II BOB. KICHIK ODAM OBRAZI TALQINIDA YOZUVCHI MAHORATI
MASALASI
2.1 “Kichik odamlar” obrazi talqinida yozuvchi individualligi
Badiiy asarning qiymatini belgilashda undagi har bir katta-kichik tasvirda
yozuvchining dalillash mahorati ham muhim ahamiyatga egadir. Bunda asar
syujetining markaziga hayotda bo’lib o’tgan voqealarning olinishining o’zigina
kifoya qilmaydi. Yozuvchi asardagi voqealar oqimiga kiritayotgan har bir harakatni,
har bir badiiy tasvir vositasini va har bir detalni o’z o’rniga qo’yishi, uning aynan shu
joyda kelishi zarurligi va shartligini chuqur asoslashi lozim. Boshqacharoq
aytilganda, asarda yozuvchi tomonidan kiritilayotgan har bir unsur o’zaro birikib,
yaxlit bir manzarani, hayotning muyyan bir parchasini ko’z oldimizga joylashtirib
berishi kerak. Bu manzara yana ko’zga ko’rinmas ichki kichik xalqalar bilan ham bir-
biriga mustahkam bog’lanib ketadi. Agar asarda ana shunday xususiyatga ega tasvir
yaratishga erishilgan bo’lsa bu jihat yozuvchining mahoratidan, iste’dod
darajasidan dalolat beradi. Bu dunyoda bir-biriga o’xshash xarakter egasi
bo’lmaganidek, asar yozish undagi obrazlarni yaratishda bir xil usul va uslubni
qo’llovchi yozuvchilarni ham uchratish mushkul. Aniqroq qilib aytganda,
yozuvchilarimiz istiqlol davri o’zbek hikoyachiligida Kichik odam obrazini yaratishda
o’ziga xos individual usullardan foydalanmoqdalar. So’z o’rnida Abdulla Qahhorning
yosh yozuvchilarga maslahat ma’nosida bergan interviyusidagi quyidagi so’zlarni
eslash o’rinlidir: “Kotobxonga bir fikrni anglatish yoki bir narsani tasavvur qildirish
uchun kishining boshini qotirmaydigan, ochiq, ravon va sodda til kerak.Surat
oldirayotgan kishi suratga chiroyli va kelishib tushmoqqa behuda zo’r berib,
o’zining tabiiy holatini buzganday, yozuvchi chiroyli va “qoyil qilib yozishga” behuda
zo’r bersa, adabiy asar uchun zarur bo’lgan tildagi soddalik, tabiiylik buziladi ”
1
,-
1
.Yoshlar seminariyasida so’zlangan nutqdan.
28
degan edi u. Sobir O’narning “Tarvuz” hikoyasida biz ana shunday sodda va samimiy
tilni uchratishimiz mumkin. Ushbu hikoyada muallif Kichik odam obrazini xarakterli
xususiyatlaridan biri, barchaga o’rnak vazifasini o’tovchi ma’naviy olamini ochib
berishda ushbu xislatdan yiroq bo’lgan Katta odamlar obrazidan unumli
foydalanadi. Axir, “Yomonlar ham kerak, agar ular bo’lmasa yaxshining yaxshiligi
qanday bilinsin”,- deyilgan, bobolardan qolgan gap, asrlar davomidagi kuzatishlar
natijasida vujudga kelganda. Yuqorida hikoya tilini sodda deb atadik, lekin biz
nazarda tutgan soddalik - bu har bir voqea - hodisaga muallif tomonidan izoh
berilgan, degani emas. Aksincha, ishonchli dalillar orqali kitobxonga hikoya
g’oyasini oson hazm bo’lishida. Istiqlol davri o’zbek adabiyotining asosiy
shartlaridan biri mualifning o’z kitobxoniga bo’lgan ishonchida ekanligini Qozoqboy
Yo’ldoshev “Yoniq so’z” maqolalar to’plami orqali aytib o’tib ketgan. Xullas, Sobir
O’narnin g “Tarvuz” hikoyasida jamiyatning katta va kichik vakillarini ma’naviyat
masalalari bir-biriga zid qo’yilgan holda, kichik odam obrazining axloqiy fazilatlari
ochib berilganligini ilg’ash qiyin emas. Oradan shuncha vaqt, yigirma uch yil
o’tishiga qaramay, uzoq masofani do’stining quvonchiga sherik bo’laman deb bosib
o’tgan Omondavlat obraziga qalbimizda qanchalik iliq taassurot paydo bo’lgan
bo’lsa, Xudoyqulning birodarlikni ta’minlovchi ikki oyda bir yig’ilib turuvchi o’sha
munosabat: “Ichlaringda joni bori kim o’zi?”,- deb kulmish qildi. Do’sti xafa bo’la
boshlaganini ko’rib “xo’p- xo’p”, boshqa bunday demayman, men seni masxara
qilmadim-ku”,- dedi va tag’in kuldi”
1
. “Men seni masxara qilmadim-ku”,- degan
jumla – “seni emas qishloqdagi boshqa sinfdoshlarni nazarda tutyapman, nega xafa
bo’lasan”,- degan ma’noni berib, Xudoyqul ushbu so’zlarni hazil ma’nosida
aytganini bildirsa-da, ammo ushbu so’zlardan so’ng “yana kulishi” uning uzri til
uchida, shunchaki, aytilganidan, aslida ham u “yo pulni, yo do’stlarini
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 7.
29
mensimagan”
1
ligidan dalolat beradi. Parchadagi ushbu ma’nolarni kitobxon
anglashi qiyin emas. Muallif inson ma’naviyati dunyodagi har qanday moddiy
boylikdan ustun turishini kichik odam obrazi bo’lmish Omondavlatni, katta odam
obrazi hisoblanmish Xudoyqulga qarama-qaarshi qo’yibgina qolmasdan,
qahramonimizni katta odamlar orasiga tashlaydi ham.Ularga qishloqning ehtirosli
hayotini, avloddan-avlodga o’tib kelayotgan xalqning ma’naviy boyligi hisoblanmish
baxshilar termasini ,umuman, ahamiyati yo’q. “Jingalak soch” deya ta’rif berilgan
mehmon tilidan aytilgan: “Iltimos qilamiz shu narsani aytmang”,- deya iljayishi”
2
,-
kabi jumlalarning o’zi ham fikrimizni dalillaydi. Muallifning jarayonga: “Go’yo kulgi
uchun aytilgan bo’lsayam, har qalay bu yigitlar illo-billo baxshining doston- u
termasi uchun qishloqning boyagi orzu-ehtirosga boy hayotini eshitishga-da toblari
yo’qligi sezilib turardi”
3
,- kabi izoh berib o’tishi tushunchalarimizni yanada
mustahkamlaydi. “Keyingi mehmon”lar “avvalgi mehmon”imiz Omondavlatga
e’tibor ham bermay, deyarli odam o’rnida bilmay “biri olib, biri qo’yib kim bilan
qanday shartnoma tuzgani, necha million tushurgani-yu, ularni qandoq o’zlashtirib,
nimaga sarflashlari, tushunarsiz uslublari xususida so’zla”
4
shishlarini ko’rib,
hayotning birlamchi mazmunini, inson baxtini faqat pul topa bilishda deb
bilganlarga nisbatan yuragingizda achinish paydo bo’ladi. Omondavlat xayoliga
hikoya so’ngida kelgan: “Bular bizga teng emas, butkul boshqa odamlar ekan,
bachchag’arlar, degan koyishga o’xshash bir shiddatli o’y muhrlandi”
5
, jumlasi,
qahramonimizni ularga o’xshamaganidan attang qilishi emas, balki ular davrasiga
noo’rin kelib qolganligidan paydo bo’lganligini anglatadi. Omondavlat his qilgan
haqiqatni anglab yetgan kitobxon, bu dunyoda odamiylik, insoniylik kabi
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 7.
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
4
O’sha manba.
5
O’sha manba.
30
tushunchalar har qanday moddiy boylikdan ustun turishini, katta odamlar obrazi
dunyoqarashiga zid tasvirlangan kichik odam obrazining ma’naviyati
orqali teranroq idrok etadi. Bu esa Sobir O’narning istiqlol davri o’zbek adabiyoti
hikoyachiligida kichik odam obrazini xarakterli xususiyatlarini ochib berishdagi
o’ziga xos individual usullardan mahorat bilan foydalanganligidan dalolat beradi.
“Adabiyotshunoslik va stilistikada allaqachon badiiy detaldan keng foydalanish
holati muallifning individual uslubiga muhim ko’rsatkich sifatida xizmat qilishi
e’tirof etilgan”
1
ligi istiqlol davri o’zbek adabiyoti hikoyachilik janrida kichik odam
obrazini ochib berishdagi Sobir O’narning navbatdagi o’ziga xos usulini talqin
etishimizga zamin yaratadi. Istiqlol davri namoyondalari Sobir O’nar hamda
Ulug’bek Hamdam, Erkin A’zam, Isajon Sulton va Zulfiya Qurolboy qizining
hikoyalaridagi obrazlar talqiniga diqqatimizni qaratadigan bo’lsak, boshqa
yozuvchilardan farqli o’laroq Sobir O’nar kichik odam obrazini ochib berishda
“Tarvuz” hikoyasida tarvuzdan o’ziga xos bir detal sifatida foydalanadi. Qaysidir
tomoni bilan ushbu usul Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasini yodga solidi. Bu esa
XX asr nafasi, XXI asrda ham o’z uchqunlarini ko’rsatayotganidan nishona. Abdulla
Qahhorning “Anor” hikoyasidagi anor detali hikoyaning bosh g’oyasi bo’lmish
kambag’alchilik har qanday baxtli oila munosabatiga salbiy tus berishini
ko’rsatishda asosiy unsir vazifasini o’tagan. Ayni shular xususida Umurzoq
O’ljaboyev “Hikoyachilikda davr nafasi” asari orqali quyidagi fikrlarni aytadi: “Bu
asarning asosida kambag’alchilik, qo’li kaltalik inson uchun qanchalik og’ir fojia
ekanligini ko’rsatib berishdek bir g’oya turadi”
2
. Sobir O’narning “Tarvuz”
hikoyasidagi tarvuz detali ham hikoyaning bosh g’oyasini talqin etishda xuddi
shunday dastlabki unsurlardan biri hisoblanadi. Qadriga yarasha qadr topmagan,
axlatdan joy olgan tarvuz shunchaki poliz ekini emas, balki yer yuzida odamiylikni
1
O’zbek tili va adabiyoti.S.Rahimov.Adabiyotshunoslikda badiiy detal. –Toshkent.-2010. - B 66.
2
O’ljaboyev U.Hikoyachilikda davr nafasi.-T.,Turon zamin ziyo,2016.- B 69.
31
bayroq qilib tutuvchi inson timsoli edi. Uni xudoyqullar tilidan qadrsizlanishi esa
kishi qalbida norozilik kayfiyatini uyg’otadi. Bu kabi norozilik kitobxon ma’naviyatini
boyishiga xizmat qiladi. Detalni muallif hikoya nomi darajasiga ko’tarishi uni bu
usuldan mahorat bilan foydalanganligidan dalolat beradi.
Serqirra ijodkorlardan biri Ulug’bek Hamdam :“Uslubingizni o’zgartirish
niyatingiz bormi?,- deya berilgan savolga, - Men o’zimni rang–barang uslubda
qalam tebratuvchi ijodkorlar safiga qo’shib yursam-u, siz yana uslub o’zgartirish
haqida so’rayapsiz”
1
, - deya javob beradi. Shu suhbatning o’zida : “Muvozanat”
realistik, “Isyon va itoat” shartli-ramziy, “Sabo va Samandar” liro-romantik ruhda,
shunga yarasha uslublarda yozilgan. “Yolg’izlik” nomli qissam esa tamomila biz
ko’nikkan syujetlarsiz qog’ozga tushgan. Uning modern tabiati boshqa
asarlarimdagi realistik uslubdan tamomila farq qiladi”
2
,- deya aytib o’tgan. Ana
shunday turli xil usullarda samarali qalam tebratgan yozuvchimiz istiqlol davri
kichik odam obrazi talqinida o’ziga xos yo’nalishlardan foydalanadi. Yozuvchining
obrazlar yaratishdagi individualligini “Uzoqdagi Dilnura” hikoyasi orqali ko’rib
o’tsak. Kuzatishlarimiz samarasi o’laroq, kichik odam obrazini insoniyatning
ma’naviyati masalasida nechog’lik ahamiyatga ega ekanligini bilib oldik. “Uzoqdagi
Dilnura” ana shunday masalalar talqin etilgan hikoya hisoblanadi. Yozuvchi
mahoratini qaranki, Kozimjon obrazi orqali kichik odam obrazining axloqiy
qarashlarini ochibgina qolmasdan, balki ularni bugungi, hamma o’zini davr bilan
hamnafas bo’lishga intilayotgan zamonda, nechog’lik darkor ekanliklarini ham
yoritib bergan. Bunda muallif qahramonlarimiz ta’sirida Kozimjonda vujudga kelgan
iqrordan foydalanadi. Hayotning asl mohiyati, umrning o’tkinchi ekanligi-yu, bu
hayot haqiqati oldida barchamiz ojizligimizga qaratilgan dastlanki iqror: “Nega,
nima uchun?- derdi ichida kimdir. Axir, bor – yo’g’i ertalab butunlay boshqa odam
1
H.Ulug’bek.Ruhni uyg’otguvchi so’z.-T.,Turon zamin ziyo,2017.- B 332.
2
O’sha manba.
32
edim-ku!.. Go’yo hamma narsaga qodir edim. Endi-chi, endi?.. Endi nega bunday
abgorman? Qaysi dunyoga tushib qoldim men?..”
1
Tog’asi marakasida jiyanlik
burchini ado etayotgan Kozimjon xayolidan o’tgan navbatdagi o’ylar asar g’oyasini
singdirishda keyingi pog’ana vazifasini o’taydi. O’sha o’ylarga muallif tomonidan
berilgan ta’rif: “Kozimjon dunyo, umr, hayot deganlarining asl holini – ibtido va
intihosini qalb ko’zi bilan ko’rgandek his qildi o’zini. His qildi-yu, ajab hollarga
tushdi: o’zining o’sha son-sanoqsiz odamlardan-yo’lovchilardan zarracha farqi
yo’qligini angladi”
2
. Boshqa hikoyalarda qaysidir usullar bilan kitobxonlarga
singdirilgan tushunchalar, Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura” hikoyasida
Kozimjon obrazi tilidan ifodalanmoqda. Bu shunchaki, o’ylar emas. Bu kichik odam
obrazining alamli hayoti natijasida vujudga kelgan xulosa. Bizningcha, yozuvchi
aynan shunday usuldan bormasa, hikoyaning ta’sir kuchi bu darajada bo’lmas edi.
Chunki boshqa hikoyalarda ma’naviy olami quruqshamagan kichik odam
obrazlarining bugungi kundagi ahamiyatini his etish kitobxonning o’ziga tashlangan
bo’lsa, ushbu hikoyada qahramonning o’zi ham bu haqiqatni bir muddat bo’lsa-da
his qiladi. Shaharga qaytib faqat buguni uchun yashay boshlagan Kozimjon o’ylariga
e’tibor beraylik: “Dilnuraning,onasining faryodlari qotib ketgan dilimni yumshatgan
edi-ku! Qani o’sha yig’lagan qalb?”
3
Qahramon tilidan ritorik so’roq gap singari
yangragan savolga, muallif, katta odam obrazi Kozimjon tomonidan: “Hammasiga
sabab ularning mendan uzoqda-ko’rar ko’zlarimdan yiroqda yashaganliklarimi?”
4
,-
deya javob beradi. Asardagi ushbu jumla, muallifning, qahramon orqali barcha
kitobxonlarga kichik odam obrazining bugungi hayotimizdagi o’rniga qarata aytgan
so’zlaridir.
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-T.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32.
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
4
O’sha manba.
33
Hayotda sodir bo’layotgan voqealarni, undagi tinim bilmas odamlarni hech
e’tibor bilan kuzatganmisiz? Inson atalmish zod taniga jon tashrif buyuribdiki, u
tinimsiz harakatda faoliyatda bo’ladi. Shu jarayonlarni o’zgacha nigoh bilan
kuzatgan, modern adabiyot vakili Isajon Sulton “TODD” hikoyasini 1999-yil
kitobxonlar e’tiboriga havola qildi. Hayot tushunchasi, undagi voqea-hodisalarni,
hech kim bilmagan , his qilmagan tomonlari qalamga olingan asar O’tkir Hoshimov
ta’biri bilan aytganda “Ikki odil hakam: kitobxon va vaqt sinovidan”
1
o’ta oladi.
Isajon Sultonning “TODD” hikoyasi ana shunday asarlar sirasiga kiradi desak,
bizningcha,
mubolag’a
bo’lmaydi.
Kichik
odam
obrazining
xarakterli
xususiyatlaridan biri ularning tinim bilmasliklarida ekanligini yuqorida ko’rib o’tgan
edik. Balki, shuning uchundir muallif hayot falsafasini yoritishda Kichik odam obrazi
vakillaridan biri Mamasiddiq pishshiq obrazidan foydalanganligi. Unga o’g’li
tomonidan quyidagi ta’rif beriladi: “O’ylab qarasam, otam lagerlardagina emas,
butun umri davomida yugurib yashabdi.Kechani kecha, kunduzni kunduz demabdi.
Bolam, debdi. Ro’zg’orim, debdi…”
2
Bu kabi xatti-harakatlar barcha Odam Ato
farzandlariga xos desak, bizningcha, xato bo’lmaydi. Obraz yaratishda muallif
falsafiy mushohadakorlikdan unumli foydalanganligini qahramonimizga TODD
tilidan aytilgan quyidagi jumlalar orqali izohlasak: “Senlar meni yomon ko’rasanlar,
bilaman. Ammo, hayot mendan ko’ra beshafqatroq, senlarni bu yugurishingdan
ko’ra million marta murakkabroq”
3
. Yugurishdan to’xtaganni nobud qilishga-da
qodir bo’lgan TODD, hayotning undan-da beshafqat ekanligini ta’kidlagandan
so’ng, uni murakkablik tomonlarini izohlab ham beradi: “U senga marra qaydaligini
aytmaydi, qay tarafga qarab chopishni, qancha chaqirim yugurishing kerakligini
ko’rsatmaydi.Barini o’zing topasan, o’zing hal qilasan…”
4
Obraz yaratishda falsafiy
1
Hoshimov O’.Daftar hoshiyasidagi bitiklar.-T.,Sharq,2015.- B 56.
2
S.Isajon.Boqiy darbadar.-T.,O’zbekiston,2001.- B 157.
3
O’sha manba.
4
O’sha manba.
34
mushohadakorlikni asos qilib olgan yozuvchi bir-birini to’ldirib, asarning bosh
g’oyasiga xizmat qiluvchi xalqalarni vujudga keltiradi. TODD obrazi orqali aytilgan
fikrlarni hayotdagi isboti sifatida muallif hikoyadagi kichik odam obrazlari
hisoblanmish Mamasiddiq pishshiq, hamda uning o’g’illari hayotini, pishshiqning
katta o’g’li tomonidan hikoya qilib beradi. O’g’ilning o’z hayotiga bergan bahosi: “
Keyin o’z hayotimga razm solaman. Razm solaman-u yana o’sha manzarani
ko’raman: ukalarimning bari ro’zg’orim deb yelib, yuguryapti. O’zim ham bolam-
chaqam deb tinmayman”
1
. Siz-u, bizga shuningdek, istiqlol davri o’zbek
adabiyotidagi Kichik odam obrazlarigada xos bo’lgan hayot tarzini o’zgacha rang
tasvirlarda bayon etayotgan yozuvchi, ko’plab insonlarni yugurishga majbur etgan
Toddning ma’nosini ochib berish orqali hikoya g’oyasidagi so’nggi xalqani ham
ulaydi. Asar g’oyasini teranroq his etishga undovchi, o’quvchini o’tkir fikrlashga
chorlovchi mana o’sha ma’no: “Nemis zobitining ismi bo’lmish “Todd” so’zining
o’zbekchadagi ma’nosi “O’lim” bo’lib chiqqanini nima deb izohlasa bo’ladi? Tasodif
deyinmi? Yo bir haqiqat?”
1
Bizningcha, yozuvchi hikoya g’oyasini ochib berishdagi
asosiy xalqalardan biri vazifasini kichik odam obraziga yuklaydi. Obrazlarga falsafiy
mushohadakorlik bilan yondashish hikoyadagi yozuvchi individualligini namoyish
qiladi.
1
S.Isajon. Boqiy darbadar. –T.,O’zbekiston,2001. - B 159.
|