Kurs ishi mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarini kalyulyatsiya moddalari bo‘yicha tahlili



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə6/8
tarix08.02.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#83534
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi mavzu Ishlab chiqarish xarajatlarini kalyulyatsiya mo

Hisoblash usullari (xarajatlarning pul ob'ekti bo'yicha hisobot)
Korxonalarda mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning normativ, jarayonli, buyurtmali, to'liq tannarx, marjinal xarajatlarni umumlashtirish, xarajatlami mutanosib taqsimlash, aralash kabi usullari mavjud. Keyingi bobda har bir usul misollar orqali yoritiladi.
II BOB Ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya moddalari bõyicha tahlili
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish jarayonida korxona faoliyatida muhim vazifalardan biri ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini to'g'ri aniqlashdir. Mahsulot tannarxi uni ishlab chiqarishga qilingan bevosita xarajatning yig'indisini ifodalaydi.
Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish va xarajatlarni hisobga olish boshqaruv hisobining asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi quyidagilar bo'yicha boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi uchun asos bo'ladi:
— qanday turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, qaysilarini esa to'xtatish bo'yicha;
— zarur yordamchi mahsulotlarni sotib olish yoki ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligi to'g'risida;
— ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotga baho belgilash borasida;
— ishlab chiqarishni yangi texnika bilan jihozlash bo'yicha;
— ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni rivojlantirish bo'yicha berilgan tavsiyalami asoslashda.
Boshqaruv hisobida tannarx quyidagi asosiy ob’ektlar bo'yicha aniqlanadi:
— alohida bo'linmalar bo'yicha;
— alohida mahsulot turi bo'yicha.
Bunda xarajatni taqsimlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi:
— xarajatlami ular vujudga kelgan markazlar bo'yicha to'plash;
— xarajatlarni mahsulot turlari bo'yicha taqsimlash.
Xarajatlami taqsimlash deganda, korxona faoliyatida vujudga kelgan xarajatlarni aniq ob’ektlar bo'yicha guruhlash jarayoni tushuniladi.
Xarajatlar ob’ekti sarflangan xarajatlar hisobga olinishi zarur bo'lgan tashkiliy bolimdir.
Mahsulot(ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi bevosita xarajatlar, resurslardan samarali foydalanishni talab qiladi. Korxonadagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxini pasaytirish imkonini beradi.
Mahsulot tannarxini aniqlashda kalkulyatsion birlikni aniq belgilash muhim masala hisoblanadi.
Kalkulatsiya birligi — bu kalkulatsiya ob’ekti o‘lchovidir. Uni tanlash mahsulotni tayyorlash xususiyatlari, nomenklatura kengligi, o'lchashda qo'llanadigan birliklar, amaldagi andozalar va ishlab chiqiladigan mahsulotning texnik shartlariga bog'liq bo'ladi.
Masalan, sut mahsulotlari bo'yicha kalkulatsiya ob’ektlarini belgilashda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga muvofiq ularning nomi, yog'lilik darajasi va idishning turiga qaraladi. Aytaylik, bir metr sig'imdagi qog'oz idishdagi 3,2% yog'lilikka ega sut, 0,5 metr sig'imdagi polietilen idishdagi 20% yog'lilikdagi smetana, 250g. og'irlikdagi o'rama qog'ozli yog'sizlantirilgan tvorog va h.k.
Amaliy faoliyatda ishlab chiqarish korxonalari kalkulatsiya birliklarning quyidagi guruhlaridan foydalanadilar:
— tabiiy birliklar — dona, kilogramm, tonna, metr, kub metr, kilovatt-soat va h.k.;
— shartli-tabiiy birliklar — konservalar (quyultirilgan sut) 100 shartli bankalari va h.k.;
— foydalaniladigan (ekspluatatsion) birliklar—quvvat, mahsuldorlik va h.k;
— ish birliklari — tashib keltirilgan yukning bir tonnasi, yo'l qoplamasining yuz metri va h.k.;
— vaqt birliklari - mashina-kun, mashina-soat, norma-soat va h.k.
Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usullari haqida 1- bobda to‘xtalganligimiz sababli ularni misollar orqali yoritamiz.
Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning normativ usuli xarajatlar hisobi normativ usulining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bu usulning afzalligi unda hisob-kitoblarning oddiyligidir. Quyidagi sabablarni mazkur usulning kamchiliklariga kiritish mumkin:
— foydalanilgan zahiralar miqdori va ularga qo'yilgan baholar nazorati uchun me'yorlarning mavjud emasligi;
— chetlanish sabablari, uning aybdorlari, joyini aniqlash va tahlil etish imkoniyatining yo'qligi;
— ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar hisob-kitoblari faqat hisobot davri oxirida o'tkazilishi mumkin va h.k.
Normativ usulda normativ xarajatlar bilan haqiqiy xarajatlar o'rtasida yuzaga keladigan farq chetlanish, deb ataladi.
Bir dona ishlab chiqarilgan mahsulotga to‘g‘ri keladigan normativ xarajatlar quyidagi elementlardan iborat bo‘ladi:
— bevosita normativ moddiy xarajatlar;
— bevosita moddiy xarajatlaming normativ miqdori;
— normativ ish vaqti (bevosita mehnat haqi xarajatlari);
— ish vaqtining normalashtirilgan stavkasi;
— o'zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsienti;
— doimiy umum ishlabchiqarish xarajatlarining normativ koeffitsienti.
Ushbu usulni qo'llash quyidagi afzalliklarga ega: har bir xarajat turi bo'yicha norma va normativlaming o'rnatilganligi, ishlab chiqariladigan mahsulotlar birligi tannarxining normativ kalkulatsiyasini tuzish, amaldagi normalar va ulardan chetlanishlar bo'yicha xarajatlar hisobini yuritish.
Faqat miqdor bo'yicha normalardan foydalanilganda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
H x = F zx ■ ( M f ± M hx)
bu yerda,
M f — xarajatlaming normativ miqdori;
M h x — haqiqiy xarajatlaming normadan chetga chiqishi.
Sarflangan resurslardan ehtiyojga muvofiq normada foydalanilganda quyidagi formulani qo'llash maqsadga muvofiq:
H x = (Fzx ± M xb) ■ M
bu yerda,
M xb — sarflangan resurslarning bahosi o'zgarishi natijasida chetlanishlar.
Sarflangan resurslarning miqdori va bahosi bo'yicha normalardan foydalanib, haqiqiy xarajatlar quyidaei formula yordamida aniqlanadi:
H x = (Fzx ± M xb) ■ (M m ± M ch)
bu yerda,
M m — normativ miqdor;
M ch — haqiqiy xarajatlarning normadan chetga chiqishi (sarflangan resurslar miqdori o'zgarishi sababli).
Ushbu usul normativ kalkulatsiyalarni har bir buyum bo'yicha majburiy dastlabki tuzilishini ko'zda tutadi, ular hisobot davri boshida amal qiluvchi xarajatlar normalari asosida hisob-kitob qilinadi. Tashkiliy va ilmiy-texnik tadbirlami tatbiq etish normalari va normativ xarajatlar yangilanishi bilan normativ kalkulatsiyalar ham yangilanadi.
Normativ usulda xarajatlar normalar doirasida va ulardan chetlanishlar bo'yicha olib boriladi. Mavjud chetlanishlar haqidagi axborot mahsulot tannarxini shakllantirish jarayonida tezkor ta’sir o'tkazish maqsadida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Bu usulda mahsulotning haqiqiy normativ tannarxi har bir modda bo'yicha normalardan chetlanishlarni qo'shish yoki ayirish yo'li bilan hisoblanadi.
Normativ usuldan muvaffaqiyatli foydalanish uchun quyidagi shartlar bajarilishi zarur:
— resurslarning barcha turlari bo'yicha normativ asosni aniqlash;
— normativ kalkulatsiyalami oldindan tuzish;
— xarajatlaming kelib chiqish joylari, normalardan chetlanishlaming aybdorlari va normalar o'zgarishi sabablari bo'yicha ishlab chiqarish xarajatlarini qayd etuvchi birlamchi hujjatlami ishlab chiqish;
— har bir ishlab chiqarish bo'linmasi va butun korxona bo'yicha mahsulot tannarxini shakllantirish ustidan o'matilgan nazorat natijasi bo'yicha tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish va xulosalar chiqarish bo'yicha ishlarni tashkil etish.
Normativ usul ombor xo'jaligini to'g'ri tashkil etishni ham talab qiladi. Bunda ombomi og'irlik o'lchov jihozlari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish bo'linmalarini esa — suv, gaz bug1, elektr quwatini iste’mol qilish uchun o'lchov asboblari bilan ta’minlash, mahsulotlar nomenklaturasini ishlab chiqish, birlamchi hujjatlar va boshqa tashkiliy-texnik tadbirlami sifatli rasmiylashtirishdan iborat.
Shunday qilib, mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilishning normativ usuli korxonalarda xarajatlar hisobi xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan m ahsulotlam ing haqiqiy tannarxini aniqroq hisoblashga imkon beradi, bundan tashqari bu usul xarajatlar bo'yicha chetlanishlarni batafsil tahlil etib, aniqlangan chetlanishlar va ularning sabablarini aniqlashga imkon beradi. Demak, mazkur usul xarajatlami operativ nazorat qilish va chetlanishlarni boshqarish uchun qulaydir.
Rejali (taxminiy) tannarx bo'yicha xarajatlarni hisoblash usuli normativ usulga qaraganda ko'proq qo'shimcha afzalliklarga ega. Unda normativ hajmlarga nisbatan rejalashtirilgan hajmlarni chuqurroq asoslanganligi, taxminlar aniqligi nazorat samaradorligini oshirishni ta’minlaydi. U mavjud ishlab chiqarish resurslarini hisobga olgan holda materiallar, yoqilg'i, energiya, ish haqi va boshqa xarajatlami progressiv normalaridan kelib chiqib tashkil etiladi. Bu usulning asosiy afzalligi shundaki, unda rejali xarajatlar erishilgan natijaga emas, balki kelgusidagi taxminga asoslanadi.4
Texnologik jarayonga nisbatan xarajat hisobini jarayonli va buyurtmalar bo'yicha tashkil etish mumkin.
Mahsulot tannarxini aniqlashning jarayonli usulidan mahsulot ishlab chiqarishda xomashyoning bir necha jarayondan o'tganidan so‘ng tayyor mahsulot holiga keladigan ishlab chiqarishlarda foydalaniladi.
Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli uzluksiz, bir necha bosqichdan iborat jarayonlar bo'yicha ko'p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo'llaniladi. Bunda mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish ikki usulda amalga oshiriladi:
— o'rtacha hisob usuli. Mazkur usulda xarajatlar, shu jumladan, hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo'shilib, shu davrda ishlab chiqilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo'linadi;
— FIFO usuli. Bunda hisobot davri boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'i tugatiladi, so'ngra yangi mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. FIFO usulini qo'llashda birmuncha qiyinchiliklar mavjud, biroq o'rtacha hisob usuliga nisbatan aniqroq hisoblanadi.
Xarajatlar hisobi jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz.
Yarim tayyor mahsulotli usulda har bir oldingi qayta ishlangan mahsulot keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejali tannarx bo'yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo'yicha baholash zaruratini belgilaydi. Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 - "O'zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar" nomli aktiv schetda aks ettiriladi.
Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo'yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, dastlabki m ateriallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulatsiya qilinadi.5
Misol. Korxona erkaklar poyabzali ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish uchta jarayonda tashkil etilgan. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
— hisobot davrining birinchi choragida 1500 dona mahsulot ishlab chiqarilgan;
— dastlabki ishlov uchun xomashyo va materiallar sarflangan — 8400000 so'm;
— oraliq mahsulotlarga xarajatlar qilindi — 2400000 so'm;
— tayyor mahsulot holiga keltirish uchun mablag'lar sarflandi — 1200000 so'm.
Bunda jarayonlar bo'yicha tannarx aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-jarayon — 8400000/1500=5600
2-jarayon — 2400000/1500=1600
3-jarayon — 1200000/1500=800
Jami: 12000000/1500=8000.
Yuqoridagi hisob-kitoblardan ko'rinib turibdiki, bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi 8000 so'mni tashkil etadi.
Xarajatlar hisobining buyurtmali usuli xususiy va mayda turkumli ishlab chiqarishda, shuningdek, tajriba-eksperimental ishlab chiqarishda va ta’mirlash ishlarida qo'llanishi mumkin.
Buyurtmali usulning mohiyati, bir yoki bir necha xildagi mahsulotlaming uncha katta bo'lmagan turkumini tayyorlashda har bir buyurtma bo'yicha alohida xarajatlar hisobi amalga oshiriladi.
Xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega:
— alohida buyurtmalar bo'yicha, shuningdek, bir martalik mahsulot turi ishlab chiqarilayotganda qo'llaniladi;
— bu usulda xarajatlar muayyan hisobot davri (bir oy, chorak, yil) oralig'ida emas, balki bajarilayotgan buyurtma davri bo'yicha aniqlanadi;
— qo'shimcha analitik ma’lumotlami yig'ib borish uchun buyurtmalar kartochkasidan foydalanish mumkin. Ushbu buyurtmalar kartochkasidan xarajatlar tegishli javobgarlik markazlari bo'yicha yig'ib boriladi.
Bu usulda barcha bevosita xarajatlar ishlab chiqarilgan yoki baj arilgan buyurtma birligiga olib boriladi. Buyurtmali usulda umumishlab chiqarish xarajatlari maxsus usullar bo'yicha aniqlanadi va mahsulot tannarxiga olib boriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlashning eng muqobil usuli normativ koeffitsientlar usulidir.
Koeffitsientlami hisoblash uch bosqichda amalga oshiriladi:
— umumishlab chiqarish xarajatlari rejasining yillik byudjeti tuziladi;
— xarajatlarning umumiy summasi rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish hajmiga qarab aniqlanadi. Bunda xodimlaming mehnat haqi, sarflangan kishi-soat, sarflangan mashina-soat va h.k;
— rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun aniqlangan umumishlab chiqarish xarajatlari summasi rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmiga bo'linadi.
Yuqoridagi hisob-kitoblardan so'ng pul birligi, soat va boshqa istalgan o'lchov birligida aniqlanishi mumkin bo'lgan umumishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffitsienti yuzaga keladi.
Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini hisoblashning buyurtmali usulida kalkulatsiya ob’ekti bo'lib muayyan miqdordagi mahsulotni ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)ga olingan buyurtma hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da, buyurtmachi va ishlab chiqaruvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma asosiy buxgalteriya hisobi hujjati bo'lib hisoblanadi. Mazkur shartnomada quyidagilar o'z ifodasini topadi: shartnoma ob’ekti, shartnoma sub’ektlari va ularning manzillari, mahsulot (ish, xizmat)ning hajmi va yuklab jo'natish (qabul qilib olish) muddati, shartnoma bahosi, to'lov shakllari va boshqalar.
Buyurtmali usulda mahsulot tannarxini hisoblash yakka va turkumli ishlab chiqarishlarda qo'llaniladi.
Buyurtmalar bo'yicha material, mehnat haqi va shu kabi xarajatlar alohida taqsimlash jadvallarida guruhlanadi. Buyurtma ob’ektining tannarxi u ochilgan kundan boshlab am alda ishlab chiqarish xarajatlarining yig'indisi summasi orqali aniqlanadi.
Buning uchun har bir buyurtmaga buxgalteriyada alohida kartochka ochiladi, unda buyurtma bo'yicha xarajatlar buyurtmani bajarishning butun muddati mobaynida hisobga olinadi.
Bevosita xarajatlar birlamchi hujjatlar asosida sexlar va buyurtmalar bo'yicha hisobga olinadi. Bunda har bir buyurtma uchun alohida birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Bilvosita xarajatlar korxonada mutanosib ravishda qabul qilingan taqsimot bazasiga binoan taqsimlash yo'li bilan mahsulotlar tannarxiga kiritiladi.
Buyurtmani bajarish davrida xarajatlar tugallanm agan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni tugagandan keyin kartochka yopiladi va buyurtmani bajarishga ketgan xarajatlar hisoblab chiqiladi.
Bu xarajatlardan qaytarilgan chiqindilar, tuzatib bo'lmaydigan brak va foydalanilmagan materiallami omborga qaytarish xarajatlari chiqarib tashlangach, buyurtma bo'yicha ishlangan mahsulotning haqiqiy tannarxi kelib chiqadi.
Agar buyurtmaga muvofiq bir necha xil buyum tayyorlansa, haqiqiy xarajatlar summasini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga kalkulatsiya moddalari bo'yicha bo'lish bilan bir birlik mahsulotning tannarxi aniqlanadi.
Misol. "Sadaf1 AJ buyurtmalar bo'yicha tikuv mashinasi va muzlatgich ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta tikuv mashinasi va 8 ta muzlatgichga buyurtma berilgan. Buyurtmalar bajarib bo'lingan. Bir dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur.
Buyurtmalar to'g'risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi:
— tikuv mashinalari uchun — 288000 so'm;
— muzlatgichlar uchun — 768000 so'm.
2) Xodimlarga mehnat haqi tolandi:
— tikuv mashinalari uchun — 153600 so'm;
— muzlatgichlar uchun — 409600 so'm.
3) Buyurtmalar bo'yicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
— tikuv mashinalari uchun — 38400 so'm;
— muzlatgichlar uchun — 102400 so'm.
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar:
— tikuv mashinalari uchun — 288000+153600+38400=480000 so'm;
— muzlatgichlar uchun — 768000+409600+102400=1280000 so'm.
Ushbu ma’lumotlar bo'yicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha bo'ladi:
Tikuv mashinasi uchun — 480000/6=80000 so'm;
Muzlatgichlar uchun — 1280000/8=160000 so'm.
Ko'pincha korxona amaliy faoliyatida jarayonli usul bilan bir qatorda buyurtmali usulning unsurlarini birgalikda qollovchi aralash tizimlardan foydalaniladi. Bunday tizimlar turkumli va seriyali mahsulot ishlab chiqarishlarda qo'llaniladi. Jumladan, muomalalar bo'yicha tannarx aniqlash usuli istiqbolli aralash tizimlardan biri hisoblanib, unda xarajatlarni hisobga olishning asosiy ob’ekti muomala hisoblanadi. Umumishlab chiqarish xarajatlari mazkur muomaladan o'tgan mahsulot birliklari o'rtasida asosiy ishlab chiqarish xodimlarining asosiy ish haqi salmog'iga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Asosiy materiallarga ketgan xarajatlar ham buyurtm ali usul kabi mahsulotning alohida turi tannarxiga kiritiladi. Muomalalar usulining afzalligi kalkulatsiyani texnologik sharoitga yaqinlashtirishdan iborat.
Xalqaro amaliyotda korxonalar moliyaviy-xo'jalik faoliyatining schetlar tizimida tannarxni shakllantirish usuliga qarab xarajatlar hisobini to'liq yoki cheklangan tannarx (maijinal daromad usuli) bo'yicha tashkil etishlari mumkin.
To'liq tannarx bo'yicha xarajatlar hisobi usulida mahsulot tannarxiga doimiy va o'zgaruvchan, bevosita va bilvosita xarajatlarga bo'linishidan qat’i nazar, korxonaning barcha xarajatlari kiritiladi. Bevosita mahsulotga kiritib bo'lmaydigan xarajatlar avval ular kelib chiqqan javobgarlik markazlari bo'yicha taqsimlanadi, keyin esa tanlangan asosga mutanosib ravishda mahsulot tannarxiga kiritiladi. Ko'pincha taqsimlash bazasi sifatida ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqi, ishlab chiqarish tannarxi va h.k.lar tanlanadi.
To'liq tannarx bo'yicha xarajatlar hisobi usuli mamlakatimizda keng tarqalgan va moliyaviy hisob hamda soliqqa tortish bo'yicha normativ hujjatlar talablari va O'zbekistonda yuzaga kelgan an’analarga mos keladi. Biroq mazkur usul mahsulot ishlab chiqarish hajmi o'zgarganda mahsulot birligi tannarxida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni hisobga olmaydi.
Xo'jalik yuritishning hozirgi sharoitida cheklangan tannarx, ya’ni, maijinal usul bo'yicha xarajatlar hisobi usuliga alohida e’tibor berilishi zarur. Bu usulga muvofiq mahsulot tannarxiga korxona xarajatlarining hammasi kiritilmaydi, balki uning bir qismi — o'zgaruvchan xarajatlar kiritiladi. Ushbu usulda doimiy xarajatlarni mahsulot tannarxiga kiritmaydilar va shunday xarajatlar yuzaga kelganda o'sha davr foydasini kamaytirishga yo'naltiriladi. Aniq tasavvur hosil qilish uchun quyidagi misolni ko'rib chiqamiz (15-ilovaga qarang).
2003-yilda uyushma korxonalarining 10 foizli smetananing bir litrini ishlab chiqarish va sotishga qilingan o'rtacha xarajatlari so'mda quyidagicha:
1. Sotish bahosi 772-00
2. Qo'shilgan qiymat solig'i 129-00
3. O'zgaruvchan xarajatlar 2 7 0 - 2 0
4. Marjinal daromad (lq.-2q.-3q.) 372-80
5. Doimiy xarajatlar 265-80
6. Foyda (3q.-4q.) 107-00
Misoldan ko'rinib turibdiki, smetana birligidan olingan maijinal daromad 372-80 so'm (772,00-129,00-270,20)ni tashkil etadi va o'ziga xos yalpi foyda-brutto foydasi hosil bo'ladi. Marjinal daromad summasidan doimiy xarajatlar summasini ayirib operatsion foyda-netto foydasi topiladi. Biroq, 17-ilova tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, tarmoq korxonalarida hali maijinal daromad kontseptsiyasi qo'llanilmayapti, vaholonki moliyaviy hisobotning 2-shakli "Moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot" marjinal daromadni aniqlash talablariga muvofiq tuzilgan va tasdiqlangan. Demak, boshqaruv hisobi tizimini ham shu talablarga moslashtirish lozim.
Binobarin, mahsulotlaming sotish bahosi va o'zgaruvchan xarajatlar summasi o'rtasidagi farq qancha ko'p bo'lsa, marjinal daromad va rentabellik darajasi ham shuncha baland bo'ladi. Bundan tashqari, xarajatlarning doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'linishi korxona faoliyatini boshqarish va tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan u assortm ent siyosati, zararli faoliyat yuritgan holda yopib qo'yish yoki inqirozga uchraganligini e’lon qilish haqida qaror qabul qilish uchun zarur.
Bu usulning asosiy afzalligi doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarnng birlashishidan iborat. Ushbu xarajatlami boshqarish quyidagi eng muhim vazifalarini hal etish imkonini beradi:
— mahsulot yoki buyurtma bahosining quyi chegarasini aniqlash;
— mahsulot turlari foydaliligini qiyosiy tahlili;
— mahsulot ishlab chiqarish va sotishning qulay dasturini aniqlash;
— korxona raqobatbardoshliligi zahirasi hamda zararsizlik nuqtasini belgilash va h.k.
Korxonalarda mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usullari texnologiya va ishlab chiqarishni oqilona tashkil qilishni taqozo etadi.
Hozirgi paytda korxonalarda oddiy, jarayonli (shu jumladan, bo'linmali) va buyurtmali usullar xarajatlarni hisobga olish va tannarxni aniqlashning normativ usuli bilan bog'lab olib borilmoqda.
2010-"Asosiy ishlab chiqarish" schetining har bir mahsulot turiga ochilgan analitik schetlarida xarajatlar belgilangan xarajat moddalari bo'yicha hisobga olib boriladi.
Analitik schetlar mahsulotlarni qayta ishlashdagi texnologik jarayonlar bo'yicha ochiladi.
Xarajatlarni umumlashtirish usuli (oddiy usul)da mahsulot tannarxi mahsulotning alohida qismlari yoki ularni tayyorlash jarayoni bo'yicha aniqlanadi. Bu usul, odatda, bir xil mahsulot ishlab chiqarilganda qo'llaniladi.
Qo'shimcha mahsulotga xarajatlami chiqarib tashlash usuli shundan iboratki, bunda ishlab chiqarishdan olinadigan mahsulotlar asosiy, qo'shimcha va yondoshlarga bo'linadi. Asosiy mahsulot tannarxini aniqlash uchun qo'shimcha mahsulotlar va chiqindilar oldindan belgilangan baholar bo'yicha umumiy xarajatlardan chiqarib tashlanadi.
Xarajatlarni mutanosib taqsimlash usuli mahsulotlaming bir necha turini bir vaqtning o'zida ishlab chiqarish sharti bilan ular tannarxini kalkulatsiya qilish uchun qo'llaniladi. Ushbu usul asosan aralash mahsulotlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bunda xarajatlar hisobi ishlab chiqariladigan mahsulotlar guruhi bo'yicha tashkil etiladi. guruhlar ichidagi xarajatlar esa iqtisodiy jihatdan asoslangan, ba’zida mutanosib ravishda mahsulotlaming alohida turlariga taqsimlanadi.
Kalkulatsiya qilishning aralash usuli yuqorida sanab o'tilgan usullarning har birini alohida qo'llash imkoni bo'Imasa yoki mahsulot tannarxini asosli hisobga olish ta’minlansa, ularning bir nechtasini o'zaro birikuvini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementi va kalkulatsion moddalari bo‘yicha tahlili Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tahlil etishning uslubiy va me’yoriy shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 5-fevralda tasdiqlangan 54-sonli «Mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish va xizmat ko‘rsatish) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan holda) bilan belgilanadi. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish xarajatlarini rivojlantirish maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotida uning yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha;
2. Xarajatlarning kalkulatsion moddalari bo‘yicha. 6
Xarajatlarni elementi bo‘yicha guruhlarga ajratishdan maqsad ularni strukturasi, dinamikasini nazorat qilishdan iborat. Ko‘rsatkichlarni taqqoslash orqali jonli mehnat bilan boshqa xarajat turlarini nisbati, ishlab chiqarish zaxiralarini normalashtirish va tahlil etish, oborot mablag‘larini tezligini aniqlash va milliy daromadni hisoblash imkoniyati tug‘iladi.
Xarajatlarni elementlari bo‘yicha tahlil natijalariga muvofiq material sig‘imi, mehnat sig‘imi va fond sig‘imi darajalari bo‘yicha tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash mumkin.
Tahlil etishda jami xarajatdagi har bir xarajat elementning tutgan salmog‘i aniqlanib, o‘tgan yildagisi hamda smetadagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi va bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sabablari aniqlanadi.
Mahsulotlarning ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari tarkibini iqtisodiy elementlari va moddalari bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha o‘zgarishlari mutlaq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi.
Jadval ma’lumotlari asosida xo‘jalik subyektining ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil qilib chiqishimiz mumkin bo‘ladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, jami xarajatda xomashyo, yoqilg‘i, energiya, yarimfabrikat xarajatlarining tutgan ulushi yuqoridir. Ularni ulushi bazis davridagi 81,58 foizdan, hisobot davriga kelib 77,93 foizgacha pasaygan. Shu davr ichida mehnat haqi xarajatlarining ulushi 9,91 foizdan hisobot davriga kelib 11,72 foizga o‘sgan. Moddiy xarajatlar bilan mehnat haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni bunday tarzda o‘zgarishi mehnat unumdorligi darajasining o‘sganligidan hamda xodimlarning moddiy manfaatdorligi oshganligidan dalolat beradi. Fan-texnika taraqqiyotiga tayangan holda ishlab chiqarishni tashkil etgan korxonalarda unumdorlik darajasi ortadi, amortizatsiya ajratmalari mutlaq summada o‘tgan yilga nisbatan ortsa ham, ularning nisbiy ko‘rsatkichlari ya’ni mahsulot narxidagi ulushi pasayadi.
Xarajatlarning kalkulatsiya moddalarini tahlili, asosan, bir elementli bo‘lib, ya’ni bir xil iqtisodiy mazmunga ega bo‘lgan xarajatlardan iborat. Xomashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqa xarajat moddalarini har birini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bo‘lish orqali xarajatlarni darajasi (tiyin) aniqlanadi va bu ko‘rsatkichni bazis davri yoki hisobot davrining rejasi bilan taqqoslash orqali erishilgan iqtisod yoki ortiqcha xarajat aniqlanadi.

1 so‘mlik mahsulot uchun qilingan xarajat reja darajasiga nisbatan 4, 06 tiyinga pasaygan holda xomashyo yoqilg‘i va brakdan ko‘rilgan zararlarni reja darajasidan ortib ketishi 1,25 tiyinni tashkil etgan. Qolgan xarajat moddalaridan 5,31 tiyin miqdorida iqtisodga erishilgan.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin