Bu maqola
vikilashtirilishi
kerak.
Iltimos, bu maqolani
Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga
muvofiq tartibga keltiring.
Ingliz tilining nostandart
leksikasi
Har qanday til jamiyatga aloqador va jamiyatdan tashqarida o’zicha, alohida rivojlana
olmaydi. Til, avvalambor, jamiyatning, odamlarning o’zaro muloqot vositasidir, shu sababli
jamiyat – odamlar til leksikasining shakllanishiga bevosita aloqadir hisoblanishadi.
Unutmaslik kerakki, til o’zida ichki shakllanish tizimi qonuniyatlari mavjudligi bilan
ahamiyatga egadir. Vaziyatdan kelib chiqib, har qanday rivojlangan tildagi birgina fikr turlicha
talqin qilinadi. Uslub, stilistik buyoq va vaziyat taqozosidan qat’iy nazar muloqotda tilning
yadrosi sifatida ma’lum holatlar uchungina ishlatiladigan neytral so’zlar ham mavjud. Bu
toifadagi so’zlarni biz lug’atlarda noadabiy yoki nostandart leksikaga oid so’zlar deb ataymiz.
Nostandart leksikaga qarab chiqishdan oldin uning uslubi bilan bog’liq muammolarga nazar
solib chiqadigan bo’lsak, bu yerda asosan ikki xil uslub ishlatish holati mavjudligi ma’lum
bo’ladi: funksional va ifoda etish. Funksional uslub – ma’lum doiradagi odamlarga xos,
ma'lum maqsadga qaratilgan muloqot uslubi sifatida talqin etiladi, ya'ni inson harakatining
o'ziga xos qonuniy jihatlariga taalluqli holatlar uchun, masalan, tadbirkorlar uslubi, og'zaki
uslub, ilmiy uslub va hokazo. Zamonaviy tillardagi funksional uslublar o’ta murakkab va xilma
xildir. Ta’kidlab o’tish kerakki, uslub yozma va o’gzaki turlarga bo’linish bilan birga
Manbalar
ishlatilishiga qarab jamoatchilik uchun qo’llanishda turli shakllarga bo’linib ketadi. Ammo
haligacha tilshunoslar ko’plab ma’lumotlarga ega bo’lishlariga qaramasdan, uslublar turlari
haqida yaxlit bir fikrga kelishgani yo’q. Uslublarni quyidagicha bo’limlarga bo’lishadi: ilmiy,
ommaviy, publisistik, san’atga xos (teatr, rassomchilik, raqs va hokazo), og’zaki,
korrespondentlar uslubi, gazeta uslubi, she’riyat, professional-texnikaga oid, rasmiy-idoraviy
uslublar. Funksional uslub – bu ma’lum tilda muloqot qiladigan odamlarning o’z ona tilidan
turli holatlar va ish joylaridan kelib chiqib, ma’lum maqsadni ko’zlab, so’z va so’z birikmalarini
ishlatishi yig’indisidir. Ifoda uslubi shunday uslubki, unda muloqot davomida siz ma’lum bir
holatga taalluqli o’z emotsional his-tuyg’ularingizni ifoda qilasiz. Har xil tilshunoslar muloqot
uslublari uchun boshqa terminlardan ham foydalanadi. Rus tilshunosi R.G.Pyotrovskiy
qarashicha uslublar yuqori darajadagi, dabdabali she’riyatga taalluqli va ilmiy til uslubi, ya’ni
adabiy hikoya, adabiy so’zlashuv uslublari hamda past darajadagi boshqa asosiy bo’lmagan
kichik uslublarga bo’linadi. Ingliz tilshunosi J.Kenon esa, ikkita darajani alohida ta’kidlab
o’tadi – standart va nostandart funksiya bajaruvchi uslublar yoki rasmiy va norasmiy
uslublarga bo’lishni taklif qiladi. Nemis tilshunosi Y.Hannerts ta’kidlashicha uslublarni yuqori
va past yoki rasmiy, norasmiy turlarka bo’lish kerak. Rus tilshunosi V.N. Yartsevaning
aytisicha, uslub kitobiy-yozma va og’zaki-so’zlashuv nutqi turlarga bo’linadi. Demak, til
uslublarini qo’llanishiga qarab ber necha xil alohida turlarga bo’lib aytishimiz mumkin. Ushbu
maqolada biz alohida uslub, ya’ni past darajada turuvchi so’z va iboralar – kollokvializm
(“colloquial” – ingliz tilidan “so’zlashuv uslubiga xos so’z birikmalari va iboralar), sleng
(“slang” – ingliz tilidan “jargon, oddiy, og’zaki leksikaga xos so’zlar”), umumiy sleng, maxsus
sleng (jargon va argo - maxsus so’zlar) hamda vulgarizm (qo’pol so’zlar) haqida so’z
yuritamiz. Ammo shuni alohida ta’kidlab o’tishimiz joizki, shu kungacha so’zlarni alohida
uslublarga bo’lib ko’rsatadigan maxsus qo’llanmalar shakllantirilmagan. Masalan,
kollokvializmlar standart va nostandart leksika orasida turadi. Ba’zi tilshunoslar
kollokvializmni ko’proq nostandart leksika xos deya ta’rif beradi. Misol uchun ingliz tilshunosi
E.Partridj o’zining “So’zlar dunyosi” kitobida kollokvializmni standart leksika nisbatan
“quyi”da, lekin slenglardan yuqorida turishini aytib o’tadi. Yangi lug’at Webster (
Webster Noah
(Vebster Nuh) – (1758 – 1843 yy.), AQSh tilshunosi. Uning 70000 so’zlar va iboralardan iborat
“American Dictionary of the English Language”
(Ingliz tilining Amerika xos lug’ati) (1828-yil)
lug’ati AQShda ingliz tilining qo’llanishi bo’yicha 2 tomdan iborat birinchi katta lug’at kitobdir)
mualiflari esa, kollokvializmni og’zaki nutq va norasmiy yozma uslubga xos deb qaraydi va uni
noadabiy yoki nostandart leksikaga bog’liq yoki bog’liq emasligiga qarab chiqishmaydi. Biz
E.Partridj g’oyasini qo’llab-quvvatlab, kollokvializmlarni standart vokabulyar (“vocabulary” –
inglizcha “lug’at, so’z tarkibi, so’z boyligi”) tarkibiga kiritish bilan birga, “quyi” kollokvializmlarni
nostandart leksikaga xos jihatlariga bog’lab, uning qo’llanish muammolariga qarab chiqamiz.
Nosatandart leksikaning asosiy qismi kundalik hayotda ko’p qo’llaniladigan og’zaki uslub so’z
va iboralari, ya’ni slanglardan iborat. Shunga qaramasdan, rus tilshunosi V.A.Xomikov umumiy
sleng so’z va iboralarini stilistik nutq tashuvchi, adabiy uslubga xos, his-tuyg’ularni ifodaluvchi
so’zlar tarkibiga kiritadi. Aksincha nemis olimi A.D.Shveytser esa, umumiy slenglarni
adabiyotdan yiroq oddiy ommaga xos so’zlar toifasiga qo’shadi. Jargon – faqat tor doiradagi
odamlar tushunishi uchun, boshqa toifadagi odamlar tushunmasligi uchun qo’llaniladigan
maxsus so’z va iboralardan iborat o’ziga xos tildir. Argo – ma’lum ijtimoiy doiradagi yoshi va
ishi bir xil bo’lgan odamlar guruhiga xos (asosan jinoyatchilar to’dasi tili) so’z va iboralardan
iborat alohida so’zlashuv uslubidir. Olimlar jargon va argo maxsus slengmi yoki nostandart
leksikaning alohida bir qismimi, degan savol uchun hali-hanuz bir to’xtamga kelishgani yo’q.
