodonlar esa odamgarchilikdan mahrumdirlar”
1
Yuqorida biz kichik odam obrazlarining axloqi bilan tanishish orqli ma’naviy
olamimizni boyitib oldik. Biz kitobxonlarga ma’naviy saboq berishda Zulfiya
Qurolboy qizi o’zining “Xoliq amaki” hikoyasida kichik odam obrazidan o’zgacha
bir usulda foydalanadi. Ya’ni, kamsuqum, oddiy xalq vakili bo’lgan Xoliq amakini,
negadir hech kim qadrlamaydi, hatto hurmat qilmaydi. Bu holatga muallif
quyidagicha ta’rif bergan: “Qishloq ahli teng-to’shlari, hatto bolalar ham uni pisand
qilmasligini aniq bilaman. Negadir hamma til-zabotli jonzod borki, o’zini yuqori
tutib muomala qilardi.Bolalar ham unga salom berishga erinishardi”
2
. Qishloq ahli
Xoliq amakini hurmat qilishi u yoqda tursin, ko’proq tazyiq o’tkazishganiga
(Narziqul rais, Norto’xta qo’shnisining unga qilgan zulmi bilan yuqorida tanishgan
edik) guvohi bo’lganmiz. Ayniqsa ko’cha bezorilari bilan bo’lgan munosabat, inson
dilini o’rtab, tuyg’ularini jumbushga keltiradi. Ular qaysidir mish-mishga tayangan
holda Xoliq amakiga qo’l ko’tarish darajasiga ham borishadi. Voqeaning asl kelib
chiqishi tafsiloti xususida muallif: “Keyinchalik, ma’lum bo’lishicha, o’sha
yigitlarni “o’g’ri” deb atagan kimsa Narziqul rais ekan. Tabiiyki, bu gapni poygakda
o’tirgan Xoliq amaki ham eshitgan. Narziqul raisning bir uy odam eshitgan gapi
qumga tushgan tomchidek singib, yo’q bo’lib ketgan-u, Xoliq amakining
qo’shnisiga xufiya aytgan so’zi “bolalab” ketgan”
3
,- degan fikrni aytadi. Shu o’rinda
beixtiyor O’tkir Hoshimovning hayot haqiqatiga aylangan quyidagi jumlalari
1
100 mumtoz faylasuf.-Toshkent.,Yangi asr avlodi,2013.- B 75.
2
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-Toshkent.,O’zbekiston,2017.- B 187.
3
O’sha manba. – B 189.
23
yodingizga tushadi: “Boy gerdaysa – salobat. Kambag’al ta’zim qilsa – xushomad.
Boy gapirsa – donolik. Kambag’al sukut saqlasa – nodonlik. Boy “Mersades” olsa
kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa – manmanlik. Boy jinoyat qilsa – sho’xlik.
Kambag’al sho’xlik qilsa – jinoyat. Boy o’lsa – motam. Kambag’al o’lsa –
“bandalik”
1
. Xoliq amakining aybi kambag’alligi, yoki bir jamiyatning soddadil,
indamas kichik odamligidami? Muallif rais bilan bo’lgan ko’ngilsiz voqeadan so’ng:
“Narziqul raisni bir umrga yomon ko’rib qoldim”
2
,- deganidek, shu kabi
hodisalardan keyin kitobxonning ham ko’nglida ular kabi ma’naviyatsiz shaxslarga
nisbatan nafrat uyg’otadi. Xoliq amaki kabi insonlarni hikoya qilgingiz, ularning
haq-huquqlari uchun kurashgingiz keladi. Xoliq amakini yuziga tushgan tarsaki
sizning g’ururingiz, oriyatingiz, kattalarga nisbatan hurmat saqlab kelgan
vijdoningizga zarba beradi. Og’riqdan to’lg’ongan yurak, tanangizni boshqarib
kelayotgan aqlga o’z ta’sirini o’tkaza boshlaydi. Bizningcha, adiba Zulfiya
Qurolboy qizining ushbu hikoyada ijodiy fazilatlar egasi kichik odam obrazini aynan
shunday, ya’ni boshqalar oldida ojiz qilib tasvirlashdan maqsad ham shu bo’lgan.
Ko’ngilning qayeridadir pinhon yashayotgan ma’naviy tuyg’ularnijumbushga
keltirish, ularni hayotga qaytarish ham! Arzimagan iltifotdan benihoya xursand
bo’lgan Xoliq amaki ahvolini ko’rar ekansiz, siz ham shunday buyuk ishlarga qo’l
urgungiz, ahamiyatsiz deb bilgan ishingiz tufayli kimlarnidir xursand qilgingiz
keladi. Avtobusda sodir bo’lgan, unga o’zgalar tomonidan joy berilgandan keying
holat: “O’rindiqqa yastanibroq joylashib olarkan, cheksiz baxtiyor kimsadek atrofga
ko’z tashladi. Nazarimda yigitning joy berganidan tashqari, hurmat bilan “bobo”
degani uni xursand qilib yuborgandi. “Rahmat, bolam, rahmat”,- deganda sakson –
to’qsonni urib qo’ygan chollardek salobat bilan gapirgandi-da. Xursand bo’lib
ketganida qisiq, mitti ko’zlari yaltirab ketishini o’shanda ko’rganman. Keyinchalik,
1
Hoshimov O’.Daftar hoshiyasidagi bitiklar.-Toshkent.Sharq,2015.- B 143.
2
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-Toshkent.,O’zbekiston,2017.- B 187.
24
yoshim sal ulg’aygach, mehrga zor odamgina arzimagan iltifotdan ham o’zini
yo’qotib qo’yishini anglab yetdim”
1
Ma’naviy-marifiy masalalar talqinida ayrim ijodkorlar kichik odam obrazidan
namuna sifatida foydalangan bo’lsa, yana kimlardir ularning zabun holini ko’rsatgan
holda insoniy tuyg’ularni himoyasiga otlantiradi. Ayrim ijodkorlar “Odobni
beodobdan o’rgan” maqolidan unumli foydalanib, kichik odam obrazlarining
axloqsiz vakillarini qalamga oladi. Yozuvchilarda ma’naviy olami quruqshagan,
risoladagi odamlarday fikrlash va o’zgalarn tuyish saodatidan mahrum bo’lgan
ma’naviyatsiz kimsalarni tasvirlash mahorati shakllanayotganligi ham quvonarli
hol. Sh.Bo’tayevning “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, A.Yo’ldoshevning
“So’qir” hikoyasida aynan shu xildagi qahramonlar tasvir etilgan. Hozir biz sizlar
bilan ushbu masalalarga oid jihati bo’lgan Sobir O’narning “Tegirmonchining
bolasi” hikoyasi bilan tanishib o’tamiz. Hayot oqar daryo deganlaridek kuch-
quvvatga to’lgan, katta bir tegirmonni bir o’zi harakatga keltiruvchi Mardiboy bobo
ham bir kun kelib quvvatdan qoladi. Boyligining asosiy qismi unumdor yerlarini
kichik o’g’liga me’ros qilib qoldirganidan keyin bunga javoban katta o’g’li, kap-
katta boshiga yarashmagan janjal chiqaradi: “Bir gal o’g’li otasi tahoratga ko’tarib
chiqqan mis oftabasini qo’lidan tortib olib, boshiga tushurganini ham ko’rdik. Ha,
biz bolalik, murg’ak ko’zimiz bilan ko’rib dodlab yubordik. Cholning boshidan qon
otilar edi. So’ngra u qonga bo’yalgan ko’yi, yonboshiga munkib tushdi”
2
. Dastlab
bizga muallif tomonidan bolaligida, tirik baliqni yutgan holda tanishtirilgan
tegirmonchining bolasini bu holati ko’ngilni behuzur qilsa, yuqoridagi vahshiyligi
esa ko’ngil qolishiga, bu kabi insonlarga nisbatan qalbimizda nafrat uyg’onishiga
sababchi bo’ladi. Keyinchalik “Bu dunyo qaytar dunyo” deganlaridek hikoya
so’ngida noshud kichik odam obrazi hisoblanmish tegirmonchining bolasi ham, o’z
bolasi tomonidan o’ldirilganini bilaganimizdan so’ng “Xudoyim, bunday
1
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-Toshkent.,O’zbekiston,2017.- B 186.
2
O’. Sobir.Bibisora.-Toshkent.,O’zbekiston,2011.- B 264.
25
odamlardan o’zing asra” degan fikr xayolimizdan o’tadi. Shunday odam bo’lib
qolishdan ham, astag’furullog’!..
Hayotda ro’y bergan deyarli hamma hodisalarning faqat sirti idrok etiladi xolos.
