2.2. Analitik reaktsiyalar –ionli reaktsiyalardir. Moddalarni analiz qilish protsessi ko’pincha eritma muhitida o’tkaziladi. Tuzlar, asoslar va qislotalar eritmada ionlarga dissotsilangan bo’ladi. Har bir ion xususiy hossalar i bilan boshqa ionlardan farqlanadi. Masalan, gidroksid ionlari ishqorlar eritmalaridan qaysi kation bilan bog’langanligidan kat‘iy nazar fenolftalein rangini qizil tusga kiritadi. Kimyoviy analiz uchun qo’llaniladigan birikmalar erituvchilarda (xususan suvda) yaxshi eriydi, ularning aksariyati kuchli elektrolitlardir. Demak birikmalar suvdagi eritmada ionlarga, to’liq dissotsilangan bo’ladi. Shunday qilib, analiz qilinayotgan eritmaga reagent eritmasidan tomizilganda kimyoviy reaktsiya ionlarga to’liq dissotsilangan bo’ladi. Shunday qilib, analiz qilinayotgan eritmaga reagent eritmasidan tomizilganda kimyoviy reaktsiya ionlar orasida sodir bo’ladi. Reaktsiyani amalga oshirishda ayrim ionlar asosiy rol o’ynaydi, qolgan ionlar esa reaktsiyaga kirishmaydi. Bunga quyidagi reaktsiyalarni ko’rib chiqish bilan to’liq ishonch hosil qilish mumkin:
Sr(CH3COO)2 + ZnSO4 = ↓SrSO4 + Zn(CH3COO)2 Sr(NO3)2 + (NH4)2SO4 =↓SrSO4 + 2NH4NO3 SrCI2 + H2SO4 = ↓ SrSO4 + 2HCI
Barcha reaktsiyalarda oq rangli cho’kma – SrSO4 tuzi hosil bo’ladi. SHunga ko’ra eritmada Sr2+ kationlari bor yo’qligi aniqlanadi. Yuqorida keltirilgan uchala reaktsiya tenglamalarini umumlashtirib, quyidagi ionli tenglama bilan ifodalash ham mumkin:
Sr2+ + SO2-4 = SrSO4 Demak Sr2+ kationi yordmida SO2-4 anionini va aksincha SO2-4 anioni bilan Sr2+ kationini aniqlash mumkin. Analitik reaktsiyalar ionlar orasida sodir bo’luvchi reaktsiyalar bo’lib, analiz natijasida biz kimyoviy modda erituvchida erishidan hosil bo’lgan kation va anionlarning eritmada mavjudligini aniqlaymiz.
Agar eritmada Ag+ kationi hamda NO-2 anioni borligi bilib olinsa, eritilgan modda AgNO3 formulaga to’g’ri keladi deb hulosa chiqarish mumkin.
Sifat analizida asosan almashinish reaktsiyasiga duch kelinadi. Ularning amalga oshishi bir qancha omillarga bog’liq. Reaktsiyani amalga oshiruvchi omillardan biri reaktsiya natijasida hosil bo’layotgan mahsulotlardan birining kam eruvchan bo’lishidir, masalan:
AgNO3 + NaCI = AgCI + NaNO3 Yoki
Ag+ + CI- = ↓ AgCI
Hosil bo’lgan AgCI tuzi juda kam eruvchan bo’lganligi uchun cho’kmaga tushadi. Agar eritmada kontsentratsiyasi hamda valentliklari bir xil bo’lgan bir qancha ionlar bo’lsa, ular bir reaktiv bilan chuqtirilganda dastlab eruvchanligi kam birikma cho’kmaga tushadi. Masalan bir xil kontsentratsiyali va CI- ionlari aralashmasidan iborat eritmaga AgNO3 tuzi eritmasidan asta sekin qo’shilganida birinchi bo’lib, Ag tuzining eruvchanligi AgCI ning eruvchanlikdan kam. Shuning uchun eritmadan ionlari batamom cho’kib bo’lganidan so’ng eritmadan ortiqcha Ag+ ionlari mavjud bo’lsa, CI- ionlari AgCI holida cho’kmaga tusha boshlaydi.
Reaktsiyani vujudga keltiruvchi omillardan yana biri reaktsiya maxsulotlaridan birining gazsimon bo’lishidir. Masalan, CO2 anionining bor-yo’qligini aniqlash uchun o’tkaziladigan sifat reaktsiyalaridan biri qarbonat qislota tuzlarining kuchli qislota Н CI bilan reaktsiyaga kirishidir:
K2CO3 + 2HCI = 2KCI + H2O + CO2 yoki
CO2-3 + 2H+ = H2O + CO2 Almashinish reaktsiyasi maxsulotlaridan birining kam dissotsialanuvchan bo’lishini ayni reaktsiyani amalga oshiruvchi omillardan uchinchisi deb qarash mumkin. Bunga misol qilib neytrallanish reaktsiyani ko’rsatish mumkin:
2NaOH+H2SO4=Na2SO4+2H2O
OH-+H+=H2O
Demak, ОН- ва Н+ ionlarining o’zaro birikishi tufayli kam dissotsilanadigan H2O molekulasi hosil bo’ladi. Reaktsiya maxsulotlarida birining o’ziga hos rangga ega bo’lishi ham analitik ahamiyatga, masalan Fe3+ kationini kaliy rodanid KCNS bilan aniqlashda qo’llaniladigan reaktsiya qizil-qo’ng’ir tusli temir rodanid hosil bo’lishi bilan amalga oshadi.