KIRISH Mavzuning ahamiyati va dolzarbligi: O'zbekistonda ilm-fan, iqtisodiyotni rivojlantirish va yosh avlodning kamoloti uchun asos bo'ladigan Uchinchi Renessansni barpo etish jarayoni boshlandi. Mamlakatimizda Birinchi Renessans esa IX-XII asrlarda, Ikkinchi Renessans XIV-XV asrlarda kechganligi va Uchinchi Renessans esa XX asr I choragida jadid ma'rifatparvarlari tomonidan boshlanganligi ma'lum.
Yangi O'zbekiston sharoitida Uchinchi Renessansni to'liq barpo etish va bunda boshlang'ich ta'lim ham yuksak talablarga mos bo'lishi talablari qo'yildi. Shu talablardan kelib chiqib Uchinchi Renessans gʻoyasining oraliq bosqich vazifalarini aniqlash zarur. Masalan, 2030-yilda, 2040 — 2050-yillarda biz aholi jon boshiga taxminan qancha yalpi ichki mahsulot ishlab chiqaramiz, jahon reytingida taxminan qanday oʻrinlarga koʻtarilamiz. Shu kabi tahliliy va tajribaga asoslangan ishlar bugun moliya, uning tahlili sohasiga aloqador barcha sohalar ayniqsa "Kalkulatsiya" jarayonini ham yanada chuqur o‘rganishni talab etadi. Bu esa ilmiy ishimizning dolzarbligini tashkil etadi.
Mavzuning amaliy ahamiyati. Kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obektlarini qiymatli o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ularning qo‘llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o‘rtasidagi muvofiqlikni talab qiladi. Xarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo‘li bilan erishiladi.
Hisoblash pulni tejash va nazorat qilish rejimini amalga oshirishning muhim vositasidir. Bu bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning tannarx va rentabellik darajalarini solishtirish, ixtisoslashtirish, korxonalar tomonidan ishlab chiqarish dasturini joylashtirish, moddiy-texnika ta'minoti va boshqalar masalalarini to'g'ri hal qilish imkonini beradi.Progressiv me'yorlar asosida rejali smetalarni tuzish. sanoatda va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida oqilona ulgurji narxlarni o‘rnatishning zarur shartidir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining tannarx smetasi xarid narxlarini rejalashtirish uchun qo'llaniladi.