Mohiyat, ichki jihat, sabab oqibat bog’lanishlari, ko’ngil, tuyg’ular silsilasi hayot
hodisalarining ichida pinhon bo’lib qolaveradi. Hayot uchun natija muhim. Adabiyot
esa – jarayon. Shu ma’noda, adabiyotning adabiyotligi ham hayotga
o’xshamasligida, unga qaraganda ko’lamliroq, chuqurroq ekanligidadir. Shuning
uchun ham hayotdagiga o’xshamagan tasvirlar milliy hikoyachiligimizda keng
yoyilib bormoqda. Bu o’rinda Zulfiya Qurolboy qizining “Tafakkur” hikoyasi
istiqlol davri o’zbek hikoyachiligida alohida mavqe va o’ringa ega. Ushbu hikoyada
insonning nafaqat ko’ngil dunyosi, balki tafakkur, ong tushunchalarini ilg’ab
bo’lmas, aqlga sig’mas kuch-quvvati qalamga olingan. Hikoya qahramoni kichik
odam obrazi hisoblanmish Tangriberdi shahmatga mehr qo’yar ekan, bu ishtiyoq
orqasidan juda ko’p qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Ota-onasidan umid
bo’lmagach, domlasini shaxmat olib kelib berishini bir necha oy kutishdan
boshlangan bola qiyinchiligi, Egamberdi raisning yollangan odamlari tomonidan
yetkazilgan jabr orqali to’shakka mixlanib qolishi bilan tugaydi. Ota-ona vafotidan
so’ng qarovsiz qolgan Tangriberdi holatiga muallif tomonidan quyidagicha ta’rif
beriladi: “U ozib, cho’p bo’lib qolgandi. Xuddi mo’miyolangan jasaddek kundan
kun kichrayib, yemirilib bormoqda edi. Qalbida hamma narsa ayqash-uyqash bo’lib
ketgan… Vujudidan muhabbat va samimiyat siqib chiqarilgan… Shuuri… ayovsiz
jangdan keyin huvillab qolgan qo’rg’onni eslatardi. Sovuq shamol, yelvizak hukm
surardi u yerda… Insonni yengib bo’lmaydi, deyishadi. Ammo… U jismonan
yengilgan edi”
1
. Muallif tomonidan “jismonan yangilgan”,- deya ta’rif berilgan
qahramonimizning xotirasi qaytgandan keying holati: “Nigohlari beixtiyor shaxmat
taxtasiga qadaldi. Qarashlarida favqulodda bir ziyraklik va teran ma’no aks etardi.
Muzlab qolgan tafakkurida “yilt” etib uchqun paydo bo’ldi. Uchqun asta-sekin
1
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-Toshkent.,O’zbekiston,2017.- B 186.
26
alanga olib, zulmatda qaqshab yotgan tasavvur ko’zgusini yoritib, kumushday
yaraqlatib yubordi”
1
. Ushbu lavhalar bilan tanishar ekanmiz, qahramonimizning
huvullab qolgan shuuriga qaytgan harakat, kitobxonga jo’shqinlik, o’zgacha bir
kuch beradi. Jismning harakatini taminlovchi qism o’z vazifasini o’tolmaydigan
bo’lib qolgan bo’lsa-da, ammo ong hamon kurashmoqda edi, tafakkur harakatda. Bu
esa hayotda o’z oldiga katta marralarni qo’ygan, ma’lum bir to’siqlardan
umidsizlikka uchragan shaxslarga qayta umid beradi. Orzularini hayotga qaytaradi.
“Ilojsiz narsani o’zi yo’q”ligiga yana bir bor isbot bo’ladi.
“Ruhshunoslarning aytishicha, hayotsevar odam yarim payola suvni ko’rib,
“piyolaning yarmida suv bor”, degani holda, tushkun kishi xuddi shu idishga qarab,
“uning yarmi bosh”, der ekan. Chunki birinchi holda inson piyoladagi suvni,
ikkinchisida esa piyolaning bo’sh joyini ko’rarkan. Asqad Muxtor “Tundaliklar”ida
derazadan boqib kimdir osmondagi yulduzni, kimdir yerdagi go’ngni ko’radi, degan
ma’nodagi fikrni yozib qoldirgan edi. Oriy rost, chunki har kim o’z tabiatidan kelib
chiqib olamga nazar soladi”
2
. Ammo bunday tabiat bilan go’dak dunyoga kelmaydi.
Uni atrof muhit u muloqot qilayotgan jamiyat tarbiyalaydi. Yo jaholat qotqog’i
tomon yetaklaydi, yo komillik tomon chorlaydi. Shuning uchun ham odamiylikka
oshno, ma’naviyati yuksak kichik odam obrazining istiqlol davri adabiyotida
ahamiyati beqiyosdir. Keling, “Uzoqdagi Dilnura” hikoyasining qahramonlaridan
biri qachonlardir insoniylik egasi bo’lgan Kozimjon xayollari bilan tanishaylik:
“Nega men qishloqda qolgan hozir, hozir, shu tobda ko’zlarini abadiy yumib yotgan
jigargo’sham – uzoqdagi Dilnurani, uni o’ldirgan dardni his qilmay qo’ydim?
Bularning barchasiga sabab ulardan yiroqdaligimmikan?”
3
Kozimjon tilidan
aytilgan ushbu “milt” etib o’tgan so’roq, aslida kichik odam obrazining ma’naviy –
marifiy masalalar talqinida nechog’lik katta ahamiyatga egaligi borasidagi iqror edi!
1
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-Toshkent.,O’zbekiston,2017. – B 11.
2
H. Ulug’bek.Ruhni uyg’otguvchi so’z.-Toshkent.,turon zamin ziyo,2017.- B 160.
3
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-Toshkent.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32.
|