Leksika
Leksika (yun. lexis — soʻzga oid, lugʻaviy) — tildagi barcha soʻzlar va iboralar yigʻindisi, tilning
lugʻat tarkibi. L. maʼlum qonun-qoidaga boʻysunuvchi izchil va murakkab tizimdan iborat. Til
L.si toʻxtovsiz oʻzgarib turadi. Bu narsa lugʻat tarkibida yangi soʻzlarning paydo boʻlishi,
mavjud soʻzlardan ayrimlarining eskirib, isteʼmoldan chiqishi, leksik maʼnosini uzgartirib,
yangi maʼno kasb etishi kabi jarayonlarda koʻrinadi. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy tuzumning
oʻzgarishi bilan uzviy bogʻlangan holda L. boyib boradi. 20-asrda barcha xalqlar qatori oʻzbek
xalqi L.si ham tezlik bilan oʻsib, taraqqiy etdi. Oʻzbek tili L.siga baynalmilal soʻzlar keng
koʻlamda kirib keldi. Buning ustiga fan va turli sohalar terminologiyasi ham toʻxtovsiz oʻsib
bormoqda. Oʻzbek tili L.sida oʻz va oʻzlashgan qatlam, shuningdek, oʻz qatlam tarkibida
umumturkiy suzlar va ulardan yasalgan oʻzbekcha suzlar mavjud. Oʻzlashma qatlam tarkibida
forscha, arabcha, ruscha-baynalmilal soʻzlar bor. Oʻzbek tili L.si zamonaviyligi jihatdan 3
asosiy qatlamga bulinadi: 1) zamonaviy qatlam — eskilik va yangilik boʻyogiga ega boʻlmagan
soʻzlar. Shu qatlamga oid soʻzlar oʻzbek tili L.sining asosini tashkil qiladi; 2) eski qatlam —
hozirda ham isteʼmolda boʻlgan istorizmlar, arxaizmlar bu qatlamga kiradi; 3) yangi qatlam —
yangi L. deb ham yuritiladi. Lugʻaviy birliklar ishlatilish doirasi jihatdan 2 qatlamga ajratiladi:
1) ishlatilish doirasi chegaralanmagan soʻzlar. Maʼnosi shu tilda soʻzlovchilar uchun
tushunarli va umumqoʻllanish xususiyatiga ega boʻlgan suzlar umumisteʼmoldagi
chegaralanmagan L. sanaladi; 2) ishlatilish doirasi chegaralangan soʻzlar — til lugʻat
tarkibining ajralmas qismi boʻlib, uning tarkibiga dialektal, terminologii kasb-hunar L.si, ilmiy
atamalar, jargon va argolar, vulgarizm va varvarizmlar kiradi. Lugʻaviy birliklar nutq
koʻrinishlari jihatdan adabiy va soʻzlashuv nutqiga xoslangan boʻladi. L. termini biror muallif
yoki asar L. si kabi tor maʼnoda ham qoʻllanadi: Navoiy L.si, "Oʻtgan kunlar" romani Leksika
Ad.: Tursunov U., Muxtorov J,, Rahmatullayev Sh., Hozirgi oʻzbek adabiy tili, T., 1965. Bozorboy
Oʻrinboyev.
[1]