O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti o’zbek tili va adabiyoti kafedrasi


Obrazlar talqinida badiiy detalning o’rni



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix24.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#85465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

2.2
Obrazlar talqinida badiiy detalning o’rni
 
Istiqlol davri o’zbek adabiyoti hikoyachilik janrida kichik odamlar obrazi 
haqida so’z yuritar ekanmiz, ularda ko’p uchraydigan, yozuvchi qalamining o’ziga 
xosligini ko’rsatib turadigan badiiy detallar haqida gapirmasdan o’tib ketish 
mumkin emas. Shu o’rinda Abdulla Qahhorning quyidagi fikrlarini eslab o’tish joiz: 
“…adabiy asarning maydonga kelishi uchun avtorning niyatigina kifoya qilmaydi. 
Avtorning niyati ma’lum bir ideyani tashviq qilmoq ekan, uni tashviq qila bilishi 
kerak. Tashviq qila bilishning asosiy shartlaridan biri esa o’quvchini ishontira 
bilishdir. Avtor yoki personajlar tomonidan aytilgan gaplarga, asardagi detallarga, 
voqealarga kitobxon ishonmasa, hatto shubha qilsa ham, asarning qiymati 
qolmaydi”
1
. Ushbu jumlalar orqali biz badiiy detalning tasvirda qanchalik muhim rol 
o’ynashi haqida bildirilgan fikrga e’tiborni tortishga harakat qildik. Endi savol 
tug’iladi: xo’sh, badiiy detalning o’zi nima? “Badiiy detal mayda qismchalardan biri,- 
deb yozadi professor U.Normatov,- Biroq asardagi har qanday qismchalar detal 
bo’lavermaydi. Detalni tafsilotdan farq qimoq kerak. Tafsilotdan farqli o’laroq, 
detal qisqa va ixcham bo’ladi. U tasvir ob’ektini sintezlashtirib ko’rsatish, u haqida 
kitobxonda tez va aniq tasavvur hosil qilish xususiyatiga ega”
2
. Detal haqida maxsus 
kitob yozgan boshqa bir olim, taniqli adabiyotshunos va publisist Saydi Umarov esa 
unga quyidagicha ta’rif beradi: “Detal, odatda, yirik planda beriladi, u o’quvchini bir 
lahza to’xtatib, uning diqqat e’tiborini muhim bir narsaga jalb etadi, tasvir ob’ektini 
bo’rttirib, qabartirib ko’rsatib, u haqda tez va aniq tasavvur hosil qilish imkonini 
beradi”
3

Adabiyotshunoslikda yozuvchi qo’llagan detallarning u yoki bu vazifalari 
haqida ko’p gapiriladi-yu, ularning eng muhim xususiyatlaridan biri asarning 
1
O’ljaboyev U.Hikoyachilikda davr nafasi.-T.,Turon zamin ziyo,2016.- B 78. 
2
O’sha manba. 
3
O’sha manba.


36 
emotsional vazifasini ochib berishdagi tomoni haqida kamroq fikr yuritilmoqda. 
Sobir O’narning “Tarvuz” hikoyasidagi detallar g’oyat kuchli hissiy qudratga ega, 
ular shu zahotining o’zida kitobxonga yetib boradi va unga kuchli ta’sir etadi. 
Hikoyadagi odamgarchilikdan chiqqan inson, ya’ni Omondavlatning odam qadrini 
anglamasligi kabi illati ochib berilishida katta xizmat qilgan, kichik detallarga e’tibor 
bergan holda, “Avvalgi mehmon bilan keyingi mehmon”
1
,- deya ta’rif berilgan 
shaxslarga bu kabi insonlarning munosabati qanday bo’lganligini matn orqali 
kuzatsak: “Xudoyqul gapi teskari bo’lgani bir sari durustroq siylamadiyam. 
Dasturxonga kelgan birinchi ovqat moshxo’rda bo’ldi”
2
. E’tibor bergan bo’lsangiz 
biz o’zbeklarda asosiy mehmonni osh bilan siylashadi, moshxo’rda bilan emas. Bu 
yerda moshxo’rda Omondavlatni Xudoyqulning qadrli mehmonlaridan emasligini 
isbotlovchi bir detal vazifasini o’tayapti. Endi yangi mehmonlarni kirib kelishi va 
dasturxoniga e’tibor beraylik: “ … eshik qo’ng’irog’I jiringladi. Bashang kiyingan ikki 
yigit kirib keldi… Stolga bir pasda g’alati taomlar kela boshladi. Kolbasa, qazi, 
pishloq, tovuq go’shtidan tortib boshmoldoqning boshiday kelguvchi og’zi lang 
ochilgan pistalar ham keldi”
3
. Ushbu taomlar bu ikki shaxsning Xudoyqul uchun 
nechog’li ahamiyatga ega insonlarlar ekanligini anglatib turuvchi detal vazifasini 
o’tagan. Ammo bunchalik takallufning boisi, mehmonlarning Xudoyqul qalbiga 
qadrli bo’lganliklaridan emas ( ertan-mertan bojxonada ishlaydigan Qobilning 
oldiga o’tish haqidagi o’zining mas’uliyatini anglagach, ikki sherikka, aniqrog’I 
mehmonlarning guliga takallufni davom ettira berdi), balki ularni kelajakda 
keltirajak foydasida. Ushbu o’rinda moshxo’rda – e’tiborsizlik, turli noz-ne’matlar – 
takalluf ma’nosini ifodalabgina qolmasdan Omondavlat obrazi xarakterini ochib
berishda yordam bergan. Detal tanlashda muallifning hayotni chuqur tushunishi, 
odamlar psixologiyasini o’rganganligi katta ahamiyat kasb etadi. “Detal ko’pincha 
1
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.,Kamalak,1993.- B 7 
2
O’sha manba.
3
O’sha manba. 


37 
sub’ekyiv, ya’ni muallif nuqtai nazaridan chiqib tanlanadi. Demak, detalga 
hikoyaning eng asosiy qismi bo’lishi bilan birga shu qismda muallif pozitsiyasining 
eng yorqin namoyon bo’lish o’rni ham deb qaramoq kerak”
1
. ”Tarvuz” hikoyasida 
Sobir O’nar o’z uslubini shu qadar namoyon etganki, hatto, hikoya asar tarkibidagi 
detal nomi bilan ataladi. Xo’sh bir kechadagi ikki inson munosabati yoritilgan ushbu 
hikoyaning nomi “Tarvuz” deya atalishiga, bir tarvuz hikoya nomi darajasiga 
chiqishiga nima sabab bo’ldi ekan. E’tibor bilan qarang: “Ittifoqo yupqa, nozik 
likobchalarda tarvuz keldi. Omondavlatning biroz kayfi oshgani boismi, tarvuzga 
ko’zi tushgani zamon ichi yorishib ketdi. Hay-hay yosh boladek sevindi”
2
. Muallif 
tomonidan keltirilgan “Hay-hay” degan jumlaning o’zi bu holatga nechog’lik jonlilik 
baxsh etayotganini qarang-a. O’zbeklarning mehmondo’stligini bilardik, ammo o’zi 
keltirgan kichkina bir narsa ham dasturxon yuzini ko’rsa undan bunchalik 
rohatlanishini, bolalarcha ya’ni chin dildan sevinishini bilmas ekanmiz. O’sha 
kichkina bir narsa dasturxondan qanday joy olgan bo’lsa, uning egasi ham o’zini 
mezbon hayotida shunchalik o’ringa egadek his qilishini anglamabmiz.Har xolda, 
“Picha mubolag’a bilan aytganda, dasturxonning egasiday sezdi o’zini”
3
,- degan 
jumlalar zamiriga shu xulosalar berkitilgan bo’lsa ajabmas. Lekin biz bu manzarani 
faqat sirtdangina kuzatyapmiz, chetdan baho beryapmiz, chindan sevinyapmiz, 
xuddi, qahramonimiz singari. Hamma tarvuzning ham ichi qizil bo’lganidek, barcha 
odamlarda ham ikki oyoq, ikki qo’l, ikki ko’z-u ikki quloq bo’lar ekan-u, ular 
faoliyatini ta’minlab turuvchi bir parcha go’sht ichida senga nisbatan nelar borligini 
anglash uchun uni huzurida bo’lishing, uni ta’tib, ko’rishingni o’zi kifoya ekan. 
“Omondavlatimiz tag’in ularning ishbilarmonligi-yu”,- katta odamlarning, - “katta 
gaplariga mahliyo bo’lganicha qoldi. Qozonkabob keltirildi. Ichishdi. Tarvuzga uzalib 
bir tilik oldi. Yeb bo’lib po’chog’ini likobchaga qo’yar chog’ tag’in dong qotdi, bu 
1
Adabiy tur va janrlar(tarixi va nazariyasiga oid) Uch jildlik.1-jild.-T.,1991.- B 78.
2
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 7. 
3
O’sha manba.


38 
boshqa tarvuz! Qorasidan olib kelgandi, bunisi yashil chipor”
1
.
Shuncha yillik 
qadrdonini qadrlamagan inson, noz-u ne’matlarga to’la kichik bir dasturxonidan 
sodda, tanti bir insonning o’zi kabi oddiy tarvuziga joy beramidi? Bu kabi haqiqatni 
anglagan Omondavlat holatiga yozuvchi, qahramon tilidan quyidagicha ta’rif 
beradi. “Bular bizga teng emas, butkul boshqa odamlar ekan bachchag’arlar, degan 
koyishga o’xshash bir shiddatli o’y muhrlandi va kayfiyati tushib ketdi”
2
. Muallif 
mahoratini qarang, “koyishga o’xshash bir shiddatli o’y xayolidan o’tdi” emas, balki 
“muhrlandi”. Muhr! Muhr eng asosiy hujjatlarga, eng asosiy o’rinlarda 
ishlatiladigan narsa va uning qoldirgan izi abadul abad o’chmaydi. Xuddi, 
Omondavlat ko’nglidagi yara, u anglagan haqiqat singari. Muallif tili bilan aytganda: 
“Omondavlat o’rtog’I uchun bu qadar ahamiyatsiz bo’lganidan o’kindi, albatta”
3

Do’stiga mehr bilan keltirilgan “tarvuz” mezbonning “dasturxon”idan emas, balki 
axlatxonadan joy olsa, bu mehmonnning kimligiga ishorami, yoki mezbonning 
ma’naviyatdan yiroqligi, olamni faqat moddiylikdan iborat deb bilishidan 
dalolatmi? Keling, bu manzara bilan matn orqali to’liqroq tanishib chiqsak: 
“Omondavlat e’tibor bermadi-yu, xotini bir turtgach, cho’chiganday ishora qilgan 
tomonga qaradi: temir yashiklar yoniga xuddi kecha o’zi ko’tarib kelgan tarvuzlarga 
o’xshash ikki tarvuz turibdi. Nahotki, dedi o’zicha”
4
. Bu manzara bilan tanishgan 
kitobxon ko’nglida Omondavlatning qadriga achinishdan ko’ra ko’proq, Xudoyqulga 
nisabatan nafrat uyg’onadi. Yuqoridagi savolga beixtiyor javob topgan bo’lsangiz 
ajab emas. Ularga qarata: ”Katta bir kursilarning shinam bir joylarida o’tirgan, ey
katta insonlar, bu dunyo faqat moddiylikdan iborat emas, unda mehr-muhabbat, 
e’tibor, insoniylik deya atalmish, moddiylik tarozida o’lchab bo’lmas tuyg’ular ham 
bor”,- degingiz keladi. E’tibor, mehr bilan olib kelingan, dasturxonning bir chetiga 
1
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.O’Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 7. 
2
O’sha manba. 
3
O’sha manba. 
4
O’sha manba. 


39 
ham loyiq ko’rilmagan, axlatxonada yotgan ikki dumaloq, usti qora narsa shunchaki 
bir tarvuz emas edi. U katta kresloda bo’lmasa-da, bir vaqtning o’zida bir necha 
inson sig’ishi mumkin bo’lgan oddiygina ko’rpachada o’tiruvchi, insoniylikni 
hayotining asosiy mezonlaridan biriga aylantirgan, ma’naviyatli, xuddi, tarvuz 
singari ko’rinishi oddiy kichik odam Xudoyqul obraziga ishora edi. Ushbu 
fikrlarimizni qahramonimiz xayolidan o’tgan jumlalar ham dalillaydi. “Ey, inson! 
Kechagina men qatori eding-ku. Qishloqdan, tezak orasidan chiqding-ku. Nima qiliq 
axir bu? Senga million so’mlik sovg’a olib kelishga qurbim yetmaydi. Ko’ngil bu, 
do’st, ko’ngil! Haqorat ham shunchalik bo’lar”
1

Ayrim yozuvchilar ba’zan butun boshli xarakter mohiyatini asosan portret 
tasviri orqali ochadi. Bunda u shunday yo’l tutadi: dastlab qahramon qiyofasidagi 
xarakterli belgilarni birma bir aytib o’tadi, so’ngra bu tafsilotlarni bitta xarakterli 
detal orqali umumlashtiradi, yozuvchi keltirgan tavsilotlar xarakter qiyofasining u 
yoki bu tomoni haqida tasavvur qilish imkonini bersa, umumlashtiruvchi detal 
xarakter qiyofasini yaxlit va lo’nda qilib gavdalantiradi, qo’yadi, ayni vaqtda shu 
detal xarakter mohiyatini ham belgilaydi, xarakterni biz xuddi shu detal orqali 
tasavvur qilamiz. Shu o’rinda Zulfiya Qurolboy qizining “Xoliq amaki” hikoyasining 
qahramoni Xoliq amaki portretiga e’tibor beraylik. “Egnida yoqasi-yu yenglari idrab-
suzulib qolgan chorxona ko’ylak, rangi uniqib ketgan nosvoyrang soldatcha shim, 
oyog’ida poshnasi yeyilgan, tumshug’I yirtilganda tikilaverib “qo’tir” bo’lib qolgan 
etik… Sochlari qorday oqarib ketgan boshida esa hamisha yap-yangi do’ppi 
bo’lardi”
2
. Hikoyaning boshidayoq Xoliq amaki biz kitobxonlarga xuddi shunday 
tanishtiriladi. Keyingi o’rinlarda ham qahramonimizning jamiyatning oddiy vakili 
ekanligi haqida muallif tilidan hech qanday fikr aytilmaydi, ammo qahramonimiz 
portretidagi ayni o’rnida ishlatilgan detallar orqali uni xalqning vakili ekanligini 
1
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.O’.Sobir.Tarvuz.-T.,Kamalak,1993.- B 7. 
2
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 188. 


40 
ilg’ab olishimiz qiyin emas. Idragan ko’ylak, oqargan shimni bir chekkaga qo’yib 
turaylik, hatto, oyoq kiyim ma’lum muddat kiyilgandan so’ng poshnasi yeyiladi. 
Bular hayotda ko’plab uchrab turadigan hodisa. Poyabzalning tumshug’i urilishi 
ham, ammo uning qayta-qayta yirtilishiga nima deysiz. Poyabzal ne-ne kosiblarni 
ko’rgunga qadar, qayerlarni, qancha muddat kezdi ekan. Axir, silliq oyoq kiyim, 
“qo’tir” holiga kelishi uchun ancha muddat, yolg’iz o’zi mashaqqatli mehnat qilishi 
kerak. Unga “hamroh” olgani esa Xoliq amakida ortiqcha pul yo’q. Ushbu fikrimizni 
qahramonimiz Narziqul raisga qarata aytgan “Bolalarning oyog’iga yo’q” deya 
zorlanishi ham dalillaydi. Portret tasviridagi yana bir muhim detal kitobxonga 
beihtiyor g’urur tuyg’usini baxsh etadi. Uniqqan kiyimlar kiysa ham Xoliq amakining, 
”Sochlari qorday oqarib ketgan boshida hamisha yap-yangi do’ppi bo’lardi”
1
. Ana 
milliylikka, milliy qadryatlarga hurmat. Birgina do’ppini shunchalik ardoqlagan 
inson o’zgalarga nisbatan nomehribonlik qilib,o’zbek xalqiga xos bo’lgan 
fazilatlarga putur yetkazmasligi tabiiy hol. Buni o’zgalar farog’atini deb, o’z 
manfaatlaridan voz kechgan o’rinlarida ko’rib o’tdik. Muallif mahoratini qaranki, 
birgina detal “yangi do’ppi” orqali voqealarning ishonarliligini ta’minlagan ekan. Bu 
esa so’nggi davr o’zbek nasrida sifat jihatdan yangilanish jarayoni kechmoqdaligini 
“ularda eng yaxshi an’analar izchillik bilan davom ettirilgani holda inson ruhiyatiga 
xos nozik tebranishlar milliy va umuminsoniy qadryatlar bilan bog’liq holda 
yangicha talqinlarda namoyon bo’lmoqda”
2
ligini ko’rsatib turadi.  
“Muallifning detalga bo’lgan e’tibori uning o’quvchini qabul qilish jarayonini 
faollashtirishga, hammualliflik qilishga va qo’shimcha mustaqil tasavvurini 
undovchi potensial kuchidan kelib chiqadi.Badiiy asar ayniqsa hikoyani bezab 
turguvchi va uning badiiy qiymatini oshirguvchi unsir detal”
3
ekan, demak, biz hech 
bir hikoyani usiz tasavvur qilolmaymiz. Kichik bir janrda katta mahorat ko’rsatgan 
1
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 188. 
2
O’zbek tili va adabiyoti. S.Rahimov.Adabiyotshunoslikda badiiy detal. –T.,Fan,2010.- B 64.
3
O’sha manba. 


41 
Abdulla Qahhor ijodida tabiat tasviridagi detaldan foydalanib, qahramon xarakteri 
ochib berilgan o’rinlarni uchratishimiz mumkin. Xuddi shunday usulni istiqlol davri 
o’zbek adabiyotidagi hikoya janrida ham munosib qalam tebratayotgan Isajon 
Sultonning “TODD”, hamda Ulug’bek Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura”, Zulfiya 
Qurolboy qizining “Xoliq amaki” hikoyalarida ham uchratishimiz mumkin. Ular 
detaldan kichik odam obrazining xarakterli xususiyatlarini ochib berishda unumli 
foydalanadi. Istiqlol davri Kichik odam obrazi ma’naviyati quruqshagan shaxslardan 
farqli o’laroq, jamiyatning oddiy vakili ekanligi bilan biz tanishib chiqqan edik. 
Ushbu fikrimizni Isajon Sultonning “TODD” hikoyasida keltirilgan peyzaj tasviridagi 
detallar orqali umumlashtirsak: ”Mening ilk anglagan narsam-bu xonadondagi 
g’aribonlik bo’ldi. Ayvonga eski bir sholcha to’shalgan, ustida po’stak… Eshik – 
derazalarning bo’yoqlari ko’chgan. Daraxtlarning to’kilgan barglari bir chetga 
uyulgan, qo’radagi qo’ylar oldida-da bir uyum xazon: qo’ylar uni talashib tortishib 
yeyishayotir”
1
. Muallif tilidan keltirilgan hikoya qahramoni, kichik odam obrazi 
Mamasidiq pishshiqning xonadonidagi tabiat tasviri uning ijtimoiy ahvolidan dalolat 
beradi. Bu yerda eski sholcha, bo’yoqlari o’chgan deraza g’ariblik alomatidir. 
Kundalik hayotimizda ko’plab g’arib xonadonlarda xuddi shu kabi holatlarni 
uchratib turamiz. Hikoyaning boshqa bir o’rnida muallif qahramonimizning moddiy 
ahvoliga alohida bir murojat bilan to’xtalib o’tirmaydi, ammo shu o’z o’rnida 
ishlatilgan eski sholcha hamda bo’yoqlari o’chgan deraza detallari orqali biz 
qahramonimizni jamiyatning kichik bir vakillaridan biri ekanligini his qilib turamiz. 
Qahramonlarimizning aksariyatiga aloqador bo’lgan ushbu g’ariblik sababi ularni 
o’z hayotiga befarq, yoki kamharakat ekanliklaridan emas. Chunki kichik odam 
obarzi vakillarining ko’plab a’zolari mehnatsevar, tirishqoq, tinim bilmas 
1
S.Isajon.Boqiy darbadar.-T.,2008.- B 154. 


42 
shaxslardir. Uzoqqa bormay “TODD” hikoyasidagi navbatdagi peyzaj tasviriga 
e’tiborimizni qaratsak: “…biroq mevali daraxtlarning bari orasta, tartib berilgan, 
kuzgi husaynilar oltinday tovlanib turibdi”
1
. Kuzgi husaynilarning o’z faslida, vaqtida 
sap-sariq (oltinday tovlanib) rangga kirib, maromida pishishi, mevali daraxtlarga 
tartib berilishi uchun ancha e’tibor va birmuncha mashaqqatli mehnat zarur. 
Qahramonlarimizning tinim bilmasligiga muallif tomonidan keltirilgan quyidagi : 
“Men uning dam olib o’tirganini yoki choyxonada oshxo’rlik qilganini hech 
ko’rmaganman. Xayolimda-da u indamas, tinim bilmas bir kishi sifatida qolgan”
2
,- 
degan jumlalari orqali juda ko’p bor amin bo’lganmiz. Yuqoridagi detallar esa 
muallif tiliga kitobxonni ishontirishdagi asosiy vosita vazifasini bajaradi. Abdulla 
Qahhor tabiri bilan aytganda: “ … hikoya, povest, roman va umuman hamma janrda 
bo’lgan, adabiy avtor tomonidan kiritilgan, sohta detal, hatto bir so’z ham butun
asarning ta’sirini yo’qotadi”
3
. Mehnatsevarlik, kecha-yu kunduz tinim bilmaslik kabi 
faziatlar istiqlol davri o’zbek hikoyachiligi namunasi bo’lmish, Isajon Sultonning 
“TODD” asari qahramonigagina tegishli emas. Bu xususiyatlarni biz Ulugbek 
Hamdamning “Uzoqdagi Dilnura”, Sobir O’narning “Tarvuz”, “Tegirmonchining 
bolasi”, Erkin A’zamning “Aralashqo’rg’on”, “Bog’bolalik Ko’kaldosh”, Zulfiya 
Qurolboy qizining “Xoliq amaki”, “Tafakkur” hikoyalarining yetakchi qahramonlari 
bo’lmish Kichik odam obrazlarida uchratishimiz mumkin. 
Badiiy adabiyotda yaratilgan har bir obraz, xarakter va tiplarning nechog’lik 
ishonarli chiqishi yozuvchi mahorati, uning siz-u biz ko’rib turgan hayotni botinda 
yashirin jihatlarini ko’ra bilish kabi qobiliyatlariga bog’liq. Ko’plab asarlarni o’qish 
chog’ida guvohi bo’lganimizdek hech qachon ijobiy obraz xonadoni supuruqsiz, 
haroba holda (Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidagi Homidning 
hamtavoqlari uyi tasviri) tasvirlanmaydi. Yoki, baxtdan sarhusht odam xazonlar aro 
1
S.Isajon.Boqiy darbadar.-T.,2008.- B 154. 
2
O’sha manba. 
3
O’ljaboyev U.Hikoyachilikda davr nafasi.-T.,turon zamin ziyo,2016.- B 79. 


43 
kezmaydi. Ko’proq baxtli holatlar yosharish va yangilanish ayyomo bo’lmish 
bahorda, qayg’uli holatlar esa kuzda sodir bo’ladi. Bu fikrimizni Isajon Sultonning 
“TODD” hikoyasi qahramoni Mamasiddiq pishshiqning kasallikdan vafot etgan ( 
kuzgi husaynilar oltinday tovlanib turibdi) fasli ham dalillaydi. Ulug’bek Hamdam 
“Uzoqdagi Dilnura” hikoyasida detallardan, nafaqat, kichik odam obrazining 
xarakterli xususiyatlarini ochib berishda, balki hikoya ruhiyatini yoritishda ham 
unumli foydalangan. Oyoqdagi arzimas yara qarovsizlik tufayli qorasonga aylanib 
Yunus tog’aning olamdan ko’z yumushiga olib kelgandan so’ng, suyukli jiyani 
bo’lmish, biznesment Kozimjonning xayolidan o’tgan va ko’zi tushgan manzaraga 
diqqat qilaylik: “Ana bog’ - tog’asi o’z qo’li bilan barpo etgan va esiga tushdi 
deguncha og’zining tanobi qochib maqtanadigan, ana qo’ra-mol-hol, qo’y echki 
boqiladigan, ana katak qarshisida soatlab turishib, dakan xo’rozlar jangini tomosha 
qilishadigan…”
1
Ushbu jumlalarda hozirgi zamonga (ana bog’, ana katak…) va o’tgan 
zamonga (qo’li bilan barpo etgan, dakan xo’rozlar jangini tomosha qiladigan) oid 
ma’lumotlarni uchratishimiz, qahramonimizni nimanidir ko’rib, allanimalarnidir 
xotirlayotganidan dalolat beradi. “Tanobi qochib maqtanish, soatlab xo’rozlar 
jangini kuzatish”
2
kabi holatlar Kozimjonning Yunus tog’a bilan kechirgan baxtiyor 
onlariga ishora bo’lsa, “Lekin bog’ning sharti ketib, parti qopti: go’yo sochi 
siyraklashib qolgan boshni esga soladi. Kozimjon tovuqkatakka qarab yo’l yurdi. 
Lekin u yerda tovuq tugul katakning yarim to’riyam yulib olingandi”
3
, –degan 
jumlalar kitobxon ruhida kechayotgan g’am-alamni yanada orttiradi. Ushbu 
jarayonga muallif: ”Har holda biron yamoqqa ishlatilgandir…”
4
- deya izoh beradi.
Yozuvchi tomonidan berilgan izoh, qahramonimizning o’sha vaqtdagi ijtimoiy 
holatiga ishora qilishdan tashqari, boqealarning ishonarli bo’lishini ham 
1
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-T.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32. 
2
O’sha manba. 
3
O’sha manba. 
4
O’sha manba. 


44 
ta’minlamoqda. Bor yo’g’ini hatto, kasallik nafaqa puligacha farzandlariga tutgan 
insonning bog’i yoki tovuqxonasi bunday holga tushib qolishi tabiiy hol. Oyog’i 
kasalligi uchun doriga pul sarflay olmagan insonni hovlisi avvalgi holatda bo’lsa, 
bizningcha, kitobxon bunga ishonmagan bo’lardi. Muallifning mahoratini qaranki, 
bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan detallarni o’z o’rnida, bir joyda qo’llay bilgan. Bu 
esa qarama-qarshi tus olgan hikoya voqeliklarini biz kitobxonlarga uqtirishda
“Uzoqdagi Dilnura” hikoyasining bosh qahramonlaridan biri Kozimjon xayolidan 
o’tgan bir misra she’r zamiriga olam-olam ma’no-mazmun jo etilgan. Mana o’sha 
misra: “Somon parchasidek oqib boraman”
1
. Somonning parchasini suvda oqish 
jarayonini kuzatganmisiz? Bor ixtiyorini suv va shamolga topshirgan holda, ixtiyorsiz 
oqib ketaveradi. Kozimjon ham xuddi samon parchasidek, hayot qonun-qoidalari 
oldida ojiz qolmoqda edi. Bir necha varoqlar bag’riga jo qilsa bo’ladigan mazmunni 
yozuvchi mahoratini qaranki, oqayotgan somon parchasi detali orqali ixcham va 
ta’sirli tarzda ifodalaydi. 
Istiqlol davri o’zbek adabiyotida badiiy asar tiliga, shu jumladan hikoyalari 
tiliga ham juda katta mas’uliyat bilan qaragan, bu borada tinimsiz izlangan, 
mashaqqatli mehnatning barchasiga chidagan yozuvchilarimizdan biri Zulfiya 
Qurolboy qizi hisoblanadi. Uning mashaqqatli mehnati mahsuli bo’lmish “Tafakkur” 
hikoyasidagi Tangriberdining onasi vafotidan keying ahvoliga e’tiborimizni 
qarataylik: ”Uchuqlar asta – sekin kattalashib, yiringli yaraga aylandi. Bir kun kelib 
yaralar yorilib, qon sachrab, kiyimlari dog’ bo’lib qolgandan keyingina Erkaboy 
bundan xabar topdi,-”
2
deya muallif qahramonning portretini chizadi. Bu yerda 
tanaga o’zi yoki boshqalar tomonidan jarohat yetkazilmagan bo’lsa-da, uning 
ko’ylaklari qon sachrashi oqibatidan qizil dog’ bo’lib qolganligi bemorga nisbatan 
yaqinlari ancha muddat bee’tibor bo’lganligini bildiradi. Qondan dog’ bo’lib qolish 
1
 
www.ziyouz.uz
 kutubxonasi.H.Ulug’bek.Uzoqdagi Dilnura.-T.,Kamalak,2009,mart-aprel.- B 32. 
2
Zulfiya Qurolboy qizi.Qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 62.


45 
darajasiga kelgan ko’ylak ham aynan shunday ma’no-mazmunni ifodalovchi detal 
hisoblanadi, ammo Qozoqboy Yo’ldoshevning “Yoniq so’z” nomli maqolalar 
to’plami orqali istiqlol davri o’zbek hikoyachiligidagi kichik odam obraziga bergan 
ta’rifiniga yana bir bor diqqatimizni qaratmoqchimiz. Olimning Kichik odam 
obrazlarini: “Ular hamisha ham ojiz, notavon, noshud emaslar. Ba’zan juda ishchan, 
olg’ir, uddaburon bo’lishlari ham mumkin”
1
,- deya ta’riflashi asosli edi.
Tangriberdining xotirasi qaytish jarayonidagi tafakkurdagi o’zgarishlar quyidagicha: 
“Keyin… xayoliy kuch iskanjasiga tushib qolgandek qaltirab ketdi. Qaltirash 
asnosida… yelkasidagi yiringli yaradan nimjongina bir narsalar uchib pastga – ko’rpa 
ustiga tushdi. Bu qurt edi,-”
2
deya tasvirlanadi. Bu tasvirlar nafaqat tafakkurdagi 
o’zgarish tafsiloti, balki jismning yemirilishi ham. Badandagi qurtlar uning 
yemirilishini ta’sirli tarzda ko’rsatib beruvchi detal vazifasini o’tayapti desak, 
bizningcha, xato bo’lmaydi. Bu holat bir qaraganda ishonarsizdek tuyulishi mumkin, 
lekin badiiy adabiyot tarixiga nazar soladigan bo’lsak, tasavvuf adabiyotida sabr-
qanoat timsoli bo’lmish Ay’ub payg’ambarimizning tanasidagi yaraning
qurtlaganiga ham eshitganmiz. Demak, inson tanasidagi yaraning qurtlashi, bo’lishi 
mumkin bo’lmagan to’qima emas. Muallifning shu hayotiy hodisadan 
qahramonimiz 
tafakkurida 
uyg’onayotgan 
jo’shqinlikka 
qarshi 
holatda 
foydalanishidan maqsadi nima ekan. Bu savollar ongni band etgan holda, xotirimga 
Abdulla Qahhor so’zlari keldi: “Men Jek Londonning “Jazirama” asarini 
o’qiyotganimda uning g’oyasini topolmaganman, ammo bor narsamni yig’ishtirib 
qishloqqa ketgim kelgan. Keyinchalik bilsam asarning bosh g’oyasi ham insonlarda 
tabiatga bo’lgan mehrni uyg’otish ekan”
3
. Abdulla Qahhor so’zlari bilan 
tanishgandan so’ng, barchamiz yozuvchi maqsadini anglagan bo’lsak ajab emas. 
Qahramonimizning jism yemirilishi jarayonida ruhiyatidagi holatiga muallif 
1
Yo’ldoshev Q.Yoniq so’z.-T.,Yangi asr avlodi,2006.- B 84. 
2
Zulfiya Qurolboy qizi.qadimiy qo’shiq.-T.,O’zbekiston,2012.- B 62. 
3
Yoshlar seminariyasida so’zlagan nutqidan. 


46 
quyidagicha : “Muzlab qolgan tafakkurida “yilq” etib uchqun paydo bo’ldi. Uchqun 
asta-sekin alanga olib, zulmatda qaqshab yotgan tasavvur ko’zgusini yoritib, 
kumushday yaraqlatib yubordi”
1
,- deya ta’rif beradi. Bu qarama-qarshiliklarni, 
jismdan ruhni ustun holatini ko’rgan kitobxon, hayotda “Ilojsiz narsani o’zi 
yo’q”ligiga yana bir bor amin bo’ladi, hamda o’z orzulari tomon intilishni davom 
ettiradi. Bizningcha, muallifning bir-biriga zid holatlarni bir o’rinda qo’llashidan 
maqsadi ham shu bo’lgan. Hikoyadagi qurtlagan yara detali esa istiqlol davri o’zbek 
adabiyotidagi kichik odam obrazining tafakkur quvvatini ochib berish bilan bir 
qatorda hikoya g’oyasining ta’sir kuchini ham oshirmoqda. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin