Kurs ishi mavzu: magnit maydonida qutblanish tekisligini burilishini õrganish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə14/14
tarix05.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#93481
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi mavzu magnit maydonida qutblanish tekisligini burilis









XULOSA
1.Yorug’likning qutblanishi kashf qilingandan keyingina yorug’lik to’lqinlarining xarakteri haqidagi savollarga javob topildi. Shu paytgacha qutblanish hodisasi faqat ko’ndalang to’lqinlarga xos ekanligi ma’lum edi. Demak, yorug’lik ko’ndalang elektromagnit to’lqindan iborat: to’lqinning tarqalish va tebranish yo’nalishlari o’zaro perpendikulyar. Elektr vektori E ⃗ (elektr maydon kuchlanganligi) va magnit vektori B ⃗ (magnit maydon induksiyasi) tebranadi. Yorug’lik to’lqini faqat shu E ⃗ va B ⃗ vektorlarning tebranishlari bilangina mavjuddir. Yorug’lik tarqalayotgan har bir real manba (nurlanayotgan jism ) tartibsiz nur sochuvchi, ya’ni elektr va magnit vektorlarining tebranishlar tekisliklari turlicha bo’lgan ko’plab atomlardan tashkil topgan. Bu atomlardan tarqalayotgan to’lqinlar bir-biriga qo’shilib, tabiiy yorug’lik nurini hosil qiladi. Tabiiy yorug’lik nurida fazoning barcha tekisliklari tebranayotgan elektr E ⃗ va B ⃗ magnit vektorlari mavjuddir. Bunday nur qutblanmagan yoki tabiiy nur (yorug’lik)deb ataladi. Agar elektr tebranishlari biron-bir yo’l bilan tartibga solinsa, ya’ni elektr tebranish vektorlari bitta tekislikda tebranadigan bo’lsa, bunday yorug’lik nuri qutblangan nur (yorug’lik) deyiladi: elektr vektorining tebranishi faqat bitta tekislikda sodir bo’lsa, bunday nur yassi qutblangan yoki chiziqli qutblangan nur deyiladi. Biror yo’nalishdagi tebranish boshqa yo’nalishlardagidan afzallikka ega bo’lgan nur esa qisman qutblangan nur (yorug’lik) deb ataladi. Alohida atom tarqatgan nurni yassi qutblangan yorug’lik deb qarash mumkin.


2.Qutblanish tekisligining magnit maydon ta’sirida aylanishi Optik noaktiv moddalar magnit maydoni ta’sirida qutblanish tekisligini aylantirish xususiyatini o’zida hosil qilar ekan. Magnit maydoni bilan yorug’lik to’lqini maydonining bevosita o’zaro ta’sirining natijasi emas, magnit maydoni o’sha maydonga qo’yilgan moddaga qutblanish tekisligini aylantiradigan qobiliyat berib, shu moddaning xossalarinigina o’zgartirar ekan. Har bir jismning aylantirish yo`nalishi magnit maydonining yo`nalishiga bog`liq bo`lib, yorug`likning tarqalish yo`nalishiga bog`liq bo`lmaydi. Qutblanish tekisligning tabiiy aylanishida esa bizning yorug`lik dastasi bo`ylab yoki unga qarshi qarashimizga bog`liq ravishda aylantirish yo`nalishi har-xil bo`lar edi. Tabiiy aylantirishda hodisani yuzaga keltiradigan asosiy sabab yorug`lik to`lqini maydonining ta`siri edi. Shuning uchun manzaraning simmetriyasi uning E va H vektorlarinig joylashishiga, ya’ni yorug`lik yo`nalishiga bog`liq. Qutblanish tekisligi magnit maydoni ta`sirida aylanganda asosiy sabab tashqi magnit maydonining ta’siri bo`ladi. Shuning uchun aylantirish yo`nalishi tashqi magnit maydonining yo`nalishi bilan aniqlanib, yorug`likning yo`nalishiga bog`liq bo`lmaydi. Qutblanish tekisligining magnit maydon ta’sirida aylanishiga magnit maydon ta’sirida elektronlar orbitalarida vujudga keladigan pretsessiya sabab bo‘ladi. Elektronlar pretsessiyasi natijasida turli yo‘nalishlarda doiraviy qutblangan to‘lqinlarning tezliklari bir xil bo‘lmay koladi. Bu hol qutblanish tekisligining aylanishiga olib keladi
3. Qutblanish tekisligi aylanishining yo‘nalishiga qarab, optik aktiv moddalar o‘ngga va chapga aylantiruvchi moddalarga bo‘linadi Agar nurga qarama-qarshi yo‘nalishda qarab turilsa, o‘ngga aylantiruvchi moddalarda qutblanish tekisligi soat strelkasi bo‘yicha aylanadi, chapga aylantiruvchi moddalarda esa, soat strelkasiga teskari aylanadi. SHunday qilib, o‘ngga aylantiruvchi moddalarda nurning yo‘nalishi va aylanishning yo‘nalishi chap vint sistemasini tashkil qiladi, chapga aylantiruvchi moddalarda esa, o‘ng vint sistemasini tashkil qiladi. Kvarsning aylantiruvchi xususiyati uning kristall strukutrasi bilan bog‘lik, chunki erigan kvars bunday xususiyatga ega bo‘lmaydi. Optik aktiv suyuqliklar va amorf jismlarda esa, bu xususiyat molekulalarning o‘zlarining nosimmetrik tuzilishiga bog‘liq. Agar o‘zaro perpendikulyar qutblagichlar orasiga optik aktiv modda (kvars kristalli yoki ichiga qand eritmasi solingan shaffof idish) joylashtirilsa, ko‘rish sohasi yorishadi. Qaytadan qorong‘ilik hosil qilish uchun ikkinchi qutblagichni burchakka burish kerak bo‘ladi. Berilgan moddaning solishtirma aylanish doimiysi va uzunlik ma’lum bo‘lsa, burilish burchagini o‘lchab, eritmaning konsen-tratsiyasini aniklash mumkin. Bunday qutblantirgichlar yordamida Konsentratsiyani aniqlash turli moddalarni ishlab chiqarishda, jumladan, biologik obekt (qon, siydik) larda qand konsentratsiyasini aniqlashda va qand ishlab-chiqarishda keng qo‘llanadi (tegishli asbob saxarimetr deb ataladi). ,

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Sh.Mirziyoyev." Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

birga quramiz." Toshkent"O'zbekiston" 2007

  1. 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning" Fizika

ta'lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish
chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-5032 sonli qarori/

  1. Otajonov Sh, Eshchanov B.X. Optika Uslubiy majmua, O'zMU 2015

  2. M.H.O’lmasova 3- qism. Optika, atom va yadro fizikasi. “Shoakbar” hususiy nashriyot - 2010-yil.

  3. Ispaniyaning Fan va Texnologiya Jamg'armasi. Didaktik birlik: O'z nuriga ega bo'lgan fan. Qayta tiklandi: fecyt.es.

  4. O'Donnell, B. Nurli favvoralar. Qayta tiklandi: edutecne.utn.edu.ar.

7. P.Q Xabibullayev, A. Boydedayev, A. Bahramov Fizika T:2005y
8. Douglas C, Giancoli. “PHYSICS”. PRINCIPLES WITH APPLICATIONS. Pearson.2014, 1079 page.
9. Абдураҳмонов К.П., Эгамов У. “Физика курси”. Дарслик. Тошкент. 2011.
10.Qodirov O va boshqalar. “Fizika kusri”. O’quv qo’llanma. Fan va texnologiya. 2005.
11.Toshxonova J.A va boshqalar. Fizikadan praktikum. O’quv qo’llanma. O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. 2006.


12.www.google.com
13.www.ziyo.uz
14.www.arxiv.uz


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin