Kurs ishi mavzu: Kasb-hunar kolleji va professional ta'lim oʻquvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari



Yüklə 50,2 Kb.
səhifə1/6
tarix14.06.2023
ölçüsü50,2 Kb.
#129882
  1   2   3   4   5   6
ABDUSHUKUROVA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
102-21 -GURUH TALABASI
ABDUSHUKUROVA DILSHODANING
“________________________________________________________”
FANIDAN


KURS ISHI


MAVZU: Kasb-hunar kolleji va professional ta'lim oʻquvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari
Topshirdi: ABDUSHUKUROVA DILSHODA
Qabul qildi: RAHMANOV ABDUMALIK

JIZZAX-2023


Mavzu: Kasb-hunar kolleji va professional ta'lim oʻquvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari
Reja:
Kirish:_____________________________________________________

  1. BOB. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik diagnostikasi dolzarb masalalari

1.1. Kasb – hunar kolleji o`quvchilarida o`quv - tarbiya jarayonining pedagogik diagnostika qilishning nazariy asoslari..
1.2. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonining pedagogik va psixologik diagnostikaning muhim omillari
II. BOB. Kasb – hunar kolleji o`quv - tarbiya jarayonining diagnostikasining ta’limiy shart-sharoitlari va zamonaviy imkoniyatlari…………………………………………………………………….
2.1. Kasb – hunar kolleji o`quv- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning o`ziga xosligi
2.2. Kasb – hunar kollejilarida pedagogik diagnostika darajalari va tamoyillari
Xulosa va tavsiyalar.
Foydalanilgan adabiyotlar_________________________________________

KIRISH.


Mavzuning dolbzarbligi: Barkamol shaxsni tarbiyalash barcha davrlarda muhim ijtimoiy talablardan biri bo`lib kelgan, ammo bugungi sifat o`zgarishlar ro`y berayotgan bir davrda bu masalaning dolzarbligi yanada kuchayib, talab ortib bormoqda.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’lim-tarbiya jarayoni qayta ko`rib chiqilib uni rivojlantirish uchun bir qancha yangi asoslar yuzaga keldi. Jumladan “Ta’lim to`g’risidagi” Qonun, «Ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ning yaratilishi ta’limni tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash imkoniyatini berdi. Zero o’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti ta’kidlagandek: “Hech shubhasiz, buyuk ajdodlarimiz merosiga tayangan holda hozirgi zamon va taraqqiyotning yangi va yuksak cho’qqilarini egallashga intilishimiz, o’zimizning nimalarga, qanday ulkan ishlarga qodir ekanligimizni namoyon etishimiz, barchamiz, avvalo, navqiron avlodimiz uchun ham qarz, ham farz bo’lishi shart”.
Ta’lim-tarbiya orqali kishiga insoniy xislatlar singdiriladi, ana shu xislatlar uning ijtimoiy faolligini oshirib, jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Ta’lim-tarbiyaning barcha jabhalarida o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash masalasiga alohida e’tibo qaratish bugungi kun talabidir. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan, pedagogika va psixologiyaning eng ilg’or ajribalaridan o’rinli foydalanish va shunga muvofiq-ta’lim-tarbiya jarayonini diagnostika qilib boish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, a’lim-tarbiyaga yaxlit jarayon sifatida yondashib, auditoriya va undan tashqari ishlarni o’quv jarayoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali samaradorligini oshirish mumkin bo’ladi.
Barkamol avlod tarbiyasi ko`p jihatdan bugungi kunda tahsil olayotgan bo`lajak pedagoglarning tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahoratiga bog’liqdir. SHuning uchun bo`lajak pedagoglarni tarbiyaviy ish metodikasiga doir bo`lgan bilimlar bilan muntazam ravishda tanishtirib borishimiz, bu borada malaka va ko`nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor berishimiz lozim. Bunday vazifani bajarish uchun albatta o`quv qo`llanma va darsliklarni bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish talab etiladi.
Professional ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar o’zining pedagogik faoliyatida pedagogik diagnostika bilan shug’ullanishlari lozimligi bugungi kun talablaridan biridir. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash – bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilab olish, faoliyatning keyingi bosqichlarida uni xisobga olish diagnostika deyiladi. Pedagogik diagnostika o’quvchining o’zlashtirishi, o’qishdagi qiyinchiliklarini, uning o’qishiga ta’sir qilayotgan ijtimoiy, oilaviy omillarni o’rganishga yo’naltirilgandir. Diagnostika natijalari esa ta’lim-tarbiya jarayonini to’g’ri rejalashtirish, yo’l qo’yilgan xatolarni tuzatish, psixologik-pedagogik profilaktika ishlarini olib borish imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlarining amaliyotida shu narsa sezilmoqdaki, kollej o’quvchilari o’quv-tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan diagnostika qilish, ularning o’quv motivlarini aniqlash, o’quv faoliyatini faollashtirishda pedagogning o’rni, kollej o’quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini hisobga olishning mazmuni, tadqiq qilish masalalariga ilmiy jamoatchilikning e’tibori yanada ortmoqda.

Yüklə 50,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin