BMIning o’rganilish obyekti. Tadqiqotning asosiy obyekti vazifasini
istiqlol davri o’zbek hikoyachiligi, xususan, Sobir O’narning “Tarvuz”,
“Tegirmonchining bolasi”, Zulfiya Qurolboy qizining “Xoliq amaki”, “Tafakkur”,
“Qadimiy qo’shiq”, Erkin A’zamning “Aralashqo’rg’on”, “Bog’bolalik
Ko’kaldosh”, Isajon Sultonning “TODD”, Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi
Dilnura” kabi hikoyalari va boshqa asarlar bajardi. Kichik odam obrazlarining
individual xususiyatlari haqida ma’lumot berishga harakat qilindi.
BMIning tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki asosiy bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
6
I BOB. HOZIRGI O’ZBEK HIKOYACHILIGIDA “KICHIK ODAMLAR”
OBRAZI TALQINI
1.1 “KICHIK ODAMLAR” OBRAZINING XARAKTERLI
XUSUSIYATLARI
Badiiy adabiyotda inson timsoli o’ziga xos tarzda shakllangan. O’tmishga
nazar solsak, nomdor va buyuk shaxslar obrazlari badiiy adabiyotda
shakllanganligini ko’rish mumkin. Bunga Firdavsiyning “Shohnoma”si, Alisher
Navoiyning “Saddi Iskangariy” asarlari qahramonlarini misol tariqasida
keltirishimiz mumkin. Islomgacha bo’lgan turkiy xalqlar adabiyotiga nazar
tashlaydigan bo’lsak, ushbu davrda ham aksar obrazlar xudolar ( “Xuastuanift “),
hamda shahzodalar ( ‘Shahzoda va bars”) bo’lganiga guvoh bo’lamiz. Keyinchalik
badiiy adabiyot inson omilini asos qilib shakllantirdi. Ma’naviy-axloqiy
muammolar aks ettirilgan asarlar shular jumlasidan. Buning yorqin misoli, XI
asrlarda yaratilgan“Qutadg’u bilig” , “Hibatul-haqoyiq” kabi asarlardir. XVIII-XIX
asrlarga kelib o’zbek adabiyotida xalqqa nisbatan adolatsizlik kuchayganligi bois
hukmdor va sarmoyadorlar hajv qilina boshlandi. Bu ham adabiy obraz tarixida
alohida o’rin tutadi. “Milliy uyg’onish davrida mazlum va ma’rifatdan yiroq xalq
timsoli shakllantirildi. Oddiy inson obrazini to’laqonli yaratish Qodiriyning “O’tkan
kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlarida namoyon bo’ldi va bu obraz tarixida
alohida bo’g’inni tashkil qiladi”
1
. Ko’rib turganingizdek badiiy adabiyotda yangicha
bir obraz shakllandi. XX asrning 50 – yillariga kelib bu obraz o’z nomiga zid
ravishda katta ishlarni bajara boshladi. Bunga Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan
1
Mirhaydarov M, Rahimov Z, Jo’rayeva M.Adabiyot nazariyasi fanidan majmua.- Guliston,2014. - B 33.
7
chayon” romanidagi Safar bo’zchi obrazini misol qilib keltirsak bo’ladi. U faol
obraz sifatida gavdalantirilgan bo’lib, romanda uning ikkita bajaradigan vazifasini
ko’rib o’tishimiz mumkin. Bizga ma’lumki Qodiriy Anvar ta’rifini o’z tilidan emas,
balki roman qahramoni bo’lgan qiz tilidan tasvirlaydi. Albatta, bu obrazga o’zgacha
ma’no baxsh etgan. Tanqidchi Matyoqub Qo’shjonov “Safar bo’zchi Anvar obrazi
xarakterining ochib berilishiga xizmat qilgan”
1
ligini “O’zbekning o’zligi” nomli
tanqidiy kitobida aytib o’tib ketgan. “Mehrobdan chayon”ning “Jilovxonadagi bir
janjal” degan bobida ajoyib manzara yaratilgan. Mulla Abdurahmon qarorgohda.
Domla oldiga uning o’ziga o’xshagan ikki ig’vogar kelib qoladi. Namoz o’qish
uchun vaqtliroq paydo bo’lgan Safar bo’zchi ham shu “ulfatga” sherik bo’ladi.
O’sha vaqtlarda Qo’qon bo’ylab shov-shuv bo’lib turgan Anvarning bosh
munshiylikka tayyorlanayotgani haqida gap ochilib qoladi. Uchta ig’vogar
Anvarning madrasa ko’rmaganini vaj qilib sarmunshiylikka nomuvofiq ekanligini
bildiradilar. Safar bo’zchi esa gapga aralashib Anvarni quvvatlaydi va quyidagi
voqeani hikoya qilib beradi: “Minnatdorchilik bilan ikki bo’zni uzatdim: asti olsa-
chi. “Yaktakka bo’zim bor, ketavuring”, deydi. Aqalli bittasini ham olmadi. Yana
duo qilib bo’z bilan qaytdim. Farishta ham shunchalik bo’lar, deb o’ylab qoldim,
Shukur so’fi! A, shunday yigit mirzaboshi bo’lmay kim bo’lsin, Samatboy. Ko’pni
duosi ko’l deganlar, ishonmasanglar, ana taqsirimdan so’ranglar!”
2
Ko’rib turganingizdek ushbu parchada kichik odam obrazi bo’lmish Safar
bo’zchi, Anvar obrazining o’ziga xos jihatlari bilan kitobxonni tanishtiryapti.
Nafaqat, tanishtiryapti, balki ko’rsatib ham beryapti. Bu uning romandagi dastl abki
vazifasi edi. Bundan tashqari u Anvar, Ra’no va Sultonalilar o’rtasida maktub
yetkazish, roman voqealarini bir – biriga ulashdagi vositachi vazifalarini o’tagan.
Asta-sekin yetakchi obraz sifatida shakllanib kelayotgan kichik odam obrazi istiqlol
davri adabiyotiga kelib, nafaqat sur’atini, balki siyratini ham namoyish etdi.
Yozuvchilar o’z asarlarida, ularga ma’lum bir vazifa yuklabgina qolmasdan,
1
Qo’shjonov M.O’zbekning o’zligi.-T.,
2
Abdulla Qodiriy.Mehrobdan chayon.-T.,
8
ularning o’y-fikrlari, his- tuyg’ulari, qalb kechinmalari bilan qiziqa boshladilar.
Shunday qilib adabiyotning yana bir qirrasi sirlilik qarini tark etdi. Ma’naviy olami
komillik nuriga yo’g’rilgan insonlar obrazi haqida adabiyotshunos Qozoqboy
Yo’ldoshev o’zining “Yoniq so’z” maqolalar to’plamida shunday deydi: “Milliy
tafakkurda yalpi yangilanish boshlangandan beri ko’pchilik tomonidan anglab
yetilgan va tan olingan haqiqatlardan biri shu bo’ldiki, odamning eng kichigi, eng
ko’rimsizi, eng zabuni, eng noshudi odamdir. Yaratganning halifasidir va shu bois
mukarramdir. Binobarin, badiiy adabiyot kichik odamning katta va chigal ichki
dunyosidagi bepoyonlikni , turfalikni tadqiq etishi lozim”
1
. Bu jarayon hayot
zaruratiga ham aylandi. Hamda ushbu zarurat tufayli tanqidchi tili bilan aytganda: “
Bir qator asarlarda sirtdan qaraganda, ko’zga tashlanib turadigan jihati yo’q, hamma
qatori, ammo botinida ulkan iztiroblar, ruhiy po’rtanalar mavjud bo’lgan “kichik”
odamlarning ichki dunyosi mahorat bilan aks ettirilgan”
2
istiqlol davri hikoyalari
vujudga keldi. Badiiy asar ma’lum bir davrning asosiy g’oyasini tashiydi, ilgari
suradi, unga singdiradi. Ijodkor bu xususiyatni o’zida mujassamlashtiruvchi
shaxslar, ya’ni davr qahramonlari orqali yuzaga chiqaradi. Badiiy asar syujetidan
o’rin olgan barcha voqealar silsilasida harakat qiluvchi xarakterlar shu tariqa yuzaga
keladi. Adabiyotshunos olim Isajon Sulton badiiy xarakter haqida so’z yuritar ekan,
quyidagi nazariy qarashlarni qayd qilgan: ”Xarakter kishilarning ma’lum toifasiga
xos xususiyatlarni ma’lum davrga, muhitga, kasbga, yoshga, jinsga mansub
kishilarning sifatlarini yorqinlik bilan ifoda etadi. Xarakterda yozuvchining
kishilarga va hayotga munosabati, hayotiy hodisalarga bergan estetik bahosi yaqqol
ko’rinadi”
3
.
Umumiy nom bilan aytganda, kichik odam deya talqin qilinayotgan obrazning
o’ziga xos xarakterli xususiyatlari haqida fikr yuritganda dastlab, ularning oddiy
xalq vakili ekanliklarini aytib o’tishimiz lozim. Ushbu obrazning asosiy tarkibini bor
1
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-T.,Yangi asr avlodi,2006.- B 84.
2
O’sha manba.
3
E-mail:til@sarkor.uz kutubxonasi.Xarakter va ruhiyat birligi.-T.,Kamalak,2005.- B 44.
9
mehrini va umrini yerga bergan, bu xizmati bilan nafaqat o’z oilasini balki, butun
jamiyatni boqib kelayotgan dehqonlar, tegirmonning og’ir, zalvorli toshini
aylantirish bilan bir qatorda hayot sinovlarini-da yengib o’tayotgan tegirmonchilar,
qorovullar yoki undan-da kichik toifa vakillari tashkil etadi. Ularning kichikligi ham
shunda! Jussasi yo, yoshida emas! Fikrimiz isboti sifatida Zulfiya Qurolboy
qizining “Xoliq amaki” deb nomlangan hikoyasidagi kichik odam obrazi sifatida
gavdalangan Xoliq amakiningijtimoiy ahvoliga e’tiborimizni qarataylik: ”Ha,
Xoliqboy, yo’l bo’lsin?- dedi u yaqinlashganida kinoya bilan atay “boy” so’ziga
urg’u berib.
-Bozorga.
-Tunov kuni men nima degan edim senlarga?
-Bolalarning potinkasi yirtilibdi. Anorlar pishgan ekan, xotin…
-He, o’sha xotiningniyam… Anor – panori bilan boshiga tushurmadingmi? Davlat
siyosatini tushunmaydigan qanaqa g’alcha xotin?
Ikki soatda qaytaman, rais bova. Bolalar yalangayoq…”
1
Ha, Xoliq amaki farzandlari oyog’iga potinka olib berolmagan, ayni damda
daromad manbayi faqat shu anorlarigina bo’lgan, kichik bir dehqon, ijtimoiy ahvoli
og’ir “sho’rlik banda” edi. Bu fikrimizni rais tilidan aytilgan qo’shtirnoq ichidagi
“boy” so’zi ham isbotlaydi. Bu obrazning o’ziga xos yana bir xususiyatlaridan biri
yaqinlari ehtiyojini, o’z jonidan-da ortiq ko’rishlaridadir. Xoliq amakining anor to’la
qopni goh ko’tarib, goh tushirish jarayoniga e’tibor berar ekanmiz, qopni
ko’tarishida kutilajak falokatdan qutilib qolish holati kuzatilsa, uni yana yerga
qo’yish jarayonida farzandlar ehtiyoji yotardi. Axir, qopdagi shunchaki anor emas,
balki dehqon dardiga davo atalmish, birdan-bir daromad manbayi edi.
1
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 190.
10
Endi navbatdagi qahramonimizga, Sobir O’narning “Tarvuz” hikoyasidagi
Omondavlat obraziga, e’tibor beramiz. U ham boshqa kichik odamlar singari ota
kasbini davom ettirgan, oddiygina bir dehqon. Fikrimizni Omondavlatni faqat
moddiylik yuzasidangina bir-biri bilan muomala qiladigan, jamiyatimizning “katta
odam”lari bilan bo’lgan suhbatini keltirish orqali dalillaymiz.
- “Bug’doy bor, jo’ra. Hozir arzon, qishda ko’tariladi narx, o’shanda urib
yuboraman. Gap bor-da, bilding?
- Bildim-bildim. Demak, bir millionga sotasan?
- Balki ikki million bo’lar, ko’ramiz.
Qishloqi mehmon ham toza o’lar-qolar joyda emasligini ko’rsatgisi kelib tillari
biyron bo’ldi. Shunday qilmasa bular odam qatorida ko’rmay garang
qilaveradigan”
1
. Shu kabi inson ruhiga zavq-shavq berishdan yiroq bo’lgan
suhbatlardan zerikkan Omondavlatning bolalik xotiralarini eslash jarayonini ham bir
ko’zdan kechiraylik:“Chog’roqqina hovlisiga har bahor bodring, pomidor bilan
qo’shib o’n-o’n besh tup handalak-u qovun ekkanlari, ular taqyo palak qilib keyin
uzun palak otib ketishi, so’ng yong’oqdek tuynak qilishidan to rangi bo'zarguncha
bir hovli bola dam-badam “ko’z -quloq” bo’lib: goh ushlab, goh burunlarini tekkizib
hidlayverishgani sabab onasi bezor bo’lib quvganlari, - hamma-hammasini zavq
bilan eslaydi. Bearmon bolalikning armon to’la izlari bular”
2
. Ko’rib
turganingizdek, bu qahramonimiz ham soddagina dehqon, mehnatsevar yurt
farzandi.
Erkin A’zamning “Aralashqo’rg’on” hikoyasidagi kichik odam obrazi
hisoblanmish musofirning ham kasbi qarovulligi, kichik odam obrazining xarakterli
xususiyatlaridan biri ularni jamiyatda kichik bir o’rinni egallaganliklarida deya ayta
olishimizga zamin yaratadi. Musofirning kasbiga jurnalist E.Safar tilidan
quyidagicha ta’rif beriladi: “ Ota bolam-chaqam deb erta-yu kech to’rva ko’tarib
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 5.
2
O’sha manba.
11
poy-piyoda bozorga qatnagani qatnagan. O’zi bor-yo’g’ manavi sanatoriyga
qorovul. Pulni qayerdan toparkan-a?”
1
Unga, asosiy vaqtini kimni qanday pul
topgani,qayerga qanday kelib qolgani va mahallaga qanday nom berish kabi baxslar
bilan o’tkazadigan jamoa tomonidan beriladigan navbatdagi ta’rif: “Hamisha
shunday: salomini beradi-da,o’tadi-ketadi. Ko’chib kelganiga bir yillardan oshgan,
ammo mahallaga aralashmaydi. Aralashgulik holi ham yo’q-musofir-da”
2
. Aslida
“musofir” so’zi boshqa Vatanda, yoki boshqa hududda faoliyat yuritayotgan
shaxslarga nisbatan ishlatiladi, ammo bu yerda, bu jumla u ma’nodan tashqari
qahramonimizning kambag’alligiga ishora sifatida ham yangramoqda.
