1.1 Koordinatsion birikmalarni nomlash.
Koordinatsion birikmalarning nomlanishi. IYUPAK sistemasiga binoan, Koordinatsion birikmalar formulasini yozishda avvalo markaziy atom, soʻngra ionli va neytral ligandlar koʻrsatiladi. Ichki va tashqi sferalar kvadrat qavs bilan ajratiladi. Mas,[Cr(H2O)6](SO4)3, [Co(NO3)(NH3)5]Cl2. Markaziy atomning zaryadi qavs ichida rim raqami bilan ifodalanadi: K2[PdBr6] — kaliy geksabromopalladat (IV), [Fe(NH3)6]Cl2 — geksaamintemir (II) xlorid. Kompleks anionlar oxiriga "at", anionli ligandlarga esa "o" qoʻshimchasi qoʻshiladi: Fe3[Fe(CN)6]2 — temir (II) geksatsianoferrat (III), K2[PtCl4] — kaliy tetraxloroplatinat. Agar Koordinatsion birikmalar tarkibida neytral ligandlar boʻlsa: N2O (akva), NH3 (ammin), N0 (nitrozil), CO (karbonil) soʻzlari qoʻshiladi. Mas, [A1(ON)(N2O)5]2+ - pentaakvagidroksoalyuminiy (II) — ion, [Hg(NH3)2]Cl2 — diaminsimob (II) — xlorid, K[Co(CN)(CO)2(NO)] — kaliy dikarbonilnitrozilsianokobalt (I). Koordinatsion birikmalar tarkibiga kirgan ligand oʻrnida toʻyinmagan uglevodorodlar boʻlsa, bunday birikmalarni nomlashda ligandning oldiga T| (eta) harfi, koʻp yadroli Koordinatsion birikmalarda ligand koʻprik vazifasini bajarsa, ligand oldiga i (myu) harfi qoʻyiladi:Cl/ \ (C2H4)Ph Ph (C6HI2) - di - s – xloro (t| — 1,5 — siklooktadiyen) (l — etilen) dirodiy. Platina metallar, oltin, kumush, nikel, kobalt, misni ajratib olish va tozalash, nodir yer elementlari, ishkrriy metallarni ajratish va boshqa bir qancha texnologik jarayonlarda, shuningdek, kimyoviy analizda keng qoʻllaniladi. Nafas, fotosintez, biologik oksidlanish, fermentativ kataliz va boshqa zarur biologik jarayonlarda muhim rol oʻynaydi.
II BOB. ANALITIK REAKTSIYALAR. KATIONLARNING ANALITIK GRUPPALARGA BO’LINISH PRINTSIPLARI.
1. Analitik reaktsiyalarning sezgirligi o’ziga hosligi va reaktsiya olib boriladigAn muhitning roli.
Barcha kimyoviy reaktsiyalar muayyan sharoitlarda o’tkazilishi kerak. Undan chetga chiqish noto’g’ri natijalarga olib keladi. Reaktsiya amalga oshadigan muhit reaktsiyaning natijasiga ta‘sir etadigan muhim omillardan biridir. Masalan: NH4 li muhitda Ag+ ni AgCI holida cho’kmaga tushirib bo’lmaydi. SHuning uchun analitik reaktsiyalarni o’tkazishdan avval muhitning рН ni aniqlash kerak. Ma`lum рН qiymatiga ega bo’lgan muhit yaratish maqsadida ishqor yoki qislotalardan foydalanish mumkin. Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishda temperatura ham sezilarli ta‘sir ko’rsatadi. Ba‘zi bir reaktsiyalarni sovuqda ayrimlarini xona temperaturasida, yana boshqalarini yuqori temperatura sharoitda o’tkazishga to’g’ri keladi. Masalan , Na+ va К+ ionlarini cho’ktirish reaktsiyasi sovuqda olib boriladi. Kontsentratsiya ham reaktsiya tezligiga ta‘sir qiluvchi muhim omillardan biridir. Agar aniqlanayotgan ionning kontsentratsiyasi ushbu reaktiv ta‘sirida topilishi mumkin bo’lgan minimal kontsentratsiyadan kam bo’lsa, u holda reaktsiya ijobiy natija bermaydi. Qo’shilayotgan reaktiv ta‘sirida hosil bo’ladigan birikma o’ta to’yingan birikma hosil qiladigan miqdorda bo’lishi kerak, ana shundagina cho’kma hosil bo’ladi. Analitik reaktsiyalar sezgir bo’lishi kerak. Reaktsiyaning sezgirligi qancha yuqori bo’lsa, u shuncha kam miqdordagi moddani aniqlashga imkon beradi. Reaktsiyaning sezgirligi topilish minimumi va minimal (yoki chegara) kontsentratsiya (va chegara suyultirish) bilan harakterlanadi. Topilish minimumi. Modda yoki ionning ayni reaktsiya yordamida ma‘lum sharoitda topilishi mumkin bo’lgan eng kichik miqdori uning topilish minimumi deb ataladi. Topilish minimumi grammning milliondan bir o’lushlari, ya‘ni mikrogrammlar (mgr) bilan ifodalanadi. U grekcha (gamma) xarfi bilan belgilanadi. 1 = 10-3mg= 0,000001 г = 110-6. Masalan, К+ ionini К2[PtCI6] kompleks tuzi ko’rinishida aniqlash reaktsiyasining topilish minimumi 0,1 .
Dostları ilə paylaş: |