Kurs ishi mavzu: Kirxgof qonuni. Issiqlik sig`imi, interatsion tenglamalar. Reaksiyaning issiqlik effektini temperaturaga bog`liqligi. Kurs ishi rahbari: Turaxonov Sh. O. Andijon – 2023 Mundarija Kirish I bob. Kirxgof qonuni



Yüklə 123,94 Kb.
səhifə5/10
tarix25.12.2023
ölçüsü123,94 Kb.
#194442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kurs ishi 2023 (3

Kontur kuchlanishi
Quyida toʻrtta rezistor va kuchlanish manbaidan tashkil topgan zanjir berilgan. Biz uni Om qonunidan foydalanib yechamiz. Keyin natijaga qarab mulohaza qilamiz. Masalani yechishdagi birinchi qadam – tok kuchini topish. Keyin esa alohida rezistorlardagi kuchlanishlarni hisoblaymiz.

Bu zanjirning elementlari ketma-ket ulanganligi bois beshta elementning barchasida faqat bitta i toki oqadi. i ni topish uchun toʻrtta ketma-ket ulangan rezistorni bitta ekvivalent rezistor holatiga keltirish mumkin.
R ketma−ket =100+200+300+400=1000Ω
Om qonuni orqali tokni topamiz:
i= R ketma−ket:V = 20V:1000Ω
Endi bizga tok kuchi ma’lum. Keyingi qadamda toʻrtta rezistordagi kuchlanishni topamiz.5 ta elementning barchasidagi kuchlanishlarni yozib chiqamiz. Har bir rezistordagi kuchlanishni topish uchun Om qonunini toʻrt marta qoʻllaymiz.

v =iR
v R1 =20mA⋅100Ω=+2V
v R2 =20mA⋅200Ω=+4V
v R3=20mA⋅300Ω=+6V
v R4=20mA⋅400Ω=+8V
Tok kuchi va kuchlanishlarni aniqladik. Elektr zanjir yechildi.
Endi sxemaga rezistorlardagi kuchlanishlarni va manba kuchlanishini kiritib chiqsak boʻladi. Ushbu beshta kuchlanish element kuchlanishi deyiladi. (Zanjirdagi tugunlarni
Rezistorlar kuchlanishlarini qoʻshib chiqamiz
2V+4V+6V+8V=20V
Rezistorlardagi kuchlanishlar yig‘indisi manba kuchlanishiga teng boʻladi. Bu bizning hisob-kitoblarimiz toʻgʻri ekanini tasdiqlaydi.
Endi kuchlanishlarni boshqacharoq tartibda, yaʼni kontur boʻylab qoʻshib chiqamiz. Bu yerda hech qanday nazariya yoʻq, biz faqat bir xil hisoblashni boshqacha tartibda bajaryapmiz, xolos.
Tartib: element kuchlanishlarini kontur boʻylab qoʻshish
1-qadam: boshlang‘ich tugunni belgilaymiz.
2-qadam: kontur boʻylab harakat yoʻnalishini tanlaymiz (soat mili boʻylab yoki unga teskari yoʻnalishda).
3-qadam: kontur boʻylab harakatni boshlaymiz.
Quyidagi qoidalar asosida kuchlanishlarni oʻsuvchi yig‘indi tartibida joylashtiring:
Yangi elementga duch kelganingizda, birinchi kuchlanish ishorasiga qarang.
Agar ishora +plus boʻlsa, u holda bu element musbat kuchlanish tushuviga ega boʻladi. Element kuchlanishi ayiriladi.
Agar ishora −minus boʻlsa, u holda elementdan oʻtishda kuchlanish ortadi. Element kuchlanishi qoʻshiladi.
4-qadam: kontur boʻylab boshlang‘ich tugungacha yurishni davom ettiramiz va yoʻlimizda uchragan har bir element kuchlanishini e’tiborga olamiz.

Kontur jarayonini qoʻllash
Keling, endi quyidagi ketma-ketlikni bajaramiz.
Pastdagi chap tugun a dan boshlang.
Soat mili yo‘nalishida harakatlaning.
Yuqoridagi yechilgan zanjir nusxasini
v kontur =+20V
kuchlanish manbai boʻylab b tugunga yuramiz.
Keyingi duch keladigan element –
100Ω qarshilikli rezistor. Uning eng yaqin tarafdagi kuchlanish ishorasi “+plus” (musbat). Qoidaga binoan, bu safar element kuchlanishi oʻsuvchi yig‘indidan ayiriladi.
V kontur=+20V−2V , qarshilikli rezistor boʻylab C tugungacha.
Yurishda davom etamiz. Keyingi tashrif 200Ω qarshilikli rezistorga boʻladi. Bu yerda biz duch keladigan birinchi ishora esa “+plus” (musbat), shu sababli biz bu kuchlanishni ayiramiz.

v kontur=+20V−2V−4V, 200Ω qarshilikli rezistor boʻylab d tugungacha.
Yana ikki elementni qoʻshish orqali hisoblashni nihoyasiga yetkazamiz.
v kontur=+20V−2V 100 Ω qarshilikka ega.

Yüklə 123,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin