Yorug’likning ikki dielektrik chegarasida qaytishida va sinishida qutblanishi. Ikki izotrop dielektrik chegarasida yorug’lik qaytganda yoki singanda ham yorug’likning qutblanish hodisasi, ya’ni elektr (yoki magnit) vektori tayinli bir yo’nalishda bo’lgan yorug’lik to’lqinlari ajralish hodisasi yuz beradi. Qutblanishning bu usulini Malyus kashf etgan; u shu shishadan qaytgan nur atrofida kristallni burganda yorug’lik intensivligi davriy ravishda ortishi va kamayishini, ya’ni shishadan qaytish yorug’likka turmalin orqali o’tishga o’xshab ta’sir qilishini tasodifan payqab qolgan. To’gri, bu holda kristallning ma’lum bir vaziyatlarida yorug’lik butunlay so’nib qolmagan, balki faqat kuchayib va susayib turgan.
Yorug’likning qaytishida qutblanish hodisasini va uning qonunlarini quyidagicha o’rganish mumkin. Tabiiy yorug’likning parallel dastasi (16.2-rasm) S1S1 shisha ko’zguga tushayotgan bo’lsin; bu ko’zgu O o’qqa sharnir bilan mahkamlab qo’yilgan. Yorug’likning tushish burchagi har qanday bo’lganda ham bu qurilma vositasida biz O o’qni qaytgan nur bo’ylab yo’naltirishimiz va shunday qilib ko’zguni O o’q atrofida aylantira olishimiz mumkin. Qaytgan yorug’lik T2 turmalin plastinkasi yordamida tadqiq etiladi, bu plastinka ham qaytgan nur atrofida burila oladi. T2 plastinka burilganda kuzatuvchining ko’zi yorug’lik kuchayganini va susayganini ko’radi.
9-rasm.Yorug’likning qaytishda qutblanishini tadqiq etish.
S1S1-yorug’lik nurini qutblovchi shisha ko’zgu; T2 –analizator sifatida ishlatilayotgan turmalin plastinkasi.
Ravshanki, tajribani teskaricha qilib ko’rish, ya’ni yorug’lik manbai bilan kuzatuvchi ko’zining o’rnini almashtirish va analizator sifatida shisha ko’zgudan foydalanish mumkin.
Albatta, tajribani turmalinsiz ham o’tkazish mumkin, buning uchun ikki shisha ko’zgudan foydalanish mumkin, bulardan biri S1S1 bo’lib, u qutblovchi (polyarizator) bo’ladi, ikkinchisi S2S2 bo’lib,