Kurs ishi Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish. Bajardi: A. Ochilov rahbari: A. Xalikov Jizzax 2022 reja: Kirish I bob. Keys-stadi ta’lim metodiga doir asosiy tushunchalar ta’rifi
Kurs ishi Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish. Bajardi: A. Ochilov rahbari: A. Xalikov Jizzax 2022 reja: Kirish I bob. Keys-stadi ta’lim metodiga doir asosiy tushunchalar ta’rifi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
INFORMATIKA O’QITIASH METODIKASI FANIDAN.
Kurs ishi
Mavzu: Keys-study texnologiyalari va ulardan foydalanish.
BAJARDI: A. Ochilov
RAHBARI: A. Xalikov
Jizzax 2022 REJA:
Kirish I BOB. Keys-stadi ta’lim metodiga doir asosiy tushunchalar ta’rifi 1.1 Key-study metodi haqida tushuncha va uning tarixi
1.2 Keys-study metodini amalga oshirish bosqichlari
1.3 Case va kesy-study texnalogiyalari farqi va ularning farqi
II BOB. Keys-study texnaologiyalaridan foydalanish usullari 2.1 Interfaol ta’lim metodlari va ularda keys-study metodining o’rni
2.2 Keys-study texnalogiyalari va ularning afzalliklari
2.3 Mavzuni o’qitishda keys-study metodidan foydalansh uslubyoti
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Dolzarbligi: Hozirgi faol rivojlanish davrida eski va samarasiz o’qitish usullari yetarlicha samara bermay qoldi, ayniqsa informatika kabi tez rivojlanayotgan va doimiy o’zgarib turadigan fan uchun bunday metodlar ummuman foyda keltirmaydi. Insoniyat rivojlanib borar ekan bilim olish usullari va vositalarini doimiy rivojlantirib boradi, key-study, case, aqliy hujum va boshqalar shular jumlasidandir. Talaba yoki o’quvchilarga mavzuni sifatli, tez va qiziqarli tarzda o’rganishi uchun turli hil metodlarni qo’llash juda muhum, birorta ham ta’lim metodi qo’llanmagan darslarda o’quvchilarning bilim olishi kam foiz ko’rsatadi. Inson miyasi shunday tuzilganki miyya faqat e’tibor berilgan narsanigina eslab qoladi, bunga misol qilib televizor ko’rib o’tirganimizda pultni qayerda qoldirganimiz esimizdan chiqib ketadi bu esa oddiy holat chunki biz televizor oldida pultga deyarli ahmiyat bermaymiz e’tibo berilmagan narsa yodimizda qolmaydi. Izlanishlarning ko’rsatishicha insonlar yoshiga qarab 14 daqiqadan 25 daqiqagacha e’tibor bilan kuzata olar ekan, shu sababli ham pomidor usulliga o’xshash usullar ham paydo bo’lgan bu metodga ko’ra odamlar oldindan nechata pomidor bilan ishlashini belgilaydi so’ngra 25 daqiqa shug’ullanadi va 5 daqiqa dam oladi va shu tarzda davom etadi, bu holat biror ishni intizomli va doimiy tarzda qilishga yordam beradi. Keys-study metodi ham shu masalani yuqori darajada amalaga oshira oladi va guruhdagi barcha yoshlarni qamrab ola oladi jamoa bo’lib ishlash yoki muammoli jarayonlar inson e’tiborini eng ko’p tortadigan jarayonlardir, keys-studyda esa shu ikkisi ham mavjud. Dars jarayonida keys-study metodini to’g’iri qo’llay olish ham juda muhum chunki bu metodning etibor berilishi kerak bo’lgan juda muhum qisimlari mavjud, metodni hohlagan joyda qo’llashni iloji yo’q bu metodni qo’llash uchun mavzu ham shunga mos bo’lishi kerak. Ummuman olganda muammoli ta’lim bu biror muammoni jamoa bo’lib hal qilishdan iborat hisoblandi, inson taibatidan ham jamoaviy firklashga moil bo’ladi boshqa odamlarni fikrini bilishi va shu asosda muammo hal qilishga harakat qilshi kabi omillar shu jumlaga kiradi. Keys-study interfaol metodi ko’p jihatidan case metodiga o’xshab ketadi lekin farqli jihatlari ham talaygina.