O’zining qo’pol va o’tkir ma’no sifatlari bilan vulgarizm nostandart leksikaga to’g’ridan to’g’ri
taalluqlidir. Standart ingliz tilida vulgarizmga tabu (“
taboo
” – inglizcha “ta’qiq, cheklash”)
sifatida qaraladi va tushuniladi. Nostandart leksika milliy tilning qismi va uning qoidalari
doirasida turlanish orqali rivojlanadi. Ba’zida esa bu holatda tildagi so’zlarga chet tilidan ham
ibora yoki so’zlar qoshilishi mumkin. Metafora va metonimiya orqali chet tilidan so’zlar
sezilarli darajada boshqa tilga o’tishi mumkin. Nostandart leksika lug’atidagi so’zlar asosan
adabiy tildagi so’zlarning tor yoki keng doiradagi turli ma’no olib yurirshi orqali har xil holatlar
uchun, asl ma’nosidan to’liq chiqib ketmagan holda vaziyatda qo’llanishi rivojlana boradi.
Ta’kidlab o’tish joizki, tildagi bunday holatlar tasodifiy emas. Ingliz tilining nostandart
leksikasi rivojlanishi asosan olmon tillari kelib chiqishi tarixi bilan xarakterlanadi. Ko’pchilik
nostandart leksikaga taalluqli so’zlar kelib chiqishidan boshlab o’z ma’nosiga xos adabiy til
bilan mutanosib holda ishlatiladi. Quyida ingliz tilining amerikacha slengi orqali nostandart
leksikaning bir qator misollarni ko’rib chiqishimiz mumkin. Affiksatsiya (“
affixation
” –
inglizcha “so’z yasovchi qo’shimchalar”) – zamonaviy ingliz tilidagi yangi so’z yasovchi eng
ko’p tarqalgan usullardan biridir va bunda o’zak va so’z yasovchi qo’shimcha yangi ma’no
anglatuvchi so’z yasaydi. Affiksatsiya o’z ichiga prefikslar (“prefix” – inglizcha “so’z oldiga
qo’shilib yangi so’z yasovchi qo’shimcha”), suffikslar (“
suffix
” – inglizcha “so’z oxiriga qo’shilib
yangi so’z yasovchi qo’shimchalar”) va infikslarni (“
infix
” – inglizcha “so’z o’zagiga qoshilib
yangi so’z yasovchi qo’shimchalar”) oladi. Nostandart leksika va sleng so’zlarini yasashda
standart so’zlar yasash uchun qo’llanadigan so’z yasovchi affikslardan foydalaniladi. Eng ko’p
tarqalgan madaniy ma’lumot beruvchi va harakatni bajaruvchini ifodalaydigan yangi
nostandart so’z yasovchi qo’shimcha bu –er suffiksidir. Misol uchun, “greener” – yangi kishi
yoki tajribasiz xodim (“green” – yashil, yangi unib chiqqan); “juicer” – alkogolik (“juice” –
sharbat, ichimlik); “jumper” – o’g’ri, uyga derazadan oshib o’tuvchi (“jump” – sakramoq);
“penciller” – jurnalist (“pencil” – qalam). Ingliz tili amerikacha slengida bunaqa so’zlarni
yuzlab topish mumkin. Ingliz tili amerikacha slengi ot so’z turkumiga oid odamlarni
ifodalovchi so’zlarni yasashda –ie suffiksi keng tarqalgan va u odamlarga nisbatan
kichraytirish, erkalash yoki yomonlash ma’nolarini ifodalash bilan xarakterlanadi: “drunkie” –
sharobxo’r, alkash (“drunk” – ichgan); “baddie” – yovuz, yomon amaki (“bad” – yomon);
“goodie” – yaxshi odam (“good” – yaxshi). Inkor ma’no anglatuvchi prefiks no- amerika
slengida nimanidir yetishmasligini, kamchihlikni ifodalash maqsadida ishlatiladi. Bu holatda
qoidaga bo’y sungan holda so’z tire bilan ajratiladi: “no-hoper” – omadsiz, foydasiz odam
(“hope” – umid qilmoq); “no-name” – arzimaydigan odam (“name” – ism); “no-show” –
ko’rinmagan (kelmagan) odam (“show” – ko’rsatmoq). Navbatdagi so’z yasovchi birlik bu –
aholic (mukkasidan ketgan) qo’shimchasidir. Bu birlik ilk bor “alcoholic” – sharobxo’r so’ziga
qo’shilgan va keyinchalik nostandart leksika amerikacha slengida yangicha so’zlarni
ifodalashda qo’llana boshlagan. Masalan: “workaholic” – mehnatkash, ishga mukkasidan
ketgan (“work” – ishlamoq); “New Yorkaholic” – Nyu York shahriga sodiq, (“New York” – Nyu
York shahri); “coffeholic” – kofe ichishga mukkasidan ketgan (“coffee” – kofe); “foodoholic” –
yeb-to’ymas, ochofat (“food” – ovqat). Ingliz tilida yarim affiks degan tushuncha bor va
ulardan ba’zida sleng so’zlarini yasashda ham ishlatiladi, masalan: proof, –man, –land, –like,
–hood, –head va hokazo. Bu turdagi affikslar so’z yasovchi qo’shimcha bo’lish bilan birga o’zi
alohida ma’noga ega so’z hamdir. Masalan: “freshman” – narkomanlikni boshlagan odam
(“fresh” – barra, yangi); “jellyhead” – axmoq, jinni (“jelly” – jele, yelimshak); “hayhead” –
marixuana chekuvchi odam (“hay” – hashak); “homeland” – qora hudud, kvartal (“home” –
uy); “knifeman” – xirurg (“knife” – pichoq); Amerikacha ingliz tili slengida ikki mustaqil adabiy
standartga taalluqli so’z o’zaklarining qo’shilishidan ham alohida bir ma’no toifasiga oid yangi
so’zlar yasalgan, masalan: “nutball” – telba (“nut” – yong’oq, “ball” – koptok); “nutbox” – ruhiy
xastalar kasalxonasi, jinnixona, (box – quti); “pigpen” – politsiya uchastkasi (“pig” – cho’chqa,
“pen” – molxona). Abbrivatsiya (“abbreviation” – inglizcha “so’zlarning qisqartmasi”) sleng
yasashda juda keng tarqalgan usullardan biridir: “mon” (“money” – pul), “biz” (“business” –
ish, biznes), “fess” (“professor” – professor), “tec” (“detective” – detektiv). Rus tilshunoslari
T.М. Belyayev va V.А. Xomyakovlar so’z qisqartirishning uch xil ko’rinishi, ya’ni ingliz tilida
so’zning birinchi bo’gini yoki o’rtadagi bo’g’inini, yoki oxirgi bo’g’inni qoldirish orqali qisqartma
sleng ishlatilishini kuzatish mumkinligini aytib o’tishadi. So’z yasashning yana bir unumli
usullaridan biri bu – so’zni o’zini takrorlashdir va bu juda qadimdan tilda qo’llanilib kelgan
hodisadir hamda so’z takrorlanib ishlatilganda o’z ma’nosini kuchaytirishi yoki boshqa
ma’noga o’tishi mumkin: “bye-bye” – xayr (“bye” - xayr), “jaw-jaw” – suhbat, bekorchi gap
(“jaw” – jag’). Takror so’zlar asosan slengda kuzatiladi va shular keyinchalik adabiy til
standart qoidalariga qo’shilishi mumkin. Masalan: inglizcha “tip-top” – a’lo, birinchi darajali
yoki “hocus-pocus” – focus-pokus, ko’z bo’yamachilik qilish, aldash. Tilda bu kabu so’zlar
asrlab saqlanib qolishi mumkin. Xulosa Yuqorida aytib o’tilganlardan kelib chiqib, quyidagicha
xulosaga kelish mumkin, ya’ni ma’lum bir chet tilining faqatgina adabiy tili ma’nolarini
o’rganish bilan u til va o’sha tilda gaplashuvchilar haqida to’liq tasavvurga ega bo’la olmaymiz,
ularni to’liq tushuna olmaymiz. Nostandart leksikani bilish, ayniqsa ingliz tilining amerikacha
slengini bilish, zamonaviy badiiy adabiyot, ommaviy axborot yangiliklari, shuningdek
tarjimonlik va ingliz tilida gapiruvchi odamlar bilan suhbatlashish uchun juda ham zarurdir.
Dostları ilə paylaş: |