1
Zulfiya Qurolboy qizi.qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 64.
47
XULOSA
Istiqlol davri o’zbek hikoyachiligida janrida Kichik odam obrazi o’zini to’laqonli
ravishda namoyish etdi. Jamiyatda tutgan o’rniga nisbatan shartli ravishda “kichik
odam” deya nom olgan bu obraz o’zining ma’naviyati, indamasligi, tinim bilmas,
tirishqoqligi bilan xarakterlanadi. Ularni badiiy adabiyotga to’laqonliroq tasvirda
kirib kelishini Ulug’bek Hamdamning “Yolg’izlik” qissasi qahramoni yosh yozuvchi
yigit xayolon o’z kitobxoniga qilgan murojaati orqali izohlashni boshlasak:
“Tushunyapsanmi, o’quvchi, yozuvchining mehnati-yu asarlari qimmati qay
darajada ekanini idrok etyapsanmi? Yozish-chorasizlikdan bosh urilgan chora bo’ldi
menga! Yozish bu- alamidan o’zini qayerga qo’yishni bilmagan odamning oq
qog’ozdan bunyod etilgan devorga gurs-gurs urib, hovuridan tushmak”
1
. Ushbu
hovurni vujudga keltiruvchi kuch ijodkorlar tilida ilhom deb ataladi. Haqiqiy, umri
boqiy asar yaratishda yozuvchiga, dastavval, ana shunday ilhom zarurligini Abdulla
Qahhor ham ta’kidlab: “Yaxshi asar-o’quvchini maftun qiladigan asar, faqat ilhom
bilan yozilgan asar”
2
,- deya aytib o’tadi. Yozilishi shartligidan emas, balki ana
shunday kuchli ilhom ta’sirida yaratilgan, istiqlol davri o’zbek adabiyoti
na’munalariga Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura”, Sobir O’narning
“Tarvuz”, “Tegirmonchining bolasi”, Erkin A’zamning “Aralashqo’rg’on”,
“Bog’bolalik Ko’kaldosh”, “Fayzining amakisi”, Isajon Sultonning “TODD”, Zulfiya
Qurolboy qizining “Xoliq amaki”, “Qadimiy qo’shiq”, “Tafakkur” hikoyalarini
kiritishimiz mumkin. Ulardagi shartli ravishda “kichik odam” obrazi deya
o’rganayotgan qahramonlarimizni talqin etishda yozuvchilarning har birida
individual yondashuv borligini tahlillarda ko’rib o’tdik. Abdulla Qahhorning:” Yaxshi
1
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-T.,Yangi asr avlodi,2006.- B 92.
2
Yoshlar seminariyasida so’zlagan nutqidan.
48
asar ilhomning natijasi, ilhom his qilishning natijasi”
1
,- deya aytib o’tgan fikrlariga
tayanadigan bo’lsak, Kichik odam obrazlarining nekbin tuyg’ulari, ma’naviy olami
yoritilgan asarlar ham teran his etilib, moshohadakorlik bilan qalamga olinmoqda.
Istiqlol davri o’zbek hikoyachiligida qalam tebratib
kelayotgan nosirlarimiz kichik
odam obraziga murojaat etib dunyoni, undagi har bir moddiy boylikni o’tkinchi
ekanligini, insonning insoniyligini ta’min etuvchi uning ma’naviyati, qalb
dunyosiligini kitobxonlarga his qildirmoqdalar. Bu o’rinda Abdulla Qahhor
aytganiday:“Bilgan bilib qo’yaverishi mumkin. His qilgan his qilib qo’yavermaydi.
Adabiyotning zo’r tashviqiy kuchi ham shundan iborat. His qilish-
munosabat,munosabat-faoliyat demakdir”
2
,- degan jumlalarini eslash joiz deb
o’ylaymiz.
“Har bir yaxshi asarning mehrigiyosi boshqa yaxshi asarning mehrigiyosiga
o’xshamaganligi uchun yaxshi”
3
,- degan fikrlarni anglagan holda yozuvchilarimiz
kichik odam obrazini yoritishda o’ziga xos individual usullardan foydalanmoqdalar.
Ularni xarakterli xususiyatlarini dalillashda qo’llagan detallari ham shular
jumlasidan.
Istiqlol davri o’zbek hikoyalarini o’rganish natijasida shu xulosaga keldikki,
yozuvchilarimiz inson ma’naviy olamiga chuqur nazar solib, kichik odam obrazini
quyidagicha tasvirlaydilar:
- kichik odamning ichki olami, beg’ubor ma’naviyati o’quvchilarga o’rnak qilib
ko’rsatildi(Sobir O’narning “Tarvuz”, Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura”
hikoyalari va b);
1
Yoshlar seminariyasida so’zlagan nutqidan.
2
O’sha manba.
3
O’sha manba.
49
- uning zabun holini tasvir etib, kitobxonlarni ular himoyasiga otlantiradi (Zulfiya
Qurolboy qizining “Xoliq amaki” hikoyasi va b);
- ularning salbiy xususiyatlarini yoritib bergan holda zulmga, axloqsizlikka nisbatan
nafrat uyg’otadi (Sobir O’narning “Tegirmonchining bolasi” hikoyasi va b);
- hayot falsafasini yoritishda (Isajon Sultonning “Todd” hikoyasi va b) mualliflar
ulardan asosiy obraz sifatida foydalanadi.
Ko’rib turganingizdek “kichik odam” deya talqin etilayotgan obraz istiqlol davri
o’zbek hikoyachiligida inson ichki olami, ma’naviyatini o’rganishda katta
ahamiyatga molik. Bularning barchasi “Odamga yondashishda jo’nlikdan, qolipdan
voz kechilganligi nasrimiz taraqqiyotida sog’lom tamoyillar qaror topayotganligidan
dalolat beradi”
1
. Xullas, o’zbek adabiyotida haqiqiy ma’nodagi zamondosh
insonlarning obrazlari “kichik odam” siymosida gavdalantirilgan.
1
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-T.,Yangi asr avlodi,2006.- B 132.
|