Musofirimizning tavoze-ila ularga salom berib, yana o’z ishida davom etishi, hamda
ularga qo’shilmasligi kambag’alligidan emas, balki amalda o’z isbotini topmas
gaplar uchun
gaplar uchun qimmatli vaqtini sarflashni joiz ko’rmaganligida. Atoqli
qozoq shoiri Abay bekorga “Naqliya so’zlar” kitobida: “Ko’nglingdagi ko’rkam o’y
og’zingdan chiqqach xiralanadi“
3
,- deya aytib o’tib ketmagan. Demak,
qahramonimiz nafaqat sanatoriyaga qorovul, balki inson vujudining botinida,
qalbda yashab kelayotgan insoniy tuyg’ularining ham qorovuli ekan! Ushbu,
odamning odamiyligini ta’min etuvchi tuyg’ularni jismni tark etishiga yo’l
qo’ymayotgan ekan-da! Kichik odam obrazining bu kabi xarakterli xususiyatini
Zulfiya Qurolboy qizining “Tafakkur” hamda Sobir O’narning “Tegirmonchining
bolasi” hikoyalarida ham uchratishimiz mumkin. Kichik odam obrazining
navbatdagi xarakterli xususiyati shu tipga kiruvchi qahramonlarning
indamasliklaridir. Kimdir hayoti o’zgalar hayotida zarracha ahamiyat kasb etmagani
uchun shu yo’lni tutgan bo’lsa, yana kimdir andisha yuzasidan shunday qiladi. Biz
kichik odam obrazining o’zlariga xoh jismoniy, xoh ma’naviy tomondan yetkazilgan
zararga nisbatan xech qanday javob bermaslik lari zamirida qo’rqoqlik alomatlarini
ko’rmasligimiz kerak “Talqin etmoq-ochiq mazmundan yashirin mohiyat sari
1
A.Erkin. – B 33.
2
O’sha manba.
3
Adabiyot.-T.,Cho’lpon,2013.- B 67.
12
bormoqdir”
1
,- deydi fransuz olimi Pol Rikyor. Shunday ekan, aziz kitobxon keling,
oshkora matndan yashirin mazmun sari boramiz: “Onamning aytishicha, bir kuni
Xoliq amaki Norto’xta degan qo’shnisi bilan suv talashib qopti. O’sha kuni amaki
ham, qo’shnisi ham tomarqasini sug’orayotgan ekan. Norto’xtaning hay-haylashiga
qaramasdan, Xoliq amaki suvni o’zi tomonga burib olaveribdi. Navbat uniki ekan-
da. Jahli chiqib ketgan Norto’xta ketmon dastasi bilan amakining naq yelkasiga
tushiribdi. Xoliq amaki “ih” debdi-yu, ariq ichiga cho’kkalab qopti. “Qachondan beri
tiling chiqib qoldi?” deb baqiribdi haligi qo’shni. Vaholanki, Xoliq amaki lom-lim
demagan ekan”
2
. Qo’shnisining ushbu jumlasi orqali Xoliq amaki nafaqat
kattalarga, balki kichiklarga ham uning manfaatlariga zid hatti – harakat qilsalar-da
shu paytgacha ularga indamaganligini bilib olishimiz mumkin. Endi muallif
tomonidan: “Vaholanki, Xoliq amaki lom – lim demagan ekan”,- degan jumlani,
matndagi mazmun bilan uyg’unlashtiradigan bo’lsak, chindan ham Xoliq amaki
Norto’xta qo’shnisiga og’iz ochib biror so’z aytmagan. Faqat suvni navbatga binoan
o’z tomoniga burib, umrida birinchi bor ( qachondan beri ) o’zgalar manfaatidan o’z
manfaatini ustun qo’yib xaqqini talab qilishi, uning “tili chiqib qolgan”ligi edi.
Demak, qahramonimiz o’zgalar uchun, ularning manfaati yo’lida tilidan chiqadigan
so’z va bilagidan chiqadigan kuchdan ko’p bora voz kechgan ekan. Aynan shunga
o’xshash holatni Sobir O’narning “Tarvuz” hikoyasida ham uchratishimiz mumkin.
Kichik odam obrazi sifatida gavdalangan Omondavlat qishloqdan bola – chaqasi
bilan shaharga biznesmen o’rtog’ini qizli bo’lganligi bilan tabriklash uchun kelib,
ular huzuridan ketish chog’ida olib kelgan tarvuzlarini axlatxonada ko’rib, bunga
javoban qilgan ishiga e’tibor bering:
- “Sapuvra, bo’ldi, ketavering. Biz kimligimizni endi bildik. Sizlarni ham. Tamom.
Xo’p. Xayr. Rahmat.
1
100 mumtoz faylasuf.-T.,Yangi asr avlodi,2013.- B 99.
2
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 191.
13
Shundoq deb oldinga o’tib ildamroq yurib ketdi. Bir xayol yana ortiga burilib,
jillaqursa bir achchiq gap aytgisi keldi-yu, umrbod teskari bo’lib qolishdan cho’chib
to’xtamay ketaverdi”
1
. Katta odam bo’lishiga qaramay insoniylikni yo’qotgan shaxs
uchun , odamgarchilik qilayotgan kichik odamni ko’rib unga taqsinlar o’qigingiz
keladi. Uni ko’nglidan kechayotgan so’zlar, tanangizda urayotgan bir parcha
go’shtni teshib o’tgandek bo’ladi.
“Istiqlol adabiyoti chinakamiga ijodkor adabiyotdir. U tipik odamni emas, balki
alohida o’ziga xos va betakror odamni tipni tasvir etadi. O’quvchi o’sha hammaga
o’xshamagan, alohida odamni tushunish mobaynida o’zgani anglay boradi. O’zgani
tushunish esa, o’zini tushunish sari qo’yilgan dastlabki qadamdir”
2
Kichik odam
obrazini yanada teranroq anglash va tushunishga qaratilgan harakatlarimizni
davom ettiramiz. Istiqlol davri o’zbek adabiyotida kichik odam obrazi ko’z oldimizga
keltirar ekanmiz indamas, jamiyatda kichik yoki hech qanday mavqega bo’lmagan
ammo harakatdan charchamaydigan, tinimbilmas inson ko’z oldimizga keladi.
Yunon faylasufi Aristotel tabiri bilan aytganda: ”Hech narsa tasodifan sodir
bo’lmaydi. Biz tasodif deb ataydigan hamma narsaning ham o’z sababi bor”
3
.
Shunday ekan, bizning kichik odamlarimiz ham shunchaki tasodif tufayli oddiy kasb
egasi maqomida qolib ketayotgani yo’q. O’zidan ko’ra ko’proq o’zgalarni o’ylash
fazilatlari ularni shu “martabaga” erishtirgan. Falsafiy, hayot haqiqatlariga
tayangan holda fikrlab ko’radigan bo’lsak, bu fazilatlari ularni doimiy harakatda
bo’lishini ham talab etadi. Bu harakatlar qaysidir ma’noda o’zgalar uchun kuyunish
alomati bo’lsa, yana qaysidir ma’noda yashash uchun kurash hamdir.
Xuddi shunday kurash asnosida umr bo’yi tinim bilmagan, Isajon Sultonning
“TODD” hikoyasi qahramoni navbatdagi kichik odam obrazi bo’lmish Mamasiddiq
1
www.ziyouz.uz
kutubxonasi,O’. Sobir.Tarvuz.-Toshkent.,Kamalak,1993.- B 5.
2
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-Toshkent.Yangi asr avlodi,2006.- B 132.
3
100 mumtoz faylasuf.-Toshkent.,Yangi asr avlodi,2013.- B 99.
14
pishshiq bilan uning o’g’li tomonidan berilgan ta’rif orqali tanishib chiqamiz:
”Esimni taniganimdan beri otam tinmasdan ishladi. Men-ku mayli, ukalarim deyarli
otamni ko’rmas edilar. O’ylab qarasam, otam lagerlardagina emas, butun umri
davomida shunaqa yugurib yashabdi. Kechani kecha, kunduzni Kunduz demabdi.
O’ziga qaramabdi. Bolam debdi. Ro’zg’orim debdi…”
1
Hayot! Hayot shunday
murakkab narsaki, uni sizga rizq berib turuvchi tegirmonini doimiy aylanib turishi
uchun harakatda bo’lishingiz lozim. Bu harakat sizning vaqtingiz, jismoniy
quvvatingiz va hattoki umringizni ham so’rib oladi. Na iloj, bu yuqorida aytib
o’tganimizdek hayot uchun kurash, hayot haqiqati – bu! Shu o’rinda beixtiyor
yozuvchi O’tkir Hoshimovning haqiqatga bergan ta’rifi yodingizga tushadi. U:
“Haqiqat shu qadar shirinki, totib ko’rging keladi. Shu qadar achchiqki, tilingni
kuydiradi”
2
,- degan edi. Mamasiddiq pishshiq davosiz dardga yo’liqqan edi.
Umrining oxirini ham hatto harakatga sarfladi. Istiqlol davri o’zbek adabiyotidagi
kichik odam obrazlari ichida yaqinlari rohati yo’lida o’z kasalligini unutganlari ham
bor. Ular hayotining davomiyligi uchun zarur bo’lgan boylikni-da, yaqinlari farog’ati
uchun sarflaydi. Xuddi shunday xislatga ega bo’lgan shaxslardan biri Ulug’bek
Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura” deb atalgan hikoyasidagi kichik odam
obrazlaridan biri – Yunus tog’a. Kelini “G’uborsiz odam” ,- deya atagan shaxsga
o’limidan so’ng qizi tomonidan berilgan ta’rifga e’tibor beraylik: “Bizni deb, shu
landavur, omadsiz besh bolasini boqaman deb o’tib ketdi. O’ziga yengil – bosh olish
u yoqda tursin, kasal oyog’iga aqalli bir quti dori ham sotib olmadi, tushunyapsizmi
Kozim aka, ololmadi… Birining shartnomasini to’layman dedi, boshqasining
imoratiga taxta olay deb, o’risga ketgan o’g’lining esa ro’zg’origa un – yog’ qip beray
deb, nogironlik nafaqa puligacha ularga ilinib yurdi. Do’xtirlar “Yotib davolaning
desa ham ko’nmadi”
3
. Qaysidir farzandini shartnomasini to’lash, qurulish
1
S.Isajon.Boqiy darbadar.-Toshkent.,O’zbekiston,2001.- B 157.
2
Hoshimov O’.Daftar hoshiyasidagi bitiklar.-Toshkent.,Sharq,2015.- B 63.
3
www.ziyouz.uz
kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-Toshkent.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32.
15
ashyolarini sotib olib berish, ro’zg’origa un – yog’ olish uchun oddiy xalq vakili
qanchalik peshona teri to’kishi kerak. Bu ham kamlik qilgandek ular uchun o’z jonini
qurbon qilishi-chi… Ularning ham ma’nan,ham jismonan yaqinlari uchun qilgan
harakatlarini ko’rib, Odam Atoning shu kabi farzandlariga tasannolar aytasiz,
o’zingizni esa bir muddat savolga tutmaslikni iloji yo’q. Bunday o’lim toppish dard
emas, balki baxt! Rus mutafakkiri P.Y Chadayev: “Siz baxtli bo’lishni istaysiz-ku, axir.
Bas, shunday ekan, shaxsiy farog’atingizni imkon qadar ozroq o’ylangda, o’zgalar
uchun kurashing. Bittaga mingta qarshi chiqqan holda garov o’ynab aytishim
mumkinki, shunda siz bu olamda mavjud bo’lgan eng yuksak darajadagi saodat
lazzatidan bahramand bo’lasiz”
1
,- deganda nechog’lik aq ekan. Bir so’z bilan
aytganda qahramonlarimizning jamiyatda kichik bir o’rinni agallashlari,
indamasliklari, o’zgalar uchun kuyib yonish hamda umr yo’lidagi tinib –
tinchimasliklari kabi fazilatlari umumlashgan holda istiqlol davri o’zbek adabiyoti
nasrida kichik odam obrazining xarakter – xususiyatlarini tashkil etadi.
1
100 mumtoz faylasuf.-Toshkent.,Yangi asr avlodi,2013.- B 386.
|