Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi.
Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki
xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozordagi narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ishlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov - normal (me'yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda - bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini raqbatlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi. Agar biron-bir faoliyat turi normal foyda keltirmasa, tadbirkor bu faoliyat turi bilan shug’ullanishdan to’xtaydi va o’zining kuch-quvvatini boshqa faoliyatga sarflaydi.Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Xarajatlarni doimiy ravishda pasaytirib borish korxona foydasini oshirishning asosiy vositasi bo`lib xizmat qiladi. Zero mahsulot bahosi tarkibining asosiy elementlari bu xarajat va foydadir. Binobarin, xarajatlar qanchalik qisqarib borsa shunga mos foyda miqdori oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu fan-texnika taraqqiyotining (FTT) yutuqlaridan oqilona foydalanishga erishishdir. FTT yutuqlaridan foydalanish mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan, xom ashyo materiallaridan yoqilg`i resurslaridan yanada to`laroq foydalanishga imkon beradi. Shuningdek, yangi unumdorligi yuqori bo`lgan, samarador mashina, dastgoh va yangi texnologik jarayonlar yaratilishi, uni ishlab chiqarishga joriy etish pirovard natijada korxonada ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi. Fan-texnika taraqqiyotining XX asr ikkinchi yarmidagi o`ziga xos jihati prensipial yangi texnologik ishlab chiqarish usuliga o`tishi bilan xarakterlanadi. Uning mavjud texnologik ishlab chiqarish usullaridan ustunligi faqat nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorligida emas, balki sifat nuqtai nazaridan yangi moddiy nematlar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkoniyatlaridadir. Xarajatlarni pasaytirishning asosiy yo`nalishlaridan biri bu ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning takomillashtirishdir. Ushbu yo`nalish ishlab chiqarishda yo`qotishlarni kamaytirish yo`li bilan xarajatlarni pasaytirish bu esa o`z navbatida jonli mehnatni iqtisod qilishga ya’ni ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga olib keladi.