Kurs ishi mavzu: Kirxgof qonuni. Issiqlik sig`imi, interatsion tenglamalar. Reaksiyaning issiqlik effektini temperaturaga bog`liqligi. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob. Kirxgof qonuni


Termodinamikaning nolinchi qonuniga



Yüklə 123,94 Kb.
səhifə8/10
tarix25.12.2023
ölçüsü123,94 Kb.
#194442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi 2023 (3

Termodinamikaning nolinchi qonuniga koʻra termik muvozanatda turgan ikkita jism oʻrtasida hech qanaqa issiqlik oʻtishi kuzatilmaydi, shu sababdan ular bir xil haroratda boʻladi. Biz yutilgan yoki ajralgan issiqlik miqdorini solishtirma issiqlik sigʻimi (C), moddaning massasi (m) va harorat oʻzgarishi (ΔT) ni bilgan holda hisoblashimiz mumkin:
q=m×C×ΔT
Termodinamikada issiqlik. Bir finjon qahvada issiqlik miqdori koʻproqmi yoki bir stakan muzli choyda? Termodinamikada issiqlik tushunchasi biz kundalik nutqda foydalanadigan tushunchadan umuman farq qilib, muayyan maʼnoni anglatadi. Olimlar issiqlikni turlicha haroratda boʻlgan, oʻzaro tutashgan ikki sistema orasidagi oʻtgan issiqlik energiyasi deb tushuntiradi. Issiqlik q yoki Q belgisi bilan yoziladi va joullarda (J) oʻlchanadi. Issiqlik baʼzan jarayon oʻlchovi ham deb ataladi, chunki jarayon davomida oʻtishi mumkin boʻlgan energiyaning miqdorini koʻrsatadi. Biz finjondagi qahvaning issiqlik miqdori qanchaligi haqida gapira olmaymiz, ammo finjondagi qaynoq qahvadan qoʻlimizga oʻtgan issiqlik haqida fikr yuritishimiz mumkin. Issiqlik ekstensiv kattalik boʻlib, shu sababdan sistemaga issiqlik uzatilishi natijasida haroratning oʻzgarishi sistemada qancha molekula borligiga bogʻliq.
2.2. Gaz issiqlik sig`imi.
Issiqlik va harorat ikki xil, ammo chambarchas bogʻliq tushunchalardir. Ahamiyat bering, ularning oʻlchov birliklari turlicha: harorat odatda Selsiy (∘C) yoki Kelvin (K) darajalarda, issiqlik esa energiyaning oʻlchov birligi boʻlmish joullarda (J) oʻlchanadi. Harorat sistemadagi atom yoki molekularning oʻrtacha kinetik energiyasining oʻlchovidir. Bir finjon qaynoq qahva ichidagi suv molekulalarining kinetik energiyasi bir stakan muzli choy tarkibidagi suv molekularining oʻrtacha kinetik energiyasidan balandroq, bu ularning yuqori harakatchanligi bilan tavsiflanadi. Harorat intensiv kattalik boʻlib, yaʼni bizda qancha modda borligidan qatʼi nazar harorat oʻzgarmaydi (agarda barchasi bir xil haroratda boʻlsa!). Suyuqlanish harorati −minus moddaning miqdoriga bogʻliq boʻlmagan xususiyatdir. Mana, nima uchun kimyogarlar toza moddani aniqlashda suyuqlanish haroratidan foydalanishi mumkin.Atom darajasida har bir jismning molekulalari doimiy harakatda boʻladi va boshqalari bilan toʻqnashib turadi. Molekulalarning har bir toʻqnashuvida kinetik energiya uzatilishi mumkin. Ikkita sistema tutash boʻlganda, molekulyar toʻqnashuvlarda issiqlik issiqroq sistemadan sovuqroq sistemaga oʻtadi. Ikkita jismda harorat tenglashmaguncha issiqlik shu yoʻnalishda oqim singari harakatlanadi. Ikkita tutashgan sistemaning haroratlari bir xil boʻlsa, biz ularni termik muvozanatda deymiz.

Yüklə 123